Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-son “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 710-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “katta hajmli va ogʻir vaznli” degan soʻzlar “yirik gabaritli va (yoki) ogʻir vaznli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2582, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “katta hajmli va ogʻir vaznli” degan soʻzlar “yirik gabaritli va (yoki) ogʻir vaznli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.