1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATINING NAMUNAVIY USTAVINI HAMDA XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATI BILAN KOʻP KVARTIRALI UYDAGI TURAR JOYGA MOʻLJALLANMAGAN BINO MULKDORI OʻRTASIDAGI NAMUNAVIY SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavi 1-ilovaga muvofiq;
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi Namunaviy shartnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2006-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda ushbu qarorga muvofiq qayta roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari]
3. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va Uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 60-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorning nomidan “Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-may,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-son qaroriga 1-ILOVA
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining
NAMUNAVIY USTAVI
1. Umumiy qoidalar
1.1. “________________” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (qisqacha nomlanishi — “__________________” XUMSH “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuzilgan hamda ____________sh., _______________ koʻchasidagi №_______ uyda (uylarda) joylashgan koʻp kvartirali uydagi (uylardagi* ) turar joylar mulkdorlari (keyingi oʻrinlarda mulkdorlar deb ataladi) birlashmasidan iboratdir.
* Shirkatga bir uydan ortiq turar turar-joylarning mulkdorlari birlashgan.
1.2. “__________________” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati joylashgan manzil (keyingi oʻrinlarda Shirkat deb ataladi): Oʻzbekiston Respublikasi, _____________ sh., _______________ koʻchasi, № ____ uy.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
1.3. Shirkat — notijorat tashkilot boʻlib, yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mulkiga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga va shtamplarga, shuningdek, oʻzining ramziga ega.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
1.4. Shirkat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi va yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
1.5. Shirkat oʻziga tegishli barcha mol-mulki bilan oʻz majburiyatlari boʻyicha javob beradi va oʻz aʼzolarining majburiyatlari uchun javob bermaydi. Shirkat aʼzolari Shirkat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
1.6. Mazkur Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonunchilikda va ushbu Ustavda belgilangan tartibda kiritiladi.
(1.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Faoliyatining maqsadi va predmeti
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.1. Uy-joy fondini birgalikda boshqarish va uning saqlanishi, butligi va taʼmirlanishini taʼminlash, koʻp kvartirali uydagi mulkdorlarning umumiy mulki (keyingi oʻrinlarda umumiy mulk deb ataladi) va yer uchastkasidan foydalanish Shirkatni tashkil etishning koʻzlangan maqsadi hisoblanadi.
2.2. Quyidagilar Shirkat faoliyatining predmeti hisoblanadi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
mulkdorlar tomonidan koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkni boshqarish boʻyicha birgalikda qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
mulkdorlarning koʻp kvartirali uyning va yer uchastkasining texnik, sanitariya, yongʻinga qarshi va ekologik holati zarur darajada saqlanishini belgilangan qoidalar, meʼyorlar va standartlarga muvofiq taʼminlash, shuningdek umumiy mulk holatini yaxshilash (mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash) boʻyicha qarorlarining ijrosini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
mulkdorlar oʻrtasida umumiy mulkni va yer uchastkasini saqlash bilan bogʻliq umumiy xarajatlarni, shuningdek Shirkatdagi boshqa xarajatlarni taqsimlash, majburiy badallar va toʻlovlarning oʻz vaqtida kelib tushishini taʼminlash;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
mulkdorlarning umumiy mulk, yer uchastkasi va obodonlashtirish elementlaridan foydalanishga doir, shuningdek qonunchilik va ushbu Ustavda belgilangan doirada manfaatlarini muvofiqlashtirish;
(2.2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash;
mulkdorlarning umumiy mulkiga va kommunal xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalash va himoyalash;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp kvartirali uydagi isteʼmolchilarni kommunal xizmatlar bilan taʼminlashda ishtirok etish, mulkdorlar qaroriga koʻra kommunal xizmatlar buyurtmachisi funksiyalarini bajarish;
qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq boshqa faoliyatni amalga oshirish.
(2.2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Shirkatga aʼzolik
3.1. Mazkur Ustavning 1.1-bandida koʻrsatilgan uyda (uylarda)gi turar joylarning mulkdorlari — jismoniy va yuridik shaxslar Shirkat aʼzolari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3.2. Shirkatga aʼzolik mulkdorda Shirkat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlanadi.
1.1-bandda koʻrsatilgan uyda (uylarda) turar joy sotib olgan shaxslar oʻzlarida xonaga egalik huquqi paydo boʻlgan vaqtdan boshlab Shirkat aʼzosi hisoblanadi.
3.3. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini boshqa Shirkatga qoʻshish yoʻli bilan qayta tashkil etish vaqtida qayta tashkil etilayotgan shirkatning aʼzosi boʻlgan turar joylar mulkdorlarining aʼzoligi Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab yuzaga keladi.
3.4. Shirkat aʼzosi boʻlgan yuridik shaxsning vakolati u vakolat bergan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3.5. Yuridik shaxs — Shirkat aʼzosi qayta tashkil etilganda yoki jismoniy shaxs — Shirkat aʼzosi vafot etganda ularning huquqiy vorislari yoki merosxoʻrlari ularda turar joyga mulk huquqi vujudga kelgan paytdan boshlab Shirkat aʼzosiga aylanadi.
3.6. Shirkatning voyaga yetmagan aʼzolari manfaatlarini ularning ota-onalari, vasiylari qonunchilikda belgilangan tartibda ifodalaydi.
(3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
3.7. Agar turar joy umumiy mulkchilik asosida bir necha mulkdorga tegishli boʻlsa, ular Shirkatning bitta aʼzosi huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi va Shirkatni Shirkatga aʼzolikni amalga oshirish usuli (ular oʻrtasidagi kelishuv asosida) haqida xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
3.8.Agar bitta mulkdorga koʻp kvartirali uydagi (uylardagi) bir necha turar joy tegishli boʻlsa, u bitta Shirkat aʼzosi huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3.9. Shirkatga aʼzolik quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
turar joyga mulk huquqi toʻxtatilganda;
alohida koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining koʻpchilik ovozi bilan Shirkatdan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Shirkat tugatilganda.
4. Umumiy mulkka nisbatan mulk huquqi
4.1. Koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdorlariga umumiy mulk umumiy ulushbay mulk huquqi asosida tegishlidir.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
4.2. Koʻp kvartirali uyda umumiy ulushbay mulk huquqi asosidagi umumiy mulkka koʻp kvartirali uyning umumiy turar joylari (xollar, aravachalar qoʻyiladigan joylar, chiqindi kameralari va h. k.), tayanch va toʻsiq konstruksiyalar (devorlar, toʻsiqlar, fundamentlar), kvartiralararo zinapoya maydonchalari, zinalar (podyezd ichidagi, tashqi, podyezdga kirish joylaridagi), liftlar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar (ventilyatsiya shaxtalari, chiqindi quvurlari va h. k.), koridorlar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, chordoq va tomlar, uyning ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, turar joy tashqarisida va ichida joylashgan, bittadan ortiq turar joyga xizmat koʻrsatuvchi mexanik, elektrik, sanitariya-texnik va boshqa jihozlar va moslamalar kiradi.
(4.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son)
Uyning fasadi elementlari boʻlgan umumiy mulkning qismlari — turar joy va podyezdlarning fasad oynalari, uyning podyezdiga kirish eshiklari, balkonlar, fasadni bezash materiallari ham umumiy mulkka kiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
4.3. Mulkdorning umumiy mulkka nisbatan umumiy mulk huquqi unga mulk huquqi asosida tegishli maydonning uyning umumiy maydonidagi nisbatiga teng boʻladi.
4.4. Har bir mulkdorning koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka umumiy ulushbay mulk huquqi uning turar joyga boʻlgan mulk huquqidan ajralmasdir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.24.00 Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)]
Mulkdor koʻp kvartirali umumiy mulkdagi oʻz ulushini begonalashtirishga, undan jismoniy yoki yuridik shaxslar foydasiga, shu jumladan uydagi yoki Shirkatdagi boshqa turar joy mulkdorlari foydasiga voz kechishi yoki oʻziga turar joy va/yoki noturar joy mulkchiligi huquqi asosida tegishli boʻlgan umumiy mulk huquqidagi ulushi yoʻqotilishiga olib keladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
4.5. Mulkdorning umumiy mulkdagi ulushi natural shaklda ajratib berilishi mumkin emas.
4.6. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari uni saqlash xarajatlarini birgalikda amalga oshirishlari shart. Turar joy mulkdorining umumiy xarajatlardagi ulushi mulkdorning turar joy maydonining uyning umumiy maydonidagi ulushiga mutanosib tarzda belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
4.7. Uydagi umumiy mulkdan va yer uchastkasidan foydalanish mulkdorlarning umumiy ulushbay mulk huquqidagi ulushi miqdoriga bogʻliq emas. Mulkdorlar turar joylarining chegarasida boʻlgan umumiy mulk qismlari foydalanilishi cheklangan umumiy mulk hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
4.8. Umumiy mulkning alohida qismlari Shirkat aʼzolariga va boshqa shaxslarga Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilagan tartibda va shartlarda Shirkat aʼzolariga foydalanishga berilishi mumkin.
Umumiy mulkning alohida qismi va/yoki Shirkat yer uchastkasidan (foydalanilishi cheklangan mulkdan tashqari) faqat oʻz manfaati uchun foydalanuvchi Shirkat aʼzosi Shirkatga Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilagan miqdorda haq toʻlashi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
4.9. Uydagi umumiy mulkning alohida qismlari Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilagan tartibda va shartlarda uchinchi shaxslarga berilishi mumkin. Bunda ushbu uy turar joy mulkdorlarining ellik foizdan kam boʻlmagan qismi bunga rozilik bergan boʻlishi kerak.
4.10. Umumiy mulkning mulkdorlar manfaatlariga va ularning turar joydan foydalanish imkoniyatlariga zarar yetkazmagan holda begonalashtirilgan qismlarini sotish turar joy mulkdorlarining yetmish besh foizdan kam boʻlmagan qismi bunga rozilik bergan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
5. Shirkatning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
5.1. Shirkat quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini saqlash usulini aniqlash;
uydagi (uylardagi) umumiy mulkni, yer uchastkasini va Shirkat mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasini tasdiqlash;
Shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar rejasini tasdiqlash;
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp xonadonli uy-joy fondini umumiy mulki va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy hamda noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdori xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam boʻlmagan hajmda belgilash;
(5.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
shartnomaviy asosda turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlarining uyning umumiy mulkini saqlash xarajatlari va mulkdorlarning boshqa umumiy xarajatlarida ishtirokini taʼminlash. Agar turar joyga moʻljallanmagan binolardan foydalanish Shirkatning umumiy mulkni zarur texnik va sanitariya holatida saqlash xarajatlarining oshib ketishiga olib kelsa va/yoki turar joylardan foydalanish boʻyicha noqulayliklar tugʻdirsa, Shirkat oʻz aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdoriga pulli va yoki boshqacha moddiy shaklda tegishli kompensatsiya toʻlanishini talab qilishga haqli;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tanlov asosida va qonunchilikka muvofiq Shirkatning umumiy maydoni, yer uchastkasi va mulkini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, shuningdek kommunal xizmatlar koʻrsatish va boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
(5.1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
mazkur Ustavda belgilangan tartibda Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;
qonunchilikda va ushbu Ustavda koʻzda tutilgan tartibda va shartlarda banklar kreditlaridan foydalanish;
(5.1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
belgilangan tartibda turar joy (uylar)ga xizmat koʻrsatish, xoʻjalik inshootlari va boshqa inshootlar qurish uchun doimiy ravishda ishlatishga yer uchastkalari olish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasida xoʻjalik inshootlari va boshqa qurilmalar qurish, Shirkat umumiy mulki yoki turar joyining bir qismini shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga muvofiq barpo etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
mulkdorni oldindan ogohlantirgan holda va mulkdor (yoki uning vakili) ishtirokida umumiy mulkning mulkdorlar turar joylari chegarasida boʻlgan qismlarining sanitariya holatini nazorat qilish, shu jumladan belgilangan meʼyorlar, qoidalar va standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun kirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariyani bartaraf etish uchun mulkdorlar turar joyiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan hollarda mulkdorlar yoʻqligida va avariya paytida ularni ogohlantirish imkoni boʻlmaganda) imkoniyatidan foydalanish;
uydagi umumiy mulkning butligini saqlashni taʼminlash maqsadida mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olingan holda turar joyni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari boʻyicha kelishuvga erishish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan, bu hol mulkdorlarning qonunchilik tomonidan himoyalanadigan huquq va manfaatlarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlmagan taqdirda, umumiy mulkning bir qismini foydalanishga yoki cheklangan tarzda foydalanishga berish;
qonunchilikka muvofiq oʻz mulkini, shu jumladan aylanma mablagʻlarini mustaqil tasarruf etish;
(5.1-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq Shirkat mulkini xarid qilish, sotish, oʻtkazish, ijaraga berish, balansdan chiqarish;
(5.1-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-bobi (“Oldi-sotdi”), 34-bobi (“Mulk ijarasi”).
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
ishlarni bajarish va Shirkat aʼzolariga xizmatlar koʻrsatish;
qonunchilikka muvofiq va Ustav maqsadlariga mos tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
(5.1-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mazkur Ustavda koʻzda tutilgan maqsadlarga ishlatish uchun maxsus jamgʻarmalar tashkil etish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
qonunchilikda koʻzda tutilgan tartibda turar joy mulkdoridan Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida belgilangan majburiy toʻlovlarni undirish, Shirkatga yetkazilgan xarajatlarni toʻliq qaytarish toʻgʻrisidagi talabni ilgari surish;
(5.1-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
faoliyatning umumiy masalalarini hal etish uchun tuziladigan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari birlashmalariga (uyushmalari, ittifoqlariga) kirish va ularning tarkibidan chiqish;
turar joy mulkdorlaridan quyidagilarni soʻrash:
mulkdorlar yoki ularning vakillari bilan bogʻlanish uchun muloqot axboroti (pochta va/yoki elektron manzil, telefon raqamlari);
turar joydan foydalanuvchilar soniga bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar miqdorini taqsimlash maqsadida turar joyda istiqomat qiluvchilar soni haqidagi maʼlumotlarni soʻrab olish.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq Shirkat boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(5.1-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
5.2. Shirkat mulkdorlarning umumiy mulkini tasarruf etish, shu jumladan begonalashtirish, garov tariqasida va qonunchilikda hamda ushbu Ustavda koʻzda tutilganidan boshqacha tartibda foydalanish huquqiga ega emas.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5.3. Shirkat quyidagilarga majbur:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkining belgilangan qoidalar, meʼyorlar va standartlarga, shuningdek Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, har bir uy-joy mulkdorlarining yigʻilishi qarorlariga muvofiq ravishda butligi va saqlanishini taʼminlash;
mazkur Ustavning, Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi va Boshqaruv yigʻilishi, shuningdek har bir uy-joy mulkdorlari yigʻilishi qarorlarining bajarilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
har yili Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasini belgilash va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlash uchun uning ijrosi haqidagi hisobotni tuzish;
Shirkat ish rejasining bir qismi sifatida har qaysi koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlari umumiy mulkini saqlash boʻyicha har yili ish rejasini belgilash hamda har bir uy-joy uchun ijrosi boʻyicha hisobot tuzish, turar joy egalarining yigʻilishida tasdiqlash;
har yili Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasini va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlash uchun uning ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
har yili Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi boʻlgan umumiy mulkni saqlash boʻyicha daromadlari va xarajatlari smetasi va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlash uchun uning ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish;
majburiy badallar va toʻlovlarning oʻz vaqtida kelib tushishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulkka egalik qilish va undan foydalanish boʻyicha qoidalar, shartlar va tartibini belgilashda, barcha mulkdorlarning umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushini hisoblab chiqishda Shirkatning barcha aʼzolari qonuniy huquq va manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
uy-joylarning barcha mulkdorlari, ijarachilari, yollovchilar tomonidan umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
uchinchi shaxslar bilan munosabatda umumiy mulkni saqlash, egalik qilish va foydalanish, kommunal xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hollarda Shirkat aʼzolarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
mulkdorlarga umumiy mulkning holati, amalga oshirilgan va amalga oshiriladigan xarajatlar toʻgʻrisida axborot berish, Shirkat aʼzolari oldida mazkur Ustavda koʻzda tutilgan tartibda hisobot berish.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlar boʻyicha ham javob berishi mumkin.
(5.3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Shirkat aʼzolarining huquq va majburiyatlari
6.1. Shirkat aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Shirkat va Shirkatning boshqa aʼzolari bilan kelishmagan holda oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joydan koʻzlangan maqsadga muvofiq egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish, shu jumladan uni qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulkdan, shuningdek yer uchastkasidan va unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan belgilangan maqsadga va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq foydalanish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
ushbu Ustavda belgilangan tartibda Shirkat faoliyati, umumiy mulk holati, amalga oshirilgan va oshiriladigan umumiy xarajatlar toʻgʻrisida axborot olish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash va ularga saylanish;
Shirkat faoliyatida, shu jumladan, sirtdan yozma ovoz berish yoʻli bilan va/yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish, uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
ijarachiga oʻzining Shirkat aʼzosi sifatidagi huquq va majburiyatlarini berish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra umumiy mulk va/yoki yer uchastkasining alohida qismlarini Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida belgilangan tartibda va shartlarda foydalanishga olish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzosi Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorlarida belgilangan va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(6.1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6.2. Shirkat aʼzosining majburiyatlari:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
ushbu Ustav talablari, Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, Shirkat boshqaruvi, har bir uy turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarorlari, shuningdek Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan umumiy mulk, yer uchastkasi, Shirkat mulki hamda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
oʻziga tegishli turar joydan maqsadga muvofiq foydalanish;
oʻz hisobidan oʻzining mulki hisoblangan turar joylarning zarur darajada saqlanishi va taʼmirlanishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
belgilangan tartibda tegishli ruxsat olgach, Shirkat bilan oʻziga tegishli turar joyni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash boʻyicha kelishuvga erishish, oʻzboshimchalik bilan turar joyni rekonstruksiya qilish va/yoki tarxini qayta tuzish va/yoki qayta jihozlashga yoʻl qoʻygan Shirkat aʼzosi oʻz hisobidan xonani avvalgi holiga keltirishga majbur;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
oldindan ogohlantirilgan holda va oʻzining yoki vakilining ishtirokida oʻziga tegishli boʻlgan turar joyga umumiy mulkning mulkdori turar joyi chegarasida boʻlgan qismini koʻrikdan oʻtkazish, joriy va kapital taʼmirlash uchun, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun Shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillarini darhol kiritish. Xonaga kirishga yoʻl qoʻymagan mulkdor shu tufayli ishlar bajarilmay qolganligi natijasida yetkazilgan zararni oʻz hisobidan qoplaydi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
oʻziga tegishli turar joy chegarasida boʻlgan umumiy mulkning butligini taʼminlash;
umumiy mulk, yer uchastkasi, Shirkatning mulki, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda boshqa mulkdorlarning ulardan foydalanish boʻyicha huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
mazkur Ustav va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, har bir uy turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarorlariga koʻra belgilangan tartibda uydagi umumiy mulkni saqlash xarajatlari va Shirkatning boshqa xarajatlarida uydagi umumiy mulkka boʻlgan umumiy ulushbay mulk huquqi asosida ishtirok etish, Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, har bir uy turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarori bilan boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno;
koʻrsatilgan kommunal xizmatlar haqini belgilangan tarif asosida toʻlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatga muloqot uchun hamda u yoki uning vakili bilan bogʻlanish maqsadida maʼlumotlar berish (pochta va/yoki elektron manzil, telefon raqamlari) va shu turdagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda darhol xabar berish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
turar joy ijaraga berilgan taqdirda 10 kun muddatda Shirkatga bu haqda, shuningdek ijara shartnomasi asosida ijarachiga umumiy xarajatlarda ishtirok etish boʻyicha majburiyatlarini bergan yoki bermaganligi toʻgʻrisida xabar berish. Ijarachi tomonidan ijara shartnomasi asosida olingan umumiy xarajatlarda ishtirok etish boʻyicha majburiyatlari kerakli tarzda bajarilmagan yoki kerakli tarzda bajarilmagan taqdirda Shirkat oldida Shirkat aʼzosi javob beradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.07.00 Uy-joy ijarasi (shuningdek, 08.02.02.00 ga qarang)]
oʻzi yoki u bilan birga istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan, shuningdek ijara shartnomasi asosida va boshqa asoslarda u bilan birga istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan boshqa mulkdorlar mulkiga, umumiy mulkka yoki Shirkat mulkiga yetkazilgan zararni oʻz hisobidan qoplash;
oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni sotish paytida qonunchilikda koʻzda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda Shirkat va uning oldidagi majburiyatlari, umumiy xarajatlar va kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlar haqida maʼlumotlar berish;
(6.2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatni turar joyning boshqa mulkdorga berilgani toʻgʻrisida ogohlantirish va yangi mulkdor toʻgʻrisida axborot berish.
7. Shirkatdagi umumiy xarajatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
7.1. Shirkatning umumiy xarajatlari umumiy mulkni, yer uchastkasi, Shirkat mulkini belgilangan chegarada va unda joylashgan tashqi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlari, shuningdek Shirkat mulkini boshqarish, xizmat koʻrsatish, taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlardir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
7.2. Turar joy mulkdorlarining umumiy mulki, yer uchastkasi va Shirkat mulkini boshqarish bilan bogʻliq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.24.00 Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)]
Shirkat boshqaruvi raisi va aʼzolariga, taftish komissiyasi aʼzolariga toʻlanadigan mukofot puli;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.24.00 Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)]
Shirkat boshqaruvchisi (ijrochi direktori), buxgalteri va Shirkat tomonidan boshqaruv vazifalarini bajarish uchun jalb qilinadigan boshqa shaxslar mehnatiga haq toʻlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
yuridik va jismoniy shaxslar — xususiy tadbirkorlar bilan boshqaruv boʻyicha shartnomalarga haq toʻlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Shirkat boshqaruvi xonasi boʻyicha ijara shartnomasi xarajatlari;
Shirkat boshqaruvi xonasidan foydalanish boʻyicha kommunal xizmatlar isteʼmoli uchun toʻlov;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Shirkatning ish yuritish, buxgalteriya hisobi va hisobotlari, shu jumladan Shirkat aʼzolari oldidagi hisobotlari bilan bogʻliq xarajatlar;
Shirkatning bank hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar;
mulkni boshqarish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish bilan bogʻliq aloqa xizmatlari, transport xarajatlari va jamoat transportidan foydalanish xarajatlarini toʻlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolari va turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy badallari toʻliqligini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish yuzasidan ijrochilar va/yoki pudratchilarni tanlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
umumiy mulkni va Shirkat mulkini sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini boshqarish, shuningdek Shirkat aʼzolarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Boshqaruv xarajatlari Shirkatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq, har bir uy mulkdorlari yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan Shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasining bir qismi boʻlgan har bir uy umumiy mulkini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
7.3. Umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
mulkning texnik va sanitariya holatini zarur darajada saqlash, shu jumladan, ishlab chiqarish xodimlari mehnatiga haq toʻlash (shu jumladan yagona ijtimoiy toʻlov), materiallar, jihozlar, mashinalar va mexanizmlar bilan bogʻliq xarajatlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
joriy va avariya-taʼmirlash ishlari, mukammal taʼmirlash, umumiy mulk obyektlarini almashtirish va rekonstruksiya qilish xarajatlari, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan pudrat shartnomasi haqini toʻlash xarajatlari;
Shirkat umumiy mulki va yer uchastkasiga xizmat koʻrsatish va/yoki foydalanish bilan bogʻliq elektr energiya va boshqa resurslar sarfi uchun haq toʻlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlari butligi va saqlanishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
7.4. Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi Shirkatning maxsus jamgʻarmalari: mukammal taʼmirlash jamgʻarmasi, zaxira jamgʻarmasi, kutilmagan xarajatlar jamgʻarmasi va boshqa jamgʻarmalar tuzilishini koʻzda tutishi mumkin. Shirkat jamgʻarmalariga yoʻllangan mablagʻlar unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joyni sotish paytida Shirkat aʼzosi yoki turar joyga moʻljallanmagan bino egasiga qaytarilmaydi, alohida uy turar joy mulkdorlari ushbu uydagi turar joy mulkdorlari qaroriga koʻra Shirkatdan chiqqan holat bundan mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
7.5. Shirkat umumiy mulkini, yer uchastkasini va mulkini taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar tasdiqlangan ishlar rejasi, Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi boʻlgan va har bir uyning turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan har bir uy umumiy mulkini saqlash daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
7.6. Shirkat umumiy mulkni mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash ishlarini Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi, koʻp kvartirali turar joy mulkdorlari yigʻilishi qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
8. Shirkat aʼzolarining umumiy xarajatlari va majburiy badallari miqdorini belgilash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.1. Har yili 15-dekabrgacha Shirkat boshqaruvi Shirkatning kelgusi moliyaviy yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati]
Xarajatlar smetasini tuzishda har bir koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkni, yer uchastkasini va mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasi loyihasi asos hisoblanadi. Xarajatlar loyihasi smetasi mehnat, qurilish materiallari, ishlar va xizmatlarning amaldagi bozor qiymati asosida tuziladi hamda kelgusi yil davomida ularning kutilayotgan oʻzgarishlarini nazarda tutishi mumkin.
Shirkat daromadlari smetasi Shirkat aʼzolarining majburiy badallari va turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlari badallari hamda qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar va tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(8.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Daromadlar smetasi Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan Shirkatning barcha rejalashtirilgan xarajatlari va mavjud moliyaviy majburiyatlarini qamrab olishi kerak.
Smetaning xarajat qismi daromad qismidan oshib ketishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.2. Shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda kelgusi moliyaviy yil uchun Shirkat aʼzolari badallarining miqdori boʻyicha takliflar Shirkat boshqaruvi tomonidan Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Ishlar rejasi va Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasining bir qismi boʻlgan har bir uy umumiy mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi hamda ularning ijrosi boʻyicha hisobotlar Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilishiga qadar ushbu uydagi turar joylar mulkdorlari yigʻilishida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
8.3. Shirkat aʼzolarining majburiy badallari miqdori Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.
(8.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.4. Shirkat aʼzolarining oʻtgan yil boʻyicha Shirkat ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosi yuzasidan hisobotni, kelgusi yil uchun moʻljallangan Shirkat ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi va Shirkat aʼzolari, turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdorini tasdiqlashga bagʻishlangan umumiy yigʻilishi moliyaviy yil yakunlangandan soʻng 60 kundan kechikmay chaqiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatning kelgusi yil uchun moʻljallangan ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlash boʻyicha umumiy yigʻilishini joriy moliyaviy yil yakunlanmasdan, shuningdek Boshqaruvning joriy yil (oʻtgan yil) boʻyicha Shirkat ishlari rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosi yuzasidan hisoboti koʻrib chiqilmagan va tasdiqlanmagan holda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.5. Shirkatning yillik ish rejasi, daromadlari va xarajatlari smetasi va Shirkat aʼzolari hamda turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdorini tasdiqlashga bagʻishlangan yigʻilish Shirkat aʼzolarini umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida kamida 10 kun avval ogohlantirgan holda oʻtkaziladi. Ogohlantirish shakli (yozma, ogʻzaki) Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida, Shirkat xarajatlari smetasida tegishli xarajatlar eʼtiborga olingan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.6. Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasida hisobot va loyiha hujjatlaridan nusxa koʻchirish va yetkazib berish xarajatlari koʻzda tutilgan hollarda Shirkat boshqaruvining oʻtgan yil boʻyicha Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosi yuzasidan hisoboti va kelgusi yil uchun moʻljallangan Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasi Shirkatning har bir aʼzosiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi Shirkat aʼzolarini Shirkat ishlari rejasi hamda xarajatlar va daromadlar smetasi loyihalari va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar bilan oldindan tanishtirishning boshqacha usulini belgilashi mumkin, bu holda boʻlajak umumiy yigʻilish toʻgʻrisidagi xabarnomada Shirkat aʼzolari yuqoridagi hujjatlar bilan tanishib chiqishi mumkin boʻlgan joy va vaqt koʻrsatiladi.
8.7. Boshqaruv xarajatlari Shirkatning tasdiqlangan xarajatlar va daromadlar smetasida boshqaruv uchun moʻljallangan xarajatlar hajmidan oʻn foiz oshib ketgan taqdirda yoki smeta moddalarini umumiy mulkka xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlariga moʻljallangan xarajatlarning oʻn foizdan ziyod kamayib ketishiga olib keladigan tarzda almashtirilishi Shirkat aʼzolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.8. Shirkatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga Shirkat ish rejasida koʻzda tutilmagan ishlar yoki materiallar, ishlar va xizmatlar narxining oʻsishi natijasida vujudga kelgan xarajatlari bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Ustavda koʻzda tutilgan tartibda chaqiriladigan Shirkat aʼzolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi, har bir uy mulkdorlari yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanishi kerak.
8.9. Majburiy badallar Shirkat aʼzosi tomonidan pul shaklida toʻlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.10. Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra ayrim hollarda majburiy badallarning bir qismini toʻlash Shirkat aʼzolarining umumiy xarajatlarda boshqacha shaklda ishtirok etishiga almashtirilishi mumkin: Shirkatga mulkning berilishi yoki ayrim ishlarni bajarish yoxud xizmat koʻrsatish shular jumlasidan.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
Kiritiladigan mulk qiymati u kiritilgan kunda Boshqaruv qarori bilan, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati esa – amaldagi bozor narxlari asosida ishlar tavsifi narxiga koʻra belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.11. Majburiy oylik badallar va toʻlovlar qonunchilikka koʻra Shirkat aʼzolari tomonidan oʻtayotgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan toʻlanadi, Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida majburiy badallarni avans tarzida toʻlash haqida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno.
8.12. Agar majburiy badallar va toʻlovlar oʻz muddatida toʻlanmasa, turar joy mulkdori qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
(8.12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24 bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
8.13. Shirkatning birinchi moliyaviy yili u roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlanib, 31-dekabrda tugaydi. Keyingi moliyaviy yillar kalendar yiliga toʻgʻri keladi.
9.1. Shirkat koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mulkidan ajratilgan oʻz mulkiga ega boʻladi, bu mulk Shirkat mablagʻlari hisobiga yoki qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa usullarda xarid qilingan boʻlishi mumkin.
(9.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
9.2. Shirkat mulki pul mablagʻlari, binolar, inshootlar, jihozlar, inventar, transport vositalari va boshqa mulkdan iborat boʻladi, ular Shirkat mablagʻlari hisobiga yoki qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa usullarda xarid qilinadi, shuningdek Shirkat yer uchastkasidagi koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlari ham Shirkat mulki hisoblanadi.
(9.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9.3. Shirkatning pul mablagʻlari quyidagilardan shakllantiriladi:
Shirkat aʼzolarining majburiy har oylik badallari;
turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlarining majburiy har oylik badallari;
Shirkat aʼzolari va turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlarining ixtiyoriy badallari;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda);
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa usullarda olingan daromad va tushumlar.
(9.3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
9.4. Shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar Shirkat aʼzolari oʻrtasida taqsimlanmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar qonunchilikda belgilangan soliqlar toʻlangandan soʻng Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra faqat Shirkatning ustav maqsadlariga sarflanadi yoki kelgusida ustav maqsadlariga sarflash uchun Shirkatning maxsus jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
(9.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
9.5. Alohida koʻp kvartirali uy turar joy mulkdorlari Shirkat tarkibidan chiqqan taqdirda turar joy mulkdorlari tomonidan ushbu uyni mukammal taʼmirlash uchun toʻplagan maqsadli jamgʻarmasi hisobiga shakllanadigan pul mablagʻlari belgilangan tartibda yangi tuzilayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga berilishi kerak.
10. Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish usullari
10.1. Koʻp kvartirali uyda umumiy mulkni boshqarish uning butligi, uy-joy fondining belgilangan texnik va sanitariya holatiga majburiy tartibda rioya etilishi, mulkdorlar mulki qiymatining saqlanishi yoki oshishini taʼminlashi kerak.
10.2. Shirkatning umumiy mulki va mulkni boshqarish maqsadlari Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, har bir uy mulkdorlari yigʻilishi qaroriga koʻra belgilanadi.
Quyidagilar Boshqaruv maqsadlari boʻlishi mumkin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulkning mavjud texnik holatini saqlash;
umumiy mulk yoki uning alohida qismlari texnik holatini yaxshilash (taʼmirlash);
umumiy mulk yoki uning alohida qismlarini yangilash (almashtirish) yoki rekonstruksiya qilish;
uydagi xonalarning yashash yoki ulardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash, xavfsizligini oshirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
resurslarni tejash choralarini amalga oshirish yordamida kommunal xizmatlar xarajatlarini kamaytirish va boshqalar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
10.3. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra Shirkat umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish vazifalari:
Shirkat boshqaruviga;
boshqaruvchi (ijrochi direktor)ga — jismoniy shaxsga, shu jumladan, xususiy tadbirkorga;
boshqaruvchi tashkilotga — har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxsga yuklanishi mumkin.
Shartnoma asosida boshqarishning ayrim vazifalarini (vakolatlarni) boshqaruvchi (ijrochi direktor)ga yoki boshqaruvchi tashkilotga berish toʻgʻrisidagi qaror Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida qonunchilikka muvofiq qabul qilinadi.
(10.3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
10.4. Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash:
bevosita turar joy mulkdorlari;
Shirkat shtatidagi xodimlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
tanlov asosida jalb qilinadigan pudratchilar (jismoniy yoki yuridik shaxslar), Shirkat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
10.5. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash usuli oʻzgartirilishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
10.6. Umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkatning mulki xavfsizligini va zarur holatda saqlanishini taʼminlash uchun boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot ishlarni bajarishga faqat zarur malakaga, shuningdek qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda tegishli ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlgan kishilarni jalb etadi.
(10.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Shirkatning boshqaruv organlari
11.1. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi va Shirkat boshqaruvi Shirkatning boshqaruv organlari hisoblanadi.
11.2. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi Shirkat boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi va har yili kamida bir marta, mazkur Ustavda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
11.3. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Shirkat Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi Ustavni tasdiqlash;
Boshqaruvni, Boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash va ularning vakolatini muddatidan oldin toʻxtatish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulkni va Shirkat mulkini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash usulini tanlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulk, yer uchastkasi va Shirkat mulkini saqlash boʻyicha yillik ish rejasini, uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash;
Shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini va uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash;
Shirkat aʼzolarining majburiy badallari miqdorini tasdiqlash;
boshqaruvchi (ijrochi direktor) nomzodini yoki boshqaruvchi tashkilotni tasdiqlash;
Shirkat boshqaruvi raisiga, aʼzolariga va taftish komissiyasi aʼzolariga toʻlanadigan mukofot puli miqdorini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat xodimlari, shu jumladan boshqaruvchining (ijrochi direktorning) ish haqi hajmini va ularni mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Shirkatning maxsus jamgʻarmalari, shu jumladan zaxira jamgʻarmasi va umumiy mulkni mukammal taʼmirlash jamgʻarmasini shakllantirish va mablagʻlarining sarflanishi tartibini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va obodonlashtirish obyekti, mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;
taftish komissiyasi tomonidan Shirkatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlari oʻtkazilishi tartibini belgilash;
Shirkat boshqaruvi raisi, aʼzolari va taftish komissiyasi aʼzolari faoliyatiga taalluqli arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp kvartirali uydagi turar joylarni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish va qayta jihozlash tartibini belgilash;
Shirkat mulkini ijaraga berish, shuningdek mulk qiymati Shirkat mulki balans qiymatidan yigirma foiz ortiq boʻlsa, uni balansdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Shirkat aʼzolariga umumiy mulkning alohida begonalashtiriladigan qismlarini foydalanishga berish, ijaraga berish, begonalashtirish, garovga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
xoʻjalik qurilmalari va boshqa inshootlar qurish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulkni mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash hamda ushbu maqsadlar uchun mablagʻ toʻplash haqida qarorlar qabul qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
qarz mablagʻlari, shu jumladan bank kreditlari olish, shuningdek bir uy mulkdorlari mablagʻini Shirkatdagi boshqa uy ehtiyojlariga sarflash uchun qarz olish (qayta taqsimlash) haqida qaror qabul qilish (ushbu masalalar boʻyicha qarorlar bir ovozdan yoki Shirkat aʼzolarining qarz mablagʻlarini qaytarish boʻyicha shaxsiy majburiyatlari asosida qabul qilinadi);
Shirkatning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda)dan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Shirkat faoliyatiga taalluqli masalalarni hal etish uchun doimiy va vaqtinchalik jamoatchilik komissiyalari va qoʻmitalarini tuzish;
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (ittifoqi)ga va boshqa birlashmalarga kirish va undan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatni qayta tuzish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish;
Shirkatga yangi aʼzolar — avval boshqa xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzosi boʻlgan hamda uning tarkibidan chiqqan yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tuzish haqida qaror qabul qilgan uy(uylar) turar joylari mulkdorlarini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining Shirkat aʼzolari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etmagan boshqaruv raisini chaqirib olish va boshqaruvchi (ijrochi direktor)ni vazifasidan ozod etish haqidagi taklifini, shuningdek ushbu nomzodlar boʻyicha tavsiyalarini koʻrib chiqish;
(11.3-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Shirkat faoliyatiga oid, ular yuzasidan sirtdan ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qilinishi mumkin boʻlgan masalalar roʻyxatini tuzish.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qonunchilikka koʻra Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi vakolatlariga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
(11.3-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11.4. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishini chaqirish tartibi.
11.4.1. Shirkat aʼzolarining har yilgi umumiy yigʻilishi moliyaviy yil yakunlangandan soʻng 60 kundan kechikmay oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining har yilgi umumiy yigʻilishi oʻtkazilishidan avval mazkur Ustavda Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi uchun belgilangan tartibda Shirkatdagi har bir uy mulkdorlarining yigʻilishi oʻtkazilishi kerak.
11.4.2. Shirkat aʼzolarining har yilgi umumiy yigʻilishi Shirkat boshqaruvi tomonidan chaqiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.4.3. Shirkat aʼzolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi Shirkat boshqaruvi, Shirkatdagi umumiy ovozlar sonining oʻn foizdan kam boʻlmagan qismiga ega Shirkat aʼzolari tomonidan, shuningdek taftish komissiyasi talabiga koʻra chaqirilishi mumkin.
11.4.4. Shirkat aʼzolarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi, Shirkat tomonidan qonunchilikni buzish hollari roʻy berganda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan chaqirilishi mumkin.
(11.4.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
11.4.5. Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishning oʻtkazilish joyi, sanasi, vaqti, kun tartibi va kimning tashabbusiga koʻra oʻtkazilayotgani, shuningdek Shirkat hujjatlari loyihalari va hisobotlar bilan tanishtirish tartibi haqida umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun avval ogohlantiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida belgilangan joylarda eʼlonlar osib qoʻyish (uyning yoʻlaklarida, uy atrofidagi hududda); ogohlantirish varaqasida imzo chektirish orqali ogʻzaki yoki yozma ogohlantirish; Shirkat aʼzosi koʻrsatgan manzil boʻyicha pochta joʻnatmasi (buyurtma xat) joʻnatish orqali yozma ogohlantirish usullari qoʻllanilishi mumkin.
11.5. Umumiy yigʻilish unda Shirkat aʼzolarining yoki ular vakillarining ellik foizdan koʻprogʻi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Umumiy yigʻilishda har bir koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdorlari yoki ular vakillarining kamida ellik foizi qatnashishi kerak.
Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum yetarli boʻlmagan taqdirda Shirkat boshqaruvi Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishining yangi sanasi va vaqtini belgilaydi, bu haqda Shirkatning barcha aʼzolari qoʻshimcha ravishda ogohlantiriladi. Shirkat aʼzolarining yangi belgilangan umumiy yigʻilishi ilgari qoldirilgan umumiy yigʻilishdan 10 kundan kechikmay oʻtkaziladi.
11.6. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishini oddiy koʻpchilik ovoz bilan saylanadigan yigʻilish raisi boshqaradi.
Umumiy yigʻilish yigʻilish kotibi yuritadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
11.7. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
kvorumni belgilash;
umumiy yigʻilish kun tartibini eʼlon qilish;
umumiy yigʻilish raisi va kotibini saylash;
ovoz berish boʻyicha sanoq komissiyasini saylash (zarur hollarda);
Shirkatning oʻtgan davr boʻyicha ishlar rejasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish;
taftish komissiyasining Shirkatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish;
auditorni jalb qilish (zarur hollarda) yoki auditor xulosasini koʻrib chiqish haqida qaror qabul qilish;
ishlar rejasi, daromadlar va xarajatlar smetasini yoki ularga kiritiladigan oʻzgartirishlarni tasdiqlash (zarur hollarda);
Shirkat boshqaruvi aʼzolarini saylash (qoʻshimcha ravishda saylash) (zarur hollarda);
kun tartibidagi boshqa masalalarni koʻrib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish.
11.8. Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida qarorlar qabul qilish tartibi.
11.8.1. Shirkatning har bir aʼzosi umumiy yigʻilishda bitta ovozga ega boʻladi.
11.8.2. Umumiy yigʻilish ovoz beruvchilarning qoʻl koʻtarishi orqali yoki ovoz berish byulletenlarini toʻldirish orqali ovoz berish usuli haqida qaror qabul qiladi.
11.8.3. Umumiy yigʻilish vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar ular uchun Shirkat aʼzolarining ellik foizdan koʻprogʻi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi, ushbu Ustavga koʻra ular boʻyicha koʻproq ovoz berish lozimligi belgilangan masalalar bundan mustasno.
11.8.4. Shirkat aʼzosiga tegishli boʻlgan ovoz umumiy yigʻilishga yozma ravishda havola etilishi mumkin (mulkdor, unga tegishli turar joy manzili, mulkdorning kun tartibidagi masala boʻyicha “ha”, “qarshi” yoki “betaraf” degan shaklda ifodalangan qarori koʻrsatilgan holda) yoki vakolatli shaxsga — Shirkat aʼzosi vakiliga berilishi mumkin.
11.8.5. Shirkat aʼzosi oʻzi manfaatdor boʻlgan yoki oʻziga nisbatan surishtiruv, shu jumladan sud surishtiruvi qoʻzgʻatilgan masalalar boʻyicha ovoz berishda qatnashishga haqli emas.
11.8.6. Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida belgilangan alohida hollarda Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarori sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (Shirkat aʼzolarining kun tartibidagi masalalar muhokamasida birgalikda ishtirok etmagan holda) qabul qilinishi mumkin.
11.8.7. Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishning sirtdan ovoz berish yoʻli oʻtkazilishi haqida mazkur Ustavning 11.4.5-bandida belgilangan tartibda xabardor qilinadi:
sirtdan ovoz berish toʻgʻrisidagi xabarnomada ovoz berishga qoʻyilayotgan masalalar, Shirkat aʼzolarining yozma qarorlari yoʻllanadigan muddat va joy koʻrsatilishi kerak;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining qabul qilish muddatigacha olingan, yozma ravishda rasmiylashtirilgan va imzolangan qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan, deb hisoblanadi. Ushbu qarorlarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Shirkat aʼzosi va unga tegishli turar joy (joylar) toʻgʻrisida maʼlumot;
ovoz berishga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha “ha”, “qarshi” yoki “betaraf” degan shaklda ifodalangan qaror.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Sirtdan ovoz berish boʻyicha qaror qabul qilishda ovozga qoʻyilgan variantlardan faqat bittasini koʻrsatgan ovoz berishda ishtirok etgan Shirkat aʼzosi ovozi eʼtiborga olinadi.
Sirtdan ovoz berish yoʻli bilan qabul qilingan qaror mazkur Ustavning 11.8.3-bandiga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.8.8. Sirtdan ovoz berish yoʻli bilan qabul qilingan qarorlar Shirkat boshqaruvi raisi va aʼzolari yoki ularning tashabbusiga koʻra umumiy yigʻilish sirtdan ovoz berish orqali oʻtkazilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.8.9. Umumiy yigʻilishda qabul qilingan qaror Shirkatning barcha aʼzolari, shu jumladan, sababidan qatʼi nazar, ovoz berishda ishtirok etmagan aʼzolari uchun majburiy hisoblanadi. Ushbu qaror yuzasidan Shirkat aʼzosi qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat bildirishi mumkin.
(11.8.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.8.10. Umumiy yigʻilish, shu jumladan sirtdan ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan umumiy yigʻilish qabul qilgan qaror toʻgʻrisida Shirkat aʼzolari Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida belgilangan usulda xabardor qilinadi.
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorlari Shirkat boshqaruvi xonasidagi axborotlar taxtasiga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.9. Shirkat aʼzosining umumiy yigʻilishdagi vakili:
11.9.1. Umumiy yigʻilishda turar joy mulkdorining ishonchnomasiga ega shaxs Shirkat aʼzosining vakili boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.9.2. Bitta shaxs bir necha turar joy mulkdorlari (Shirkat aʼzolari) vakili boʻlgan taqdirda, u Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida nomidan oʻzi vakillik qilayotgan Shirkatning har bir aʼzosi nomidan alohida-alohida ovoz beradi.
11.9.3. Shirkat aʼzosi ishonchnomasi oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
11.9.4. Shirkat aʼzosi — jismoniy shaxsning ishonchnomasida pasport maʼlumotlari mavjud boʻladi va uning shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi. Shirkat aʼzosi — yuridik shaxsning ishonchnomasi rahbar imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi).
(11.9.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
11.9.5. Ishonchnoma Shirkat aʼzosi vakiliga uning nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab, Shirkat aʼzolarining bitta umumiy yigʻilishda yoki ishonchnomada koʻrsatilgan davr mobaynida Shirkat aʼzolarining barcha yigʻilishlarida qatnashish va bitta umumiy yigʻilishda yoki barcha hollarda kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish vakolatini beradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
11.9.6. Shirkat aʼzosi oʻz vakiliga bergan ishonchnomani yigʻilish raisiga ishonchnomani qaytarib olgani haqidagi xabarnomani berish orqali yoki umumiy yigʻilishda shaxsan ishtirok etish yoʻli bilan bekor qiladi.
11.10. Shirkat boshqaruvi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat boshqaruvining ijro etuvchi organi hisoblanadi va Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishiga hisobot beradi;
Shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.11. Shirkat boshqaruvini saylash tartibi.
11.11.1. Boshqaruv Shirkat aʼzolari orasidan ___(kamida uch) kishidan kam boʻlmagan, shu jumladan Boshqaruv raisidan iborat tarkibda ___ yil (koʻpi bilan besh yil) muddatga saylanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.11.2. Boshqaruv aʼzolarining nomzodlari Shirkatning istalgan aʼzosi tomonidan tavsiya etilishi mumkin. Agar Shirkatga yuridik shaxs aʼzo boʻlsa, uning vakolatli vakili Boshqaruv aʼzosi boʻlishga haqli.
11.11.3. Boshqaruv aʼzolarini saylashda ovoz berish nomma-nom saylash tartibida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
11.11.4. Boshqaruvda boʻsh qolgan oʻrinni navbatdan tashqari yigʻilish qaroriga koʻra toʻldirish mumkin, bunday yigʻilish Boshqaruv tarkibidan biron-bir aʼzo chiqib ketgandan soʻng ___ (koʻpi bilan uch oy) oydan kechikmay chaqiriladi. Qoʻshimcha saylov oʻtkazish yoʻli bilan saylangan Boshqaruv aʼzosi Boshqaruv ushbu tarkibining vakolat muddati tugagungacha uning tarkibiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.12. Shirkat boshqaruvi majlisi:
har oyda ___(kamida bir marta) marta oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat boshqaruvi raisi tomonidan chaqiriladi;
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
11.13. Shirkat boshqaruvi tomonidan qarorlar qabul qilish.
11.13.1. Boshqaruv majlisi unda Boshqaruv aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11.13.2. Boshqaruv aʼzosi Boshqaruv majlisida bitta ovozga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.13.3. Shirkat aʼzolari Shirkat boshqaruvi majlislarida maslahat ovozi bilan (ovoz berish huquqisiz) qatnashishi mumkin.
11.13.4. Boshqaruv qarorlari Boshqaruv aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
11.13.5. Ovoz berish natijalaridan norozi boʻlgan Boshqaruv aʼzosi oʻzining alohida fikrini Boshqaruv majlisi bayonnomasiga kiritilishini talab etishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.13.6. Shirkat aʼzolari Shirkat boshqaruvi tomonidan qabul qilingan qaror haqida Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
Shirkat boshqaruvi qarorlari Shirkat boshqaruvi xonasidagi axborotlar taxtasiga joylashtiriladi.
11.13.7. Boshqaruv qarori yuzasidan Shirkat aʼzolari tomonidan Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa usullarda shikoyat bildirilishi hal qilinishi mumkin.
(11.13.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.14. Shirkat boshqaruvi Shirkat faoliyatining barcha masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishga haqli, Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.15. Shirkat boshqaruvi vakolatiga quyidagilar kiradi:
Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishini va turar joy mulkdorlari yigʻilishini chaqirish va tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasi loyihasini hamda uning ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish;
Shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini va uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat Ustavi talablari va Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarorlari ijrosini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish funksiyalarini amalga oshirish yoki boshqaruvchi (ijrochi direktor) nomzodlarini yoki boshqaruvchi tashkilotni tanlov asosida tanlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun xodimlarni yollash va boʻshatish, ularning oʻz majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish yoxud xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlar va xizmatlar buyurtmachisi funksiyalarini bajarish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari boʻyicha ijrochilar va pudratchilar tanlovini tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
tanlov gʻolibi bilan Shirkatning umumiy mulki, yer uchastkasi va mulkini boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari boʻyicha shartnomalar tuzish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
turar joylar mulkdorlarining umumiy mulki, yer uchastkasini va Shirkat mulkining butligi va saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
turar joylar mulkdorlari, ijarachilari, yollovchilari tomonidan turar joylar, umumiy mulk, yer uchastkasi va undagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlari hamda Shirkat mulkidan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatning jihozlari, asbob-anjomlari va boshqa moddiy boyliklarini xarid qilish va sotish, birovga berish, almashtirish, ijaraga berish, shuningdek bu turdagi mulk qiymati Shirkat mulki balans qiymatining yigirma foizidan oshmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda uni balansdan chiqarish haqida qaror qabul qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-bobi (“Oldi-sotdi”), 34-bobi (“Mulk ijarasi”)
Shirkat xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Shirkat aʼzolarining arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish (Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan holatlar bundan mustasno);
ish yuritishni amalga oshirish, shu jumladan Shirkat aʼzolari turar joy mulkdorlari roʻyxatini yuritish, Shirkat hujjatlarining saqlanishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
buxgalteriya hisobi va hisoboti, Shirkatdagi har bir uy boʻyicha mablagʻlarning kelib tushishi va sarflanishi hisobi yuritilishini taʼminlash;
belgilangan majburiy badallar va toʻlovlarning Shirkat aʼzolari va turar joyga moʻljallanmagan binolar mulkdorlari tomonidan oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish hamda qarzdorlikni bartaraf etish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat mablagʻlarini Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tasdiqlagan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida tasarruf etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat boshqaruvi qonunchilikka va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
11.16. Shirkat boshqaruvi muntazam ravishda, har uch oyda kamida bir marta Shirkat aʼzolari oldida umumiy mulkni saqlash boʻyicha ishlar rejasining ijrosi, amalga oshirilgan va moʻljallanayotgan xarajatlar, majburiy badallar va toʻlovlar yigʻilishi, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad (foyda) haqida hisobot beradi. Hisobot berish shakli barcha Shirkat aʼzolari u bilan tanishish imkoniga ega boʻlishini taʼminlash uchun Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra belgilanadi.
“Kommunaloʻquv” oʻquv-uslubiy markazi” DUKda oʻqigani toʻgʻrisida tegishli sertifikatga mavjud boʻlganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlari aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra lavozimidan ozod etiladi.
(11.17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Boshqaruv faoliyatiga rahbarlik qiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishiga va Boshqaruvga hisobot beradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra chaqirib olinishi mumkin.
11.18. Shirkat boshqaruvi raisi quyidagi vakolatlarga ega:
uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ishonchnomasiz Shirkat nomidan ish yuritish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi va Boshqaruv qarorlari ijrosini taʼminlash;
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi va Boshqaruv qarorlariga muvofiq moliyaviy hujjatlarni, shartnomalarni imzolash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishiga Shirkatning umumiy mulki va mulkini boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash usullari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot nomzodi boʻyicha Boshqaruv tomonidan tayyorlangan takliflarni kiritish;
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishiga Shirkat xodimlariga toʻlanadigan ish haqi miqdori va ularni mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomni, Shirkatning boshqa nizomlari va qoidalari boʻyicha takliflar kiritish;
Qonunchilikka va ichki mehnat tartib-qoidalariga muvofiq Shirkat xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va toʻxtatish;
(11.18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
oʻz vakolati doirasida Shirkat xodimlariga koʻrsatmalar va buyruqlar berish.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat Boshqaruvi raisi vakolatlarining bir qismi boshqaruvchiga yoki boshqaruvchi tashkilotga shartnoma asosida qonunchilikka va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq berilishi mumkin.
(11.18-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Shirkatning taftish komissiyasi
12.1. Shirkatning taftish komissiyasi:
Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida __ kishidan (kamida uch kishi) iborat tarkibda ___ yil (koʻpi bilan ikki yil) muddatga saylanadi.
Shirkatning taftish komissiyasi Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishiga hisobot beradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
12.2. Taftish komissiyasi aʼzolari ayni bir vaqtda Shirkat boshqaruvi aʼzolari va Shirkat xodimlari boʻlishi mumkin emas.
12.3. Taftish komissiyasi Shirkatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini, shu jumladan turar joylar mulkdorlarining umumiy mulkini, yer uchastkasini va Shirkat mulkini saqlash boʻyicha ish rejasining hamda Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi tasdiqlagan Shirkat daromadlari va xarajatlari smetasi ijrosini, Shirkat mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
12.4. Taftish komissiyasi har yili kamida bir marta Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida Shirkatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi natijalari haqida hisobot beradi. Taftish komissiyasi hisoboti Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqilmagungacha uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
12.5. Taftish komissiyasi Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tasdiqlagan nizomga muvofiq ish yuritadi.
12.6. Taftish komissiyasi Shirkat faoliyatini soliq idoralari va davlatning boshqa idoralari tomonidan tekshirishlarda ishtirok etadi.
13. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
13.1. Shirkat quyidagi shakllarda qayta tashkil etilishi mumkin:
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining qoʻshilishi;
boshqa xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish;
ikki va undan koʻp yangi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga boʻlinish;
Shirkat tarkibidan bitta yoki bir necha xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining ajralib chiqishi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
13.2. Shirkatni qayta tashkil etish Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishining Shirkat aʼzolarining ellik foizdan koʻp qismi ovoz bergan qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
13.3. Shirkatni qayta tashkil etish qoʻshilish va ajralib chiqish shaklida amalga oshirilgan hollarda Ustavga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi, ular belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
13.4. Shirkat qayta tashkil etilganda mulkni ajratib berish yoki taqsimlash Shirkat aʼzolarining Shirkat mulkini shakllantirishdagi ulushiga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
13.5. Shirkat qayta tashkil etilganda har bir alohida uy turar joy mulkdorlarining umumiy mulkiga taalluqli texnik va boshqa hujjatlarni topshirish-qabul qilish amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
13.6. Shirkatni tugatish qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(13.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning” Maʼmuriy reglamenti.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
13.7. Shirkatni tugatish uchun asoslar paydo boʻlgan hollarda Shirkat aʼzolaridan tugatish komissiyasi tuziladi, komissiya kreditorlar bilan barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va Shirkatni roʻyxatdan oʻtkazgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qiladi.
13.8. Shirkat tugatilganda uning kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mulki Shirkat aʼzolari oʻrtasida ularning Shirkat mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-son qaroriga 2-ILOVA
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi
NAMUNAVIY SHARTNOMA
_________________ sh.
200_ y. “___” ________________
Keyingi oʻrinlarda “Shirkat” deb nomlanuvchi “______________________” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati nomidan Ustav asosida ish yurituvchi boshqaruv raisi __________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Mulkdor” deb nomlanuvchi, __________________________________________________________________
(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi)
ikkinchi tomondan “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzishdi:
I. Shartnoma predmeti
1. Mulkdor koʻp kvartirali uyning umumiy mulkidagi Mulkdor binosining uyning umumiy maydoniga proporsional boʻlgan ulushni toʻlash majburiyatini, Shirkat esa uni belgilangan meʼyorlar, standartlar va qoidalarga, shuningdek Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishi qarorlariga muvofiq saqlash majburiyatini qabul qiladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Shirkat quyidagi huquqlarga ega:
umumiy mulkni saqlash boʻyicha ishlarni bajarish usullarini mustaqil belgilash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari]
Mulkdor tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda va Mulkdor yoki uning vakili ishtirokida shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari tomonidan umumiy mulkning Mulkdor binosi chegarasidagi qismlarini koʻzdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal taʼmirlash uchun Mulkdor binosiga kirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariyani bartaraf etish uchun Mulkdor binosiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan tartibda, Mulkdor yoʻqligida va avariya paytida uni xabardor qilish imkoni boʻlmaganda);
koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkning saqlanishini taʼminlash maqsadida Mulkdor tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinganda binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari boʻyicha kelishuvga erishish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulk va yer uchastkasidan va Shirkat mulkidan foydalanish qoidalarini belgilash;
Mulkdor umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortsa va shartnoma shartlarini boshqacha tarzda buzsa, qonunchilikda va ushbu shartnomada belgilangan tartibda choralar koʻrish.
(2.1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2.2. Shirkat quyidagilarga majbur:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Mulkdorga boshqa mulkdorlar bilan birga Shirkat ustavida koʻzda tutilgan tartibda umumiy mulkni saqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularning ijrosi boʻyicha hisobotlarni koʻrib chiqishda qatnashish imkonini berish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
agar Shirkatga bittadan ortiq uydagi turar joy mulkdorlari birlashgan boʻlsa — uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishida muhokama qilish va Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishida qarorlar qabul qilish orqali umumiy mulk va uy oldidagi yer uchastkasidan birgalikda foydalanish boʻyicha Mulkdor manfaatlarining boshqa mulkdorlar manfaatlari bilan muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
umumiy xarajatlar va umumiy xarajatlardagi Mulkdorning har oylik majburiy va maqsadli badallari miqdorini asoslash;
Mulkdorning shaxsiy hisob raqamini yuritish va toʻlovnomalarni rasmiylashtirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
umumiy mulk boʻyicha texnik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni yuritish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Mulkdorni koʻzdan kechirishlar, profilaktika ishlari, shuningdek Mulkdorga tegishli bino chegarasida boʻlgan umumiy mulkning qismlari taʼmirlanishi haqida oʻz vaqtida, kamida bir kun avval xabardor qilish;
Mulkdorni umumiy xarajatlarda ishtirok etish boʻyicha majburiy badallar miqdorining oʻzgarishi haqida oʻz vaqtida, kamida bir oy avval xabardor qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Mulkdorga umumiy mulkning texnik holati, uni saqlash rejalari va ushbu maqsad uchun qilinadigan xarajatlar haqida Shirkatning umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda axborot berish;
Mulkdorga Shirkatning uy-joy fondini saqlash, umumiy mulki va yer uchastkasidan, mulkidan foydalanish qoidalari, Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarorlari haqida axborot berish.
2.3. Mulkdor quyidagi huquqlarga ega:
mustaqil ravishda, Shirkat bilan kelishmagan holda oʻziga mulkchilik huquqi asosida tegishli boʻlgan binoga maqsadli tarzda, uydagi boshqa binolar mulkdorlari huquq va manfaatlarini buzmagan holda egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
uydagi turar joylar mulkdorlari yigʻilishida va umumiy mulkni saqlash boʻyicha birgalikda qaror qabul qilishda, shuningdek Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida maslahat ovozi bilan ishtirok etish;
uydagi umumiy mulkdan (uydagi boshqa turar joy mulkdorlari tasarrufida boʻlgan qismlaridan tashqari), uy atrofidagi yer uchastkasidan (Shirkatning yer uchastkasidan) va unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan Shirkat tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori asosida Shirkat umumiy mulkining ayrim qismlarini va/yoki yer uchastkasini Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda va shartlarda olish;
Shirkat Ustavi bilan tanishish.
2.4. Mulkdor quyidagilarga majbur:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkni, unda joylashgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish elementlarini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda Mulkdorning umumiy mulkka nisbatan umumiy ulushbay mulk huquqiga muvofiq ishtirok etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
oʻz vaqtida, mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda har oylik majburiy badallarni Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi, agar Shirkatga bir uydan ortiq turar joylar mulkdorlari birlashgan boʻlsa, uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishi tasdiqlagan xarajatlar smetasi asosida toʻlash, shuningdek umumiy mulk qismlari va/yoki yer uchastkasidan istisno tarzida foydalanganlik uchun Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan toʻlovni toʻlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulk, yer uchastkasidan va unda joylashgan obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda boshqa mulkdorlarning ulardan foydalanish boʻyicha huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
oʻziga tegishli boʻlgan bino hududidagi umumiy mulkning saqlanishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat tomonidan belgilangan umumiy mulkdan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
oʻziga tegishli binodan maqsadli tarzda, texnik jihatdan soz, sanitariya talablariga muvofiq tarzda foydalanish, uni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini oʻz hisobidan bajarish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
oldindan xabardor qilib, oʻzi ishtirok etgan holda yoki oʻz vakili ishtirokida oʻziga tegishli binoda shirkat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vakillari tomonidan umumiy mulkning bino chegarasidagi qismlarini koʻzdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun darhol kirishga ruxsat berish;
Shirkat bilan oʻziga tegishli binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari boʻyicha kelishish;
haqiqiy turgan joyi oʻzgargani va bogʻlanish haqidagi maʼlumotlarni berish;
binoning ijaraga berilgani, shuningdek ijara shartnomasiga koʻra umumiy xarajatlarda ishtirok etish majburiyatlarini bergan-bermaganligi haqida 10 kun muddatda Shirkatni xabardor qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
umumiy mulkka va/yoki boshqa mulkdorlar mulkiga, shuningdek shirkat mulkiga oʻzi, ijarachi yoki binoni ijara shartnomasiga yoxud boshqa asoslarga muvofiq egallab turgan ijarachi yoki boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni oʻz hisobidan bartaraf etish;
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mulkni sotish paytida qonunchilikda belgilangan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda Shirkat va oʻzining Shirkat oldidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xaridorga taqdim etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkatni binoga egalik qilish huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgani haqida xabardor qilish va yangi mulkdor haqida maʼlumot berish.
III. Majburiy badallar miqdori va ularni toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3.1. Mulkdorning umumiy xarajatlar boʻyicha har oylik majburiy badali miqdori Shirkat tomonidan har yili Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi tasdiqlagan ish rejasi hamda Shirkat daromadlari va xarajatlarining yillik smetasi asosida hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Shirkat 2 kun muddatda Mulkdorni Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tasdiqlagan har oylik majburiy badal miqdori haqida xabardor qiladi.
3.2. Mulkdorlarning har oylik majburiy badallari Shirkatning hisob raqamiga joriy oyning 10-kunidan kechiktirmay, Shirkat tayyorlagan toʻlovnoma asosida toʻlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3.3. Yil davomida har oylik majburiy badallar miqdori Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
3.4. Shirkat Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarori bilan umumiy mulkni mukammal taʼmirlash yoki umumiy mulkni saqlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun maqsadli majburiy yigʻim belgilashi mumkin.
Maqsadli yigʻim Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda va muddatda toʻlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
3.5. Agar amalda qilingan umumiy xarajatlar umumiy mulk mulkdorlari tomonidan toʻlangan badallar summasidan oshib ketsa, Mulkdor xarajatlarning toʻlanmagan summasidagi oʻz ulushini Shirkat xabarnomasini olgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida toʻlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Agar umumiy xarajatlar boʻyicha amalda qilingan xarajatlar umumiy mulk mulkdorlari tomonidan toʻlangan summadan kam boʻlsa, mablagʻlarning foydalanilmagan qismi umumiy mulkni kelgusidagi taʼmirlash ishlariga yoʻnaltiriladi.
4.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyalarini bajarmaganlik uchun uning shartlariga koʻra va qonunchilikka muvofiq moddiy javob beradi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
4.2. Barcha turdagi zararlar yoki ziyonlar shirkat yoki uning xodimlarining notoʻgʻri xatti-harakati tufayli yuzaga kelmagan boʻlsa, Shirkat ular uchun javob bermaydi.
4.3. Shirkat yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot vakiliga koʻzdan kechirish va xizmat koʻrsatish, taʼmirlash ishlarini bajarish uchun kirishga yoʻl qoʻymagan Mulkdor buning natijasida koʻrilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
4.4. Ushbu shartnomada koʻzda tutilgan badallarni toʻlash muddati buzilgan taqdirda Mulkdor har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlov muddati kechikkan summaning ___ foizi miqdorida penya toʻlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
4.5. Binodan foydalanmaslik va/yoki umumiy mulkdan (yoki uning qismlaridan) foydalanishdan bosh tortish Mulkdorni ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
4.6. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
V. Nizolarni hal etish
5.1.Ushbu shartnoma shartlarini bajarish boʻyicha barcha eʼtirozlarni Tomonlar yozma tarzda rasmiylashtirishi va shaxsan vakolatli shaxsga tilxat orqali topshirishi yoki ikkinchi Tomonga buyurtma xat orqali yetkazishi kerak.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
5.2. Ushbu shartnoma boʻyicha Tomonlar oʻrtasidagi nizolar Mulkdor bilan Shirkat boshqaruvi oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan yoki Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida va/yoki agar Shirkatga bittadan ortiq uydagi turar joy mulkdorlari birlashgan boʻlsa — uydagi turar joy mulkdorlari yigʻilishida hal qilinadi, kelishuvga erishilmasa qonunchilikda belgilangan tartibda sudda hal qilinadi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va toʻxtatish
6.1. Ushbu shartnoma __ yilga, 200__ “___” _________dan 200_ “___” ____________ gacha muddatga tuzildi.
6.2. Tomonlardan biri Shartnoma shartlarini oʻzgartirish boʻyicha ariza bermagan taqdirda uning amal qilish muddati shartnomada belgilangan muddat va oʻsha shartlar boʻyicha uzaytirilgan hisoblanadi (har yili belgilanadigan majburiy badallar miqdori bundan mustasno).
6.3. Tomonlar oʻzaro kelishuvga binoan ushbu Shartnomaga, qonunchilik talablariga va Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarorlariga zid boʻlmagan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(6.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6.4. Tomonlarning ushbu Shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi bitimi shartnoma kabi shaklda rasmiylashtiriladi.
6.5. Binoga egalik qilish huquqi muddatidan oldin tugagan taqdirda shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
VII. Boshqa shartlar
7. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi, bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilgan, bir nusxadan Shirkatda va Mulkdorda saqlanadi.
Mulkdor (roʻyxatdan oʻtgan manzili, pasport maʼlumotlari yoki rekvizitlari
_____________________________________
_____________________________________
_____________________________________
_____________________________________
Tomonlarning imzolari
“____________________________”
_____________________________________
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi
Mulkdor
____________________/________________
____________________/________________
(imzo) (F.I.O.)
(imzo) (F.I.O.)
M.Oʻ.
200__ y. “_____”______________
200__y. “_____” __________________
(VIII boʻlim jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 196-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)