toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-19]
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari A. SULTONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23 sentabr,
296-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2026-yil 23-sentabrdagi 296-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 101-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning “b” kichik bandidagi “giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning oltinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning yettinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari va prekursorlar — tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari va prekursorlar boʻlgan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun namunalar sifatida yuborilganda. Bunda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qarori bilan tasdiqlangan Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi muayyan yuridik shaxslarga yuborilayotganda, ularni gumanitar yordam koʻrinishida joʻnatishga ruxsat beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2026 y., 10/26/2219-19/1044-son)