Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT DAROMADIGA O‘TKAZILADIGAN MOL-MULKNI OLIB QO‘YISh, SOTISh YOKI YO‘Q QILIB
TAShLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk va pul mablag‘larining hisobini yuritishni takomillashtirish va ularning aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar bo‘yicha olib qo‘yiladigan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
139-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 18-iyuldagi 139-son qaroriga
ILOVA
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki
yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari (ashyoviy dalillar sifatida e’tirof etilgan pul mablag‘lari bundan istisno) uni olib qo‘ygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablag‘lari faqat sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi”;
to‘rtinchi—oltinchi xatboshi beshinchi—yettinchi xatboshi hisoblansin.
2. 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar (aksiyalardan tashqari), jamg‘arma omonatlari, pul-buyum lotereyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi.
Aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fond birjasi orqali sotiladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari ko‘rsatib o‘tilgan bank hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
3. 53-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari o‘tkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
ikkinchi—to‘qqizinchi xatboshi uchinchi—o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)