1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.02.00 Adliya organlari huzuridagi tashkilotlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoni hamda “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 6-maydagi PQ-172-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga muvofiq:
Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilgani;
Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Agentlik maqomi, tizimi, asosiy vazifalari hamda funksiyalari;
Agentlikning huquqlari va javobgarligi;
Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi;
Agentlik faoliyatini tashkil etish, uning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-noyabr,
616-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3. Agentlik Adliya vazirligi tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi;
qisqartirilgan nomi — Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo po delam neplatejesposobnosti pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po delam neplatejesposobnosti;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Insolvency Agency under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Insolvency Agency.
8. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri Mirobod tumani Amir Temur koʻchasi 13-uy.
9. Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻlimlari.
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shuningdek, iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish;
sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ularning faoliyatini nazorat qilish;
jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini davlat tomonidan tartibga soladi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari amalga oshirilishini, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini tashkil etadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
2) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi;
yuridik shaxslarning suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizligi ishlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan taʼminlaydi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;
toʻlovga qobiliyatsizlikka oid tartib-taomillarga rioya etish jarayonlarida vujudga kelayotgan hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qiladi va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
3) toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda barcha manfaatdor shaxslarga toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish orqali sohaning samaradorligi va shaffofligini oshirish choralarini koʻradi;
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi shakllantirilishi va yuritilishini hamda vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
qonunchilikka muvofiq majburiy ravishda eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni, jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka doir ishlar boʻyicha sudlar va vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonlari haqidagi maʼlumotlar Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida eʼlon qilinishini tashkil etadi;
4) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shuningdek, iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda ishtirok etadi va maxsus vakolatli davlat organi vakolatlarini amalga oshiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan yuridik va jismoniy shaxslar reyestrini yuritadi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestrini yuritadi;
jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha boshqarish ishlarini tashkil etadi va ularning hisobini yuritadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shu jumladan, suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish, bu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy, huquqiy va axborot taʼminoti boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonun buzilishining oldini olish choralarini koʻradi, ushbu sohada jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi;
oʻz arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonini monitoring qiladi;
jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtincha boshqarish boʻyicha sud boshqaruvchisining yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda nazorat qiladi hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularning qarorlarini kelishadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda, sudgacha sanatsiya qilish va sanatsiya oʻtkazishni tugatish yuzasidan qaror qabul qiladi;
davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda, sudgacha sanatsiya jarayonida boʻlgan yuridik shaxslarning reyestrini yuritish hamda sudgacha sanatsiyaning natijadorligini Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi orqali monitoring qiladi;
5) sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ularning faoliyatini nazorat qilish sohasida:
sud boshqaruvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻqitish huquqiga ega boʻlgan taʼlim muassasalari uchun talablarni belgilaydi, huquqqa ega boʻlgan taʼlim muassasalarining roʻyxatini yuritadi hamda ularning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
sud boshqaruvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan, qayta attestatsiyadan oʻtkazadi hamda ularga malaka attestatini beradi;
sud boshqaruvchilarining davlat reyestrini hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritadi;
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda uning faoliyatiga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasiga aʼzolik badali miqdorini, shuningdek, uning asosiy faoliyat doirasida koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxati va narxlarini kelishadi;
sud boshqaruvchilarining faoliyatini yuritish, ularga haq toʻlash tartibini, shuningdek, sud boshqaruvchilari faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish tartibini belgilaydi;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan kelishgan holda, sud boshqaruvchilari ish yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan normalarini belgilaydi;
sud boshqaruvchilarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi;
6) jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish sohasida:
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaxslar reyestrini yuritadi;
jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi boʻyicha ishlar yuzasidan doimiy monitoring yuritadi hamda monitoring natijalari asosida tahliliy maʼlumot va takliflar kiritadi.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
1) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;
4) sudlar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qilish va ular boʻyicha tahliliy maʼlumotlar va takliflarni Oliy sudga taqdim etib borish;
5) davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek, ushbu sohada qonun buzilishlariga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
6) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha har qanday ishni iqtisodiy sudda koʻrib chiqishda, shu jumladan, quyidagi vakolatlarni amalga oshirgan holda ishtirok etish:
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari haqidagi maʼlumotlarni iqtisodiy sudlardan Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvi tizimi orqali elektron tarzda olish;
sudga muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi va moliyaviy boshqaruvchi nomzodini taqdim etish, shuningdek, ularni vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish;
majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsni yoki yuridik shaxs mol-mulki egasini yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllanadigan har qanday tartib-taomillar jarayonida sudga soxta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma kiritish;
qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar;
7) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish hamda ushbu ishlarni sudda koʻrib chiqishda vakolatli organ sifatida ishtirok etish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirish;
8) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlardan maʼlumotlarni bepul olish, shu jumladan, ularning axborot tizimlaridan Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvi tizimi orqali foydalanish;
9) yuridik shaxslarni suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillarining amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda oʻrganish;
10) jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtincha boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra yoxud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;
11) qarzdorlikni undirish, restrukturizatsiya qilish (shu jumladan, toʻlov muddatlarini oʻzgartirish) sudgacha sanatsiya qilish, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish masalalariga doir maʼlumotlar va hujjatlarni davlat organlari va tashkilotlaridan bepul soʻrab olish, shuningdek, ularning maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
12) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida aniqlangan qonunbuzilishlar, shu jumladan, jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan holatlar boʻyicha hujjatlarni qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
13) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini boshqarish, unda joylashtiriladigan (eʼlon qilinadigan) maʼlumotlar va boshqa hujjatlar tarkibini belgilash;
14) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritish doirasida belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatish;
15) yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini konsultant va ekspert sifatida, shu jumladan, jamoatchilik bilan aloqalar, axborot-taʼminot, media, jurnalistika, foto va videotasvirga olish, raqamli kontent yaratish hamda boshqa kommunikatsiya yoʻnalishlaridagi zarur mutaxassislarni kontrakt asosida ishga jalb qilish;
16) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni raqamlashtirish hamda muayyan maʼlumotlarni ushbu toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga va veb-saytlariga joylashtirish toʻgʻrisida vakolatli organlarga koʻrsatmalar berish, ularning ijrosini nazorat qilish;
17) sud boshqaruvchilarining faoliyatini monitoring qilish va tekshirish;
18) sud boshqaruvchilari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va ularning faoliyatiga qoʻyilgan talablarga rioya etmaganlik holatlari boʻyicha sud boshqaruvchilariga rasmiy ogohlantirishlar berish, sud boshqaruvchilarining malaka attestatini bekor qilish va uning amal qilishini toʻxtatish, moliyaviy jarima qoʻllash, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni qoʻllash;
19) majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsni yoki yuridik shaxs mol-mulki egasini yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;
20) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi raisi lavozimiga nomzod koʻrsatish hamda uni lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish, Palataning navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirish, shuningdek, ushbu Palataga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan homiylik hamda xalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlari hisobidan moliyaviy koʻmak berish;
21) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilish va ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi shartnomasi hisoblanmagan shartnomalar, memorandumlar, qoʻshma rejalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
22) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida, shu jumladan, transchegaraviy toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish va ularning loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
23) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha regulatorlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAIR) bilan hamkorlik qilish;
24) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasining turli masalalariga oid normativ-huquqiy qoidalar va uslubiy tavsiyalarni oʻz ichiga oladigan standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
25) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
13. Agentlik:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanish sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;
hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻlimlarini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
14. Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, Adliya vazirining topshiriqlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va koʻrish;
Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentitalablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni zarurat boʻlganda, davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻz oʻrinbosari hamda tarkibiy boʻlinma va hududiy boʻlimlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Agentlik hamda uning tarkibiy boʻlinma va hududiy boʻlimlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Agentlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan markaziy apparat xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Agentlikning hududiy boʻlimlari nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
markaziy apparat xodimlarining rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
Agentlik hayʼatiga va markaziy apparat yigʻilishlariga rahbarlik qilish;
Agentlik xodimlariga martaba darajalarini berish boʻyicha adliya vaziriga taklif kiritish;
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi oliy organi yigʻilishiga Palata raisi lavozimiga nomzodni koʻrsatish hamda uni lavozimdan muddatidan oldin chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish, Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi oliy organining navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini taʼminlash, ularning mahoratini oshirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash choralarini koʻrish, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasi xodimlari va mutaxassislarini, ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatgani, xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash va tavsiyalar berish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston delegatsiyalarining xalqaro tadbirlarda ishtirokini taʼminlash;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tadbirlarda respublika vakillarining ishtirokini taʼminlash;
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning Agentlik direktori sifatidagi vazifalarini bajarish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari, shuningdek, Adliya vazirligining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Agentlik direktori topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Agentlik direktoriga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Agentlik direktoriga kiritish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
davlat organlari va tashkilotlarning toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Agentlikning xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirish;
respublikada toʻlovga qobiliyatsizlik sohasi rivojlanishi monitoringini yuritish hamda ushbu sohani yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida isteʼdodli va istiqbolli kadrlarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, ushbu sohalardagi hududiy dasturlar ijrosini taʼminlash;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro, respublika tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni taʼminlash.
16. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinma va hududiy boʻlimlar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining oʻrinbosariga kiritish;
Agentlik hayʼati qarorlari hamda buyruqlari, Agentlik direktori va uning oʻrinbosari, shuningdek, Adliya vazirligining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarining ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Agentlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Agentlik rahbarlarining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishga doir takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nnamunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
xalqaro va respublika darajalaridagi ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
17. Quyidagilar Agentlikning hududiy boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari va Agentlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Agentlik hayʼati qarorlari, buyruqlari, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;
davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va ogohlantirishlar berish, shuningdek, ushbu sohada qonunbuzilishlarga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
oʻz zimmasiga yuklangan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar kiritish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Agentlikning hududiy boʻlimlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlimlarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlimlarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Agentlikning hududiy boʻlimlari xodimlarini, ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Agentlikning hududiy boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boʻlimlari tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlikka kiritish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Agentlikka kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Agentlikning hududiy boʻlimlari xodimlarini ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Agentlikka kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
5-bob. Agentlik rahbariyatining javobgarligi
18. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
Agentlikning ushbu Nizomda koʻrsatilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
19. Agentlik direktori oʻrinbosari:
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
20. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
21. Hududiy boʻlimlar rahbarlari:
hududiy boʻlimlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
22. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori rahbarlik qiladi.
23. Agentlik direktori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda hududiy boʻlim boshliqlari adliya vaziri bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga kiritilgan Agentlik markaziy apparati mustaqil tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari adliya vaziri bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
24. Agentlik direktori oʻrinbosari maqomi boʻyicha Adliya vazirligining departamenti boshligʻiga, Agentlik va uning hududiy boʻlimlari rahbar va xodimlari tegishlicha Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari rahbar va xodimlariga tenglashtiriladi.
25. Agentlikning Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Agentlikning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni Adliya vazirligi markaziy apparati uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi. Bunda Agentlik markaziy apparati har bir mustaqil tarkibiy tuzilmasiga va hududiy boʻlimlariga qoʻshimcha ravishda bir nafardan ish yurituvchi kotib lavozimi kiritilishi mumkin.
26. Adliya vaziriga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
27. Agentlik markaziy apparati va hududiy boʻlimlarining shtat jadvallari belgilangan cheklangan boshqaruv xodimlari soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tasdiqlanadi.
28. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning Agentlik direktori sifatidagi vazifalarini direktor oʻrinbosari bajaradi.
29. Agentlik huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish boʻyicha ilmiy-maslahat kengashi tashkil etiladi.
Ilmiy-maslahat kengashi toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, xalqaro tajribani oʻrganish, ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish hamda sohadagi islohotlarni amalga oshirishda Agentlikka maslahat berish maqsadida faoliyat yuritadi.
Ilmiy-maslahat kengashining tarkibi va faoliyat yuritish tartibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Hududiy boʻlimlar faoliyatini tashkil etish
30. Hududiy boʻlimlar Agentlikning joylardagi tarkibiy tuzilmalari hisoblanadi va oʻz faoliyatini Agentlik rahbarligida amalga oshiradi.
31. Hududiy boʻlimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi vazifalar ijrosini tashkil etadi.
32. Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatida ushbu Nizomga, Agentlikning buyruqlari va koʻrsatmalariga, shuningdek, hududiy boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlarga amal qiladi.
33. Agentlikning hududiy boʻlimlari boshliqlari adliya vaziri bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
34. Hududiy boʻlimlar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
tegishli hududda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritish;
sudlarda koʻrilayotgan toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha Agentlik vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hududiy darajada hamkorlik qilish;
toʻlovga qobiliyatsizlikka oid maʼlumotlarni Yagona elektron platformaga kiritish, ularning dolzarbligi va toʻliqligini taʼminlashda ishtirok etish;
yuridik shaxslarni suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillari amalga oshirilishini joylarda oʻrganish;
sud boshqaruvchilari faoliyatini monitoring qilish va tekshirishda Agentlik markaziy apparatiga koʻmaklashish;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi muammolarni umumlashtirish, tahliliy maʼlumotlar va takliflarni Agentlikka kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
35. Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyati natijalari yuzasidan Agentlikka belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
8-bob. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
36. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
37. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Agentlikning hududiy boʻlimlari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
topshiriqlarni Agentlikning hududiy boʻlimlariga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Agentlikning hududiy boʻlimlariga Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Agentlikning hududiy boʻlimlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Agentlikning hududiy boʻlimlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Agentlikning hududiy boʻlimlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boʻlimlari ishtirokini tashkil etadi, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
38. Agentlikning hududiy boʻlimlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
berilgan topshiriqlar ijrosi haqida Agentlik rahbariyatiga axborot beradi;
qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan, aholining toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga oid mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Agentlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
39. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlimlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik direktorining topshirigʻiga binoan uning oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi.
9-bob. Agentlikning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi
40. Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Bojxona qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, davlat maqsadli jamgʻarmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sudlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
41. Davlat organlari va tashkilotlari Agentlikka toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
42. Agentlik davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda:
toʻlovga qobiliyatsizlik holatlarini sohalar va hududlar kesimida tahlil qiladi;
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va sudgacha sanatsiya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi;
elektron axborot almashinuvi va maʼlumotlar integratsiyasini taʼminlaydi;
qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
43. Agentlik oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, taqdimnomalar va soʻrovlar yuborishi mumkin.
10-bob. Agentlik hayʼati
44. Agentlikda Agentlik direktori (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari, shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
45. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Agentlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, hududiy boʻlimlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
joylarda Agentlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda, hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Agentlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Agentlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Adliya vazirligining topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
46. Hayʼat majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari taklif etilishi mumkin.
47. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
48. Hayʼat qarorlari Agentlik direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
49. Agentlik direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Agentlik direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida adliya vaziriga va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham adliya vaziriga va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
50. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
11-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
51. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
52. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
53. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
12-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
54. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari va boshqa pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning vakolati doirasida qoʻllangan maʼmuriy jarima summalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
55. Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi, sarflanadi va hisobga olinadi.
56. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
57. Agentlik xodimlariga martaba darajalarini berish, ularni saqlab qolish hamda martaba darajalari bilan bogʻliq boshqa munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tartibga solinadi.
58. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari belgilangan tartibda bino, transport, aloqa vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlanadi.
59. Agentlik rahbariyati va xodimlarini xizmat hamda navbatchi avtotransport vositalari bilan taʼminlash hamda ulardan foydalanish limitlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
60. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari binolariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirilishi mumkin.
13-bob. Hisobdorlik, monitoring va nazorat
61. Agentlik oʻz faoliyati natijalari yuzasidan Adliya vazirligiga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga hisobotlar, tahliliy maʼlumotlar va takliflar kiritib boradi.
62. Agentlik har chorakda toʻlovga qobiliyatsizlik holatlarini sohalar va hududlar kesimida tahlil qiladi, toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelayotgan asosiy omil va muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
63. Agentlik faoliyatining samaradorligi uning asosiy vazifalari ijrosi, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining shaffofligi, raqamlashtirish darajasi, sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish sifati, reyestrlar va hisobotlarning ishonchliligi hamda murojaatlar bilan ishlash natijalari asosida baholanadi.
64. Agentlik faoliyati ustidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
65. Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, moliyaviy intizom, axborot xavfsizligi, xizmat intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi ichki nazorati Agentlik direktori tomonidan tashkil etiladi.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
67. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
68. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 11-iyundagi 160-son qarorida:
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
“1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga muvofiq:
2026-yil 1-dekabrdan boshlab toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beradigan Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron platforma) ishga tushirilishi;
Yagona elektron platforma “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida eʼlon qilinishi belgilangan maʼlumotlar majburiy eʼlon qilinadigan rasmiy manba hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida eʼlon qilinishi belgilangan maʼlumotlar ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda masʼul shaxslar tomonidan Yagona elektron platformadagi shaxsiy kabineti orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda joylashtiriladi;
Yagona elektron platformada joylashtiriladigan maʼlumotlar davlat tilida eʼlon qilinadi va boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
3. Yagona elektron platformada “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda — eʼlon) pulli asosda joylashtiriladi.
Eʼlonni joylashtirish uchun belgilangan toʻlov toʻlangani toʻliq Yagona elektron platforma orqali tasdiqlanganidan keyin (mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida belgilangan hollar bundan mustasno) masʼul shaxslarga tegishli maʼlumotlarni shaxsiy kabineti orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda joylashtirish imkoniyati beriladi.
Yagona elektron platformaga joylashtirilgan eʼlon joylashtirilgan paytdan eʼtiboran Yagona elektron platformada real vaqt rejimida eʼlon qilinadi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishining xususiyati, qarzdorning moliyaviy holati, ishning soddalashtirilgan yoki umumiy tartibda koʻrilishi hamda boshqa holatlarni inobatga olgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan toʻlovlarni kechiktirib yoki toʻlovga qobiliyatsizlik ishi yakunlangandan keyin toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.
Yagona elektron platformada maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan navbatdan tashqari tartibda qoplanadi”;
g) quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31. Yagona elektron platformada eʼlonlarni joylashtirish uchun toʻlovlar miqdori maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
32. Sud boshqaruvchilari uchun Yagona elektron platformadan foydalanganlik uchun har oylik abonent toʻlovi miqdori maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi toʻxtatib turilgan taqdirda, attestatning amal qilishi toʻxtatib turilgunga qadar toʻlangan oylik abonent toʻlovining foydalanilmagan qismi sud boshqaruvchisi uchun saqlanadi hamda attestatning amal qilishi tiklangan kundan eʼtiboran qolgan muddat davomida amal qiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-darajali davlat adliya maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi departamentlari boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga, Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori oʻrinbosariga”.
Izoh. Ushbu ilovaning 1-bandi 2026-yil 1-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son)