Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
BUYRUGʻI
BUDJETDAN MABLAGʻ TAQSIMLOVChI (OLUVChI)LARNING ShAXSIY HISOBVARAGʻINI OChISh HAQIDA VAQTINChALIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1600-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2007-yil 17-oktabrdagi 93-son “Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746, 05.12.2007. g.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat budjeti gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlari chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–3618-sonli Farmonining 1-ilova IV boʻlim 6-bandi va 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ–244-sonli qarorining 18-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 52-son, 386-modda), hamda Samarqand viloyati moliya organlarida budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish haqida vaqtinchalik tartibi ijrosini amalga oshirish maqsadida buyuraman:
 LexUZ sharhi
Muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2006-yil 18-oktabrdagi 89-sonli (roʻyxat raqami 1600-1-son, 25. 10. 2006-y.) buyrugʻi tahririda. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
1. Budjetdan mablagʻ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaragʻini ochish haqida vaqtinchalik qoidalari ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyun,
59-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 297-modda; 43-44-son, 431-modda)