|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.05.2022
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAHSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAHSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
Qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI BITIRUVChILARI — YoSh MUTAXASSISLARNING IShGA JOYLAShIShI UChUN LAVOZIM, KASBLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-oktabrda 1631-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-iyuldagi PQ-427-sonli “Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari — yosh mutaxassislarning ishga joylashishi uchun lavozim, kasblar roʻyxati” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-oktabr,
117-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-oktabr,
12-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar
taʼlimi markazi direktori A. KARIMOV
taʼlimi markazi direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-oktabr,
37 / QQ-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 423-modda)