1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
TOSHKENT SHAHRIDA I.M. GUBKIN NOMIDAGI ROSSIYA DAVLAT NEFT VA GAZ UNIVERSITETI FILIALI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Respublika neft-gaz tarmogʻi uchun oliy maʼlumotli malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (bundan buyon — I.M. Gubkin nomidagi RDNGU) Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filialini (bundan buyon — Filial) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
I.M. Gubkin nomidagi RDNGUda qabul qilingan taʼlim dasturlari hamda oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumeʼtirof etilgan xalqaro talablar, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining maqsad va vazifalariga muvofiq respublika neft-gaz tarmogʻi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash Filialning asosiy vazifasi etib belgilansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filialini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Filial I.M. Gubkin nomidagi RDNGUning alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, 2-ilovaga* muvofiq, kelishilgan asosiy yoʻnalishlar (mutaxassisliklar) boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda barcha darajadagi mutaxassislarni, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Filial faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish I.M. Gubkin nomidagi RDNGK tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Filialda oʻqitish I.M. Gubkin nomidagi RDNGU tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha olib boriladi;
Filial bitiruvchilariga I.M. Gubkin nomidagi RDNGUni tugatganlik haqida beriladigan belgilangan namunadagi diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat, deb tan olinadi;
Filialni tashkil etish, oʻquv-moddiy bazasini shakllantirish hamda I.M. Gubkin nomidagi RDNGU mutaxassislarini jalb qilish bilan bogʻliq xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash, mahalliy oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta ixtisoslashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni moliyalash “Oʻzbekneftgaz” MXK aksionerlik kompaniyalari va korxonalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK I.M. Gubkin nomidagi RDNGU bilan birgalikda:
bir oy muddatda 2007/2008 oʻquv yilida taʼlim bosqichlari va yoʻnalishlari boʻyicha Filialga qabul qilinadigan talabalar soni yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ikki oy muddatda Toshkent shahrida Filialni tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
5. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining Vasiylik kengashi shaxsiy tarkibi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, I.M. Gubkin nomidagi RDNGU:
ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va oliy taʼlimning eng yangi yutuqlarini oʻquv jarayoniga joriy etishga;
geologiya, burgʻulash va uglevodorod xom ashyosini qazib olish yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish va Filial professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlashga;
Filial kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga yordam beradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
7. Belgilab qoʻyilsinki, Filial faoliyatini moliyalash:
davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan davlat grantlari shaklidagi mablagʻlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
toʻlov-kontrakt asosida talabalarni oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan mablagʻlar hamda homiylar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi RDNGU Filialida davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilar respublika neft-gaz tarmogʻi korxona va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
2007/2008 oʻquv yilidan boshlab, Filialga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan oshmaydigan qismiga davlat grantlari boʻyicha oʻqish uchun har yili davlat budjetidan mablagʻ ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan Filialni zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan jihozlash va kutubxona fondini shakllantirish uchun mablagʻ ajratsin.
9. Filialni jihozlash va uning faoliyat koʻrsatishi uchun respublikaga olib kelinadigan uskunalar, adabiyot, multimediya mahsulotlari, inventar va moddiy-texnika resurslari, istisno tariqasida, 5 yil muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
10. Belgilansinki, I.M. Gubkin nomidagi RDNGUdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlarini toʻlash:
30 kungacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safari boʻyicha — Rossiya Federatsiyasining oliy oʻquv yurtlari xodimlari uchun belgilangan normalarga muvofiq;
uzoq muddatli xizmat safari boʻyicha — tuzilgan shartnomalarga muvofiq va oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial talabnomalari boʻyicha Filial tomonidan taklif etiladigan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarni davlat bojini undirmasdan vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
12. Filialga, dars berish va ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun taklif etiladigan chet ellik professor va oʻqituvchilarning yashashi va transport sarf-xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha tuzilgan shartnomalarga asosan, milliy valyutada toʻlashga ruxsat etilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga Toshkent shahar, F. Xoʻjayev koʻchasi, 34-uy manzilidagi maʼmuriy binoni I.M. Gubkin nomidagi RDNGU Filialini joylashtirish uchun bozor qiymati boʻyicha sotsin;
mazkur maʼmuriy binoni sotishdan tushgan mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini rivojlantirish jamgʻarmasiga Fanlar akademiyasi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha maqsadli foydalanish uchun yoʻnaltirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
14. Filialni tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya (E. Shoismatov), “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
2007/2008 oʻquv yili boshlanishiga mazkur maʼmuriy binoni rekonstruksiya qilish, Filial oʻqituvchi va talabalarining yashashi uchun yotoqxona tayyorlash;
ushbu binoda I.M. Gubkin nomidagi RDNGU Filialini joylashtirish, uni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnika vositalari, kutubxona fondi bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-yanvar,
PQ-564-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-yanvardagi PQ-564-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filialini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
TARKIBI
E.R. Shoismatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi
R.S. Qosimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va maxsus oʻrta taʼlim vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
A.I. Vladimirov
—
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining rektori, Komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)
A.K. Vorisov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining oʻrinbosari
A. Toxtayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi
A.X. Tuxtayev
—
Toshkent shahar hokimi
B.B. Ashrafxanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh.X. Majitov
—
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
A.P. Parpiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va maxsus oʻrta taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
D.N. Levitskiy
—
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining prorektori (kelishuv asosida)
A.F. Maksimenko
—
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining prorektori (kelishuv asosida)
Sh.A. Shoobidov
—
Toshkent davlat texnika universiteti rektori
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 23-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)