toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Koʻmir sanoatida bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mahalliy koʻmir narxlarini erkinlashtirish orqali sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish, koʻmir qazib chiqarish hamda yetkazib berishning erkin bozor tamoyillariga asoslangan tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga asosan qazib chiqariladigan koʻmirning ulgurji va chakana narxlarini davlat tomonidan belgilash amaliyotini bekor qilish belgilangani;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻmir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 26-maydagi PQ-203-son qaroriga muvofiq:
2026-yil 1-iyundan boshlab koʻmir narxlarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilingani;
iqtisodiyotning real sektori va boshqa isteʼmolchilarga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning koʻmir mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish. Bunda respublikadagi issiqlik elektr stansiyalari va yirik isteʼmolchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq) “taklif soʻrovi” tartib-taomiliga asosan har hisobot davridagi oʻrtacha birja narxlarida koʻmir mahsulotini xarid qilishga ruxsat berilgani;
aholi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsuloti bilan barqaror taʼminlash uchun koʻmir qazib chiqaruvchilar mahsulotini birja savdolarida alohida savdo maydoncha tashkil etgan holda yetkazib beruvchi korxonalarga sotish;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratish;
respublikaning barcha hududlari uchun, tashish masofasidan qatʼi nazar, aholi va budjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy koʻmirni temir yoʻlda tashishning yagona tarifini tatbiq qilish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
iqtisodiyotning real sektori va boshqa isteʼmolchilarga — mahalliy ishlab chiqaruvchilarning koʻmir mahsulotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-xomashyo birjalari (keyingi oʻrinlarda — birja) orqali sotiladi. Bunda respublikadagi issiqlik elektr stansiyalariga va yirik isteʼmolchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq) “taklif soʻrovi” tartib-taomiliga asosan har oy uchun hisobot davridan keyingi oyning beshinchi sanasida shakllangan oʻrtacha birja narxlarida koʻmir mahsulotini xarid qilishga ruxsat beriladi;
aholi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsuloti bilan barqaror taʼminlash uchun koʻmir qazib chiqaruvchilar mahsuloti birja savdolarida alohida savdo maydoncha tashkil etgan holda yetkazib beruvchi taʼminot korxonalariga sotiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2026 — 2028-yillarda aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) koʻmir sotib olgan va Ijtimoiy reyestr (keyingi oʻrinlarda — reyestr)ga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarga xarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir kalendar yil davomida xarid qilingan har bir tonnaga 300 ming soʻm hisobidan, biroq 600 ming soʻmdan oshmagan miqdorda mazkur qarorga 11-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) asosida kompensatsiya toʻlab beriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovlari Reglament asosida amalga oshiriladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
koʻmir mahsulotini interaktiv portal orqali sotish Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Energetika vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorning 2-bandi bilan belgilanayotgan kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026 — 2028-yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlar ajratsin.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Reyestrga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning interaktiv portaldan koʻmir sotib olingani tasdiqlangandan soʻng ajratilayotgan mablagʻlar oilalarning ijtimoiy kartasiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tuziladi va interaktiv portalda shakllanadigan reyting asosida ularga birja savdolarida qatnashishga avtomatik tarzda ruxsat beriladi;
b) koʻmir mahsuloti tadbirkorlik subyektlari tomonidan isteʼmolchilarga quyidagi tartibda yetkazib beriladi:
budjet tashkilotlariga boshlangʻich narxni pasaytirish usulida oʻtkaziladigan davlat xaridlari elektron savdolari natijalariga koʻra;
aholi xonadonlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida. Bunda aholi interaktiv portalda roʻyxatdan oʻtadi;
aholi koʻmirning sifati va narxi boʻyicha eng maqbul taklif asosida tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektini tanlab buyurtmani shakllantiradi;
interaktiv portalda aholi uchun koʻmirni markazlashgan tartibda tarqatish punktining aniq manzilli va yetkazib berish muddatlari koʻrsatiladi;
interaktiv portalda aholiga buyurtma shakllantirish jarayonida oʻz xohishiga koʻra koʻmir mahsulotini yashash yoki boshqa manzilgacha yetkazib berish yoki umumiy tarqatish punktidan olib ketish xizmatini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Agar tadbirkorlik subyekti koʻmir mahsulotini yetkazib berish muddatini oʻzgartiradigan boʻlsa, interaktiv portal orqali bu haqida buyurtmachiga maʼlum qiladi. Bunda buyurtmachi koʻmir yetkazib berishni yangi sanasiga rozi boʻlmasa, unga buyurtmani bekor qilish huquqi beriladi;
v) joriy kuz-qish mavsumi davomida taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan aholi va budjet tashkilotlariga “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan koʻmir kafolatlangan tarzda yetkazib beriladi (sotiladi);
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari aholi va budjet tashkilotlarini koʻmir bilan taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
5. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
a) ustun mavqega ega korxonalar tomonidan qazib chiqarilgan koʻmirning narxi raqobat sharoitida shakllanadigan narxdan asossiz yuqori darajada belgilanmasligini;
aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun masʼul boʻlgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olgan mahalliy koʻmir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha xarajatlar) qoʻllanmasligini;
koʻmir bozorida iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha davlat nazorati oʻrnatilishini;
b) har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar ulgurji va chakana bozorda koʻmir narxlari, hududlar kesimida shakllangan narxlar, ustun mavqeyidan foydalanish holatlari va iqtisodiy konsentratsiyasi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasi kiritib borilishini taʼminlasin.
6. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar ekologik vaziyatdan kelib chiqib, har yili import qilinadigan koʻmirga ekologik va sifat (kaloriyasi, namligi, kulliligi, tarkibidagi oltingugurt ulushi hamda boshqalar) talablari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Bunda:
Transport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda import koʻmirni faqat temir yoʻl transportida respublika hududiga olib kirishni;
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruratga koʻra tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda, respublika hududlarida koʻmir sifatini tekshirish boʻyicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil etishini nazarda tutsin.
7. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi aktivlarini (keyingi oʻrinlarda — aktivlar) belgilangan tartibda faoliyat yoʻnalishlaridan biri koʻmir savdosi bilan shugʻullanish sharti bilan, auksion savdolarida sotish va ushbu aktivlar sotilgandan keyin “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan “Koʻmir taʼminot” MCHJni belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ikki oy muddatda “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi koʻchmas mulklarni xatlovdan oʻtkazsin hamda bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
koʻmir omborlari sotilgunga qadar aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida ushbu omborlar belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilishini va zarur hollarda “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududiy omborlaridan foydalangan holda, aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishga ruxsat berilsin.
9. Belgilansinki:
a) auksion savdolarida aktivlarni sotib olgan tadbirkorlik subyektlari va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi oʻrtasida aksept shartnomasi imzolanadi;
ushbu qarorga 3-ilovada keltirilgan majburiyatlar bajarilmasa, aktivlarni xarid qilib olgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan aksept shartnomasi talablari bajarilmagan deb hisoblanadi hamda aktivlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga qaytarib olinadi;
b) ushbu qarorga muvofiq bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulklar, mulkiy huquqlar, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalar va ulushlar qiymati, shu jumladan, ularni qayta tashkil etish va tugatish, aktivlarni sotish jarayonlari soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tadbirkorlik subyektlari bilan tuziladigan aksept shartnomasida aholi va budjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumida koʻmir bilan kafolatli taʼminlash, koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish infratuzilmasi obyektlarining funksional maqsadi, loyihaviy quvvati hamda uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha majburiyatlarni kiritsin.
Bunda majburiyatlar aktivlarga bogʻlangan hisoblanishini, aktivlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, majburiyatlar yangi mulkdorga oʻtishini nazarda tutsin.
11. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi:
Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar koʻmirga boʻlgan oʻsib borayotgan talabni qondirish uchun 2035-yilga qadar koʻmir qazib chiqarish quvvatlarini eng kam xarajat hisobidan kengaytirish boʻyicha uzoq muddatli investitsiya dasturini ishlab chiqsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda koʻmir qazib chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish tannarxini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarga sarflanadigan energiya resurslari miqdorini kamaytirish choralarini koʻrib borsin.
12. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda hududlarda koʻmir narxi oshishi bilan bogʻliq muammolarni barvaqt aniqlab, joyida hal etib borish choralarini koʻrsin.
13. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng qamrovli targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir uchun ulgurji-sotish narxlari ustamasining maxsus miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 75-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-iyul,
418-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan 1-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga
11-ILOVA
Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Ijtimoiy reyestrga kiritilgan (keyingi oʻrinlarda — reyestr), shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan oshmaydigan oilalar (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya oluvchilar) tomonidan “mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) koʻmir sotib olinganida, ularning xarajatlarini bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
vakolatli organ — “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
kompensatsiya — bir kalendar yil davomida sotib olingan har bir tonna koʻmir uchun 300 000 (uch yuz ming) soʻmdan, biroq 600 000 (olti yuz ming) soʻmdan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladigan mablagʻ;
moliyaviy agent — kompensatsiyani uni oluvchilarning ijtimoiy kartalariga oʻtkazishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banki.
3. Kompensatsiya tayinlash va toʻlash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi kompensatsiya tayinlash uchun quyidagi tartibda murojaat qiladi:
bevosita Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga borgan holda yoki oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda.
6. Kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida murojaat:
a) davlat xizmatlari markazi orqali berilganda, mazkur markazning xodimi ariza beruvchining nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovada nazarda tutilgan kompensatsiya tayinlash boʻyicha soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) toʻldiradi;
b) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali berilganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimi yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) ariza beruvchining nomidan soʻrovnomani toʻldiradi;
v) YIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali berilganda, ariza beruvchi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.
Soʻrovnoma ariza beruvchi tomonidan imzoni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (daktiloskopiya, Face-ID, Mobile-ID va boshqalar) tasdiqlanadi. Bunda ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaning tasdiqlanishi unga tegishli shaxsga doir maʼlumotlarni olish va ishlov berishga rozilikni bildiradi.
7. Ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan talablarga muvofiq kelib tushgan soʻrovnomalar avtomatik ravishda “YAMIH” AT yuboriladi va kompensatsiya tayinlash bilan bogʻliq tartib-taomillar “YAMIH” ATda amalga oshiriladi.
8. Kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi soʻrovnoma asosida “YAMIH” ATda avtomatik ravishda ariza beruvchiga doir quyidagi maʼlumotlar oʻrganiladi:
ariza beruvchining oilasi kompensatsiya oluvchi oilalar toifasiga mansubligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “YAMIH” AT orqali;
oilaning koʻmir xarid qilingani, xarid qilingan davri, miqdori va qiymati haqidagi maʼlumotlar interaktiv portalda idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali.
9. Oʻtkazilgan oʻrganish yakuni boʻyicha ariza beruvchining oilasi kompensatsiya oluvchi oilalar toifasiga mansubligi va koʻmir xarid qilinganligi aniqlanganda, “YAMIH” ATda ariza berilgan oydan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi va ariza beruvchining oilasi kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha keyingi oy toʻlov roʻyxatiga kiritiladi.
10. Ariza beruvchi kompensatsiya oluvchi oilalar toifasiga muvofiqligi aniqlanmaganda yoki ariza bergan oyda koʻmir xarid qilinmaganda kompensatsiya tayinlash rad etiladi.
Kompensatsiya tayinlashni ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “YAMIH” AT orqali:
kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlari soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar shakllantirib moliyaviy agentga yuboradi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni har oyning 25-sanasiga qadar moliyaviy agentning maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
12. Zarur mablagʻlar moliyaviy agentning maxsus hisobvaragʻiga moliyalashtirib berilgandan soʻng, moliyaviy agent tomonidan bir ish kuni davomida taqdim etilgan toʻlov roʻyxatlariga asosan kompensatsiya oluvchilarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartasiga kompensatsiya toʻlovlari oʻtkazilishi taʼminlanadi.
13. Quyidagi hollarda kompensatsiya toʻlash toʻxtatiladi:
ariza beruvchi tomonidan kompensatsiya toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida murojaat qilinganda;
“YAMIH” ATdagi yoki manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron oʻzaro almashinuvi tizimida yuzaga keladigan texnik nosozlik natijasida, maʼlumotlar elektron ravishda toʻliq yoki qisman taqdim etilmagani sababli, shuningdek, Ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibga koʻra arizani rasmiylashtirishda texnik xatolar oqibatida notoʻgʻri tayinlangani aniqlangan taqdirda.
14. Kompensatsiya tayinlangani yoki kompensatsiya tayinlash rad etilgani haqida ariza beruvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar hamda “YAMIH” AT, YIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan ariza beruvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
“YAMIH” ATda ishlashga ruxsat berilgan tashkilot va idoralar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
17. Ushbu Reglamentda belgilangan talablarga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilib boriladi.
18. Ariza beruvchi mazkur Reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

“Mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) roʻyxatdan oʻtadi va koʻmir mahsulotini xarid qiladi hamda kompensatsiya tayinlash uchun quyidagi shakllarda soʻrovnoma asosida murojaat qiladi:

bevosita davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga borgan holda yoki oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali.

Xohishiga koʻra

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda.

Soʻrovnoma avtomatik ravishda “YAMIH” ATga yuboriladi.

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik ravishda

2-bosqich

“YAMIH” AT

Vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlar hamda soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga asosan ariza beruvchining oilasi boʻyicha oʻrganish oʻtkaziladi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha, koʻmir xarid qilganligini oʻrganish uchun interaktiv portal soʻrov yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda

3-bosqich

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

Interaktiv portal orqali koʻmir xarid qilgan oilalar, sotib olingan koʻmir hajmi va sotib olingan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMIH” ATga taqdim etadi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. Interaktiv portal tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan oilaga kompensatsiya tayinlaydi va kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatiga kiritadi yoki kompensatsiya tayinlashni rad etadi.

Avtomatik ravishda

2. Kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini Moliyaviy agentga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

3. Kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni Moliyaviy agentga oʻtkazib beradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 25-sanasiga qadar

5-bosqich

Moliyaviy agent

Kompensatsiya toʻlovini ijtimoiy karta orqali toʻlab beradi.

Mablagʻlar Moliyaviy agentga oʻtkazilganidan soʻng bir ish kuni ichida

Koʻmir sotib olgan kompensatsiya oluvchi oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

______________

______________

(sana)

(raqam)

Koʻmir xaridi uchun kompensatsiya qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi (mavjud boʻlsa)

4. Tugʻilgan sanasi

5. Mahalla fuqarolar yigʻini

5.1. Koʻcha(mavze)

5.2. Uy

5.3. Xonadon

6. Telefon raqami

7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

8. “Mycoal.uz” interaktiv portali orqali roʻyxatdan oʻtgan ariza raqami

 

II. Oilaning mavjud chorva mollari, parrandalari hamda ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oila foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar joy binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari

T/r

Koʻrsatkichlar

Miqdori

1.

Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni:

1.1

Buqa va sigirlar

1.2

Yosh qoramollar

1.3

Ot va tuyalar

1.4

Katta yoshdagi choʻchqalar

1.5

Qoʻylar

1.6

Katta yoshdagi parrandalar

1.7

Yosh parrandalar

2.

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oila foydalanuvida boʻlgan:

2.1

Yuk avtotransport vositalari soni

2.1.1

Ishlab chiqarilgan yili

2.1.2

Davlat raqami belgisi

2.2

Yengil avtotransport vositalari soni

2.2.1

Ishlab chiqarilgan yili

2.2.2

Davlat raqami belgisi

2.3

Daromad keltiruvchi noturarjoy binolari soni

2.4

Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix)

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

Boshqa hujjatlar (mavjud boʻlsa)

Soʻrovnomada rozilik beriladigan ofertalar:
1) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazini oila tarkibi (bola tugʻilgani, vafot etgani yoki boshqa holatlar), yashash joyim oʻzgargani va kompensatsiya toʻlashga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlar yoki oʻzgarishlar sodir boʻlganda, oʻz vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchligini kafolatlayman.
Mening va oila aʼzolarimning ish haqlarini va boshqa barcha daromadlarini hamda mulkiy va moddiy holatimizning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga hamda kompensatsiya toʻlovini ijtimoiy karta orqali amalga oshirilishiga rozilik beraman.
Moliyaviy agentda mening yoki oila aʼzolarim nomiga bank kartasi ochilmagan boʻlsa, Moliyaviy agentda nomimga ijtimoiy kartasini ochishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman;
2) xoʻjaligimizda mavjud chorva mollari, parrandalari soni, oila aʼzolarim nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oilamning foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar joy binolari, qoʻshimcha turarjoy koʻchmas mulklari hamda bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlikni tushunaman va toʻliq qabul qilaman hamda yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob berishim haqida xabardorman.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga
2-ILOVA
Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish chora-tadbirlarini amalga oshirish
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Masʼullar

Aholi va budjet tashkilotlariga mahalliy koʻmirni yetkazib berish

1.

Aholi va budjet tashkilotlarining koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish.

1. Aholi va budjet tashkilotlarining mahalliy koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda mycoal.uz interaktiv elektron portaliga (keyingi oʻrinlarda — Portal) tegishli maʼlumotlarni kiritish.

Bunda har bir isteʼmolchining oʻtgan yilgi isteʼmolini inobatga olish.

Har yili 1-aprelga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Energetika vazirligi

2. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir oʻz vaqtida yetkazib berishni tashkil etish.

Har yili may — dekabr

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

yetkazib beruvchi tadbirkorlar bilan birgalikda

2.

Aholi va budjet tashkilotlariga mahalliy koʻmirni yetkazib berishda xususiy sektor vakillarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlar) jalb qilish.

1. Tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish uchun ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon joylashtirish.

Bir hafta muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

2. Tadbirkorlar reytingini quyidagi mezonlar asosida shakllantirish:

a) atrofi oʻralgan omborining mavjudligi (yoki ijaraga olingani). Bunda ombor temir yoʻlga ega boʻlsa, ustuvorlik berish;

b) keyinchalik Portalga integratsiya qilinadigan avtotarozisi mavjudligini inobatga olish;

v) avtoyuklagich mavjudligi (yoki ijaraga olingani);

g) koʻmir sotish va yetkazib berish faoliyatining davomiyligini oʻrganish;

d) soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisobot oyi yakuniga koʻra muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini inobatga olish.

Ikki hafta muddatda

3. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish maqsadida:

birinchi bosqichda — yuqoridagi talablar asosida har bir hududda 3 ta va undan ortiq tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish va barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan Portalda roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etish;

ikkinchi bosqichda — tovar-xomashyo birjalari savdolarida (keyingi oʻrinlarda — birja savdolari) ishtirok etadigan tadbirkorlar roʻyxatini Portalda reyting asosida onlayn tarzda shakllantirish hamda savdolarda qatnashish huquqini avtomatik tarzda aniqlagan holda berish.

Bunda:

Bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ,

Tovar-xomashyo birjalari

“Koʻmir taʼminot” MCHJga tegishli boʻlgan omborlarni sotib olgan tadbirkorlarni roʻyxatga avtomatik ravishda kiritish;

2028-yil 1-apreldan boshlab

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Tovar-xomashyo birjalari

aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash maqsadida “Koʻmir taʼminot” MCHJga tegishli boʻlgan omborlarni sotish jarayonlari yakuniga yetkazilgunga qadar ushbu omborlarni tadbirkorlarga “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomiliga asosan ijaraga berish;

“Oʻzbekkoʻmir” AJ zarur hollarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududiy omborlaridan foydalangan holda, koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri aholi va budjet tashkilotlariga yetkazish.

2026-2027-yillar kuz-qish mavsumida

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Energetika vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

3.

Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun birja savdolarini tashkil etish.

1. 2026-yil va kelgusi yillar uchun tasdiqlangan balansdagi koʻmir hajmlarini reja-jadval asosida hududlar kesimida taqsimlash hamda har bir viloyat uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etgan holda birja savdolariga chiqarish.

Bunda birja savdolarida xarid qilingan koʻmirni kafolatlangan tarzda tadbirkorlarga berilishini hamda viloyatlar kesimida mutanosib ravishda taqsimlanishiga “Oʻzbekkoʻmir” AJni masʼul etib belgilash.

Reja-jadval asosida

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

Tovar-xomashyo birjalari

2. Birja savdolarini oʻtkazish muddatini, shu jumladan, hududlar uchun alohida savdo maydonchalari va oylik miqdorlari haqidagi eʼlonlarni berib borish.

Har oyning 5-sanasiga qadar

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

Tovar-xomashyo birjalari

3. Koʻmir qazib chiqaruvchilar va importyorlarni Portalda ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularning koʻmirini birja savdolariga chiqarish.

Bunda birja savdolariga chiqarilgan, tadbirkorlarga sotilgan hamda hududlardagi koʻmir omborlarida mavjud zaxiralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga kiritib borish.

Doimiy

Koʻmir qazib chiqaruvchilar va import qiluvchilar

(ixtiyoriy)

4. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlar tomonidan koʻmirni yetkazib berish manzili va sotish narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga joylashtirish.

Bunda ushbu tadbirkor, birinchi navbatda, Portalda olingan buyurtmalar ijrosini taʼminlaydi.

Doimiy

Tovar-xomashyo birjalari,

Birja savdolarida koʻmirni xarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar bilan birgalikda

4.

Aholi va budjet tashkilotlariga sotish uchun tadbirkorlar manziligacha koʻmirni yetkazib berish.

1. Respublikaning barcha hududlari uchun, masofasidan qatʼi nazar, aholi va budjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy koʻmirni temir yoʻlda tashishning yagona tarifini joriy etish.

2026-yil iyul

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

2. Birja savdolarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, koʻmirni xarid qilib olgan tadbirkorlar bilan yagona tarif asosida temir yoʻlda koʻmirni yetkazib berish shartnomalarini imzolash.

Belgilangan muddatda

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Tovar-xomashyo birjalari

3. Birja savdolarida xarid qilingan koʻmirni shartnoma shartlariga asosan stansiyadan sifatli va hujjatlashtirilgan miqdoriy hajmlarda ortib berilishini “Oʻzbekkoʻmir” AJ va boshqa qazib chiqarish korxonalari masʼulligi asosida taʼminlab borish.

Belgilangan muddatda

Koʻmir qazib chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar

4. Birja savdolarida qayd etilgan har bir bitim shartiga asosan koʻmir uchun toʻlovni 100 foiz oldindan toʻlash.

Belgilangan muddatda

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

5. Koʻmirni temir yoʻl tarozilarida hajmini qayd etgan holda tadbirkorlarga topshirish. Bunda:

koʻmirni tashish uchun vagonlar bilan taʼminlash;

tegishli stansiyagacha tashishni tashkil etish;

koʻmir tadbirkorlarga yetib borgunga qadar uning miqdoriy hajmiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tegishli tarkibiy boʻlinmalari masʼul hisoblanishini qatʼiy taʼminlash;

temir yoʻl tarozisida vagonlarni tortishni shartnoma asosida tashkil etish. Bunda aniqlangan kamomadlarni qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda hal etib borish.

Doimiy

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

6. Birja savdolarida ishtirok etish huquqi asosida koʻmirni xarid qilib olgan tadbirkorlar:

koʻmir qazib chiqaruvchilar ortib yuboradigan stansiyadan koʻmirning sifati va miqdoriy hajmi boʻyicha tegishli hujjatlarni qabul qilib olish;

oʻz omborlarida koʻmirning sifatli saqlanishi va isteʼmolchilarga manzilli yetkazib berilishini taʼminlash. Bunda Portalda qoʻshimcha joriy etiladigan avtotransportda yuk tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning logistika xizmatlaridan ustuvor tarzda foydalanish;

koʻmir avtotransportda ustini maxsus qoplama bilan yopgan holda yetkazib berilishini qatʼiy taʼminlab borish;

Portalga maʼlumotlar toʻliq, sifatli va oʻz muddatida kiritib borilishini taʼminlash.

Doimiy

Birja savdolarida koʻmirni xarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

5.

Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish.

1. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish:

a) aholi xonadonlariga yetkazib berish.

Bunda:

koʻmirga talabgor boʻlgan aholini Portalda roʻyxatdan oʻtkazish;

aholi tomonidan koʻmirning sifati va narxi boʻyicha eng maqbul taklif asosida tadbirkorni tanlab buyurtmasini shakllantirish;

Portalga aholi uchun koʻmirni markazlashgan tartibda tarqatish punktining aniq manzili va yetkazib berish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish;

Portalda aholi buyurtmasini shakllantirish jarayonida koʻmirni doimiy yoki vaqtinchalik yashash manziliga yetkazib berish yoxud uni umumiy tarqatish punktidan olib ketish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish. Bunda tadbirkor koʻmirni yetkazib berish muddatini oʻzgartiradigan boʻlsa, bu haqida buyurtmachiga maʼlum qilinishi va buyurtmachi yangi sanaga rozi boʻlmasa, buyurtmani bekor qilish imkoniyatiga ega boʻlishini nazarda tutish;

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Birja savdolarida koʻmirni xarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

b) budjet tashkilotlariga boshlangʻich narxni pasaytirish usulida oʻtkaziladigan davlat xaridlari elektron savdo platformalari orqali yetkazib berish. Bunda:

savdoda bir ishtirokchi qatnashsa ham savdo gʻolibini aniqlash;

davlat xaridi shartnomasida koʻmirni yetkazib berish, topshirish va qabul qilib olish shartlariga shartnoma tomonlarining qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.

Doimiy

Buyurtmachilar,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Har bir bitimga koʻra sotilgan koʻmirni Portalga integratsiya qilingan avtotarozi orqali chiqim qilinishi hamda tegishli hisobotlarda aks ettirilishini taʼminlash.

Doimiy

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

koʻmir qazib chiqaruvchi tashkilotlar

3. Yetkazib berilgan va qabul qilib olingan koʻmir haqidagi maʼlumotlarni quyidagi tartibda tasdiqlash:

budjet tashkilotlari Portalda yaratilgan shaxsiy kabineti orqali;

aholiga (jismoniy shaxslarga) yuborilgan SMS-xabardagi raqamli havola orqali.

Bunda isteʼmolchilarga buyurtma ijrosi toʻgʻrisida Portalda shikoyat va takliflar qoldirish imkoniyatini taqdim etish.

Doimiy

Buyurtmachilar,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Isteʼmolchilarning shikoyat va takliflari asosida tadbirkorlar reytingini yuritish hamda reyting natijalariga koʻra keyingi savdolarga ruxsat berish tartibini joriy etish.

Doimiy

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

Tovar-xomashyo birjalari

5. Tadbirkorlarning koʻmir narxini sunʼiy oshirmasligi maqsadida:

koʻmirning bozorda monopol yuqori va monopol past narxi qoʻllanishini nazorat qilish;

aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun masʼul boʻlgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olgan mahalliy koʻmir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha xarajatlar) qoʻllamaslik boʻyicha yoʻriqnoma qabul qilish va uning ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatish.

Doimiy

Raqobat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

6. Tadbirkorlar koʻmir chiqimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga kiritmaslik holati aniqlanganda:

tadbirkor bilan tuzilgan amaldagi bitimni bekor qilish;

Birja savdolarida ishtirok etish huquqini bekor qilish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

7. Tadbirkorlar tomonidan koʻmir aholi va budjet tashkilotlariga sifatli va manzilli yetkazib berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.

Har yili kuz-qish mavsumi davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

8. 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida, istisno tariqasida, “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan budjet tashkilotlariga koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish. Bunda:

“Koʻmir taʼminot” MCHJ hamda budjet tashkilotlari oʻrtasida imzolangan shartnomalarga qoʻshimcha kelishuvlarni imzolash;

koʻmir narxini birja savdolaridagi boshlangʻich narx, temir yoʻlda tashish xarajatlari, saqlash va boshqa xarajatlarni inobatga olgan holda belgilashni nazarda tutish.

2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni manzilli yetkazib berish masalalarida amaliy yordam koʻrsatib borish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

6.

Ijtimoiy reyestr (keyingi oʻrinlarda — reyestr)ga kiritilgan shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning Portal va uning mobil ilovasi orqali koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratib borish.

1. Kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026 — 2028-yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlarni ajratish.

2. Reyestrga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning koʻmir sotib olgani Portalda tasdiqlangandan soʻng ushbu oilalar ijtimoiy kartasiga moddiy yordam pullarini koʻchirib berish.

Bunda moddiy yordam pullari ajratilgandan soʻng ortgan mablagʻlarni respublika budjetiga qaytarish.

2026 — 2028-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Aholi va budjet tashkilotlariga import koʻmirni yetkazib berish

7.

Aholi va budjet tashkilotlarining import koʻmirga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish.

1. Aholi va budjet tashkilotlarining import koʻmirga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish ishlarini tashkil etish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Energetika vazirligi

2. Import koʻmirga boʻlgan talab hamda import koʻmirni aholi va budjet tashkilotlariga yetkazib berish tadbirlari toʻgʻrisidagi monitoring maʼlumotlarini Portalda aks ettirib borish.

Doimiy

8.

Respublikaga import qilingan koʻmirning yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Portalni Bojxona qoʻmitasi axborot tizimiga integratsiya qilish hamda import qilingan koʻmir hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish.

Bunda maʼlumotlarni tadbirkorlar va hududlar kesimida davriy (kunlik, oylik va yillik, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan) jadval va infografikalar shaklida yuritish.

Doimiy

Bojxona qoʻmitasi,

Energetika vazirligi

2. Import qilingan koʻmirning narxlari hamda savdo nuqtalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni tadbirkorlar bilan kelishilgan holda joylashtirish.

Doimiy

Energetika vazirligi

9.

Tadbirkorlar tomonidan qoʻshni respublikalardan aholi va budjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun import qilinadigan koʻmirni Portal orqali sotishni yoʻlga qoʻyish.

1. Qoʻshni respublikalardan koʻmir importi bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish va Portalda ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtishini tashkil etish.

2. Tadbirkorlarga sotilgan import koʻmir hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga ixtiyoriy ravishda kiritish imkoniyatini taqdim etish hamda bu toʻgʻrisida ularni xabardor qilish.

Doimiy

Energetika vazirligi

3. Xalqaro qatnovlarda umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida import koʻmirni tashish tariflariga chegirmalarni aholi va budjet tashkilotlariga sotilgan koʻmir hajmlarini Portalga kiritib borilayotgan koʻmir hajmlaridan kelib chiqib qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash.

2026-yil sentabr

Energetika vazirligi,

Transport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Raqamlashtirish chora-tadbirlari

10.

Platformani boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilish.

1. Portalni quyidagi elektron tizimlar bilan integratsiya qilish:

kontragentlar bilan hisob-fakturalar (faktura.uz, soliq servis va boshqalar);

xarid operatorlari (uzex.uz);

korxonaning elektr energiyasi sarfi (Energonazorat va boshqalar);

Ijtimoiy reyestr;

suyultirilgan gaz taʼminoti bilan taʼminlangan aholi xonadonlari reyestri (“Hududgaztaʼminot” AJ);

kontragent va xodimlarning qarindoshligini (manfaatlar toʻqnashuvini) aniqlash (Adliya vazirligi);

import qilingan mahsulotlar, shu jumladan, koʻmir va tovar moddiy boyliklar (Bojxona qoʻmitasi);

soliq qarzdorligi (Soliq qoʻmitasi);

temir yoʻl vagonlari joylashuvi va yuk hajmi (enakl.uz);

korxona xodimlarining mehnat faoliyati (my.mehnat.uz);

turar va noturar bino-inshootlarining egasi va maydonini aniqlash (my.gov.uz, kadastr);

Ichki ishlar vazirligi (YXXB bazasi).

2. Mazkur tizimlar bilan integratsiya qilish va begʻaraz foydalanishga ruxsat berish (mualliflik haqi va abonent toʻlovlari bundan mustasno).

2026-yil 1-oktabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kadastr agentligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ,

Tovar-xomashyo birjalari,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

11.

Koʻmirni temir yoʻlda tashish vaqtida talon-toroj boʻlishi oldini olish.

1. Hududlardagi markaziy temir yoʻl stansiyalarida elektron temir yoʻl tarozilarini oʻrnatish ishlarini yakuniga yetkazish.

2026-yil avgust

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

2. Temir yoʻl tarozilarini Portal bilan integratsiya qilish va har bir tortilgan vagon boʻyicha maʼlumotni aks ettirish.

Doimiy

3. Aniqlangan kamomad boʻyicha elektron dalolatnoma tuzish hamda idoralararo tasdiqlashni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Qoʻshimcha chora-tadbirlar

12.

Koʻmir resurslari va taqsimoti balansini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Koʻmir resurslari va taqsimoti balansi loyihasini ishlab chiqish.

2. Balans loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlash uchun kiritish.

2027-yildan boshlab har yili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

13.

Koʻmirning tabiiy kamayishi normasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Koʻmirni qazib chiqarish, yuklash, tushirish, tashish hamda saqlash davomida yoʻqotiladigan tabiiy kamayish normalari toʻgʻrisida idoralararo hujjatni ishlab chiqish.

Ikki oy muddatda

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Ishlab chiqilgan hujjatni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.

2026-yil 1-dekabr

14.

Angren shahri avtomobil yoʻllari hamda temir yoʻl stansiyasi oʻtkazuvchanligini oshirish.

Angren koʻmir havzasida tadbirkorlar tomonidan koʻmir qazib chiqariladigan koʻmir hajmi ortishini inobatga olib, transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda:

2028-yildan boshlab “Angren”, “Apartak”, “Nishbosh”, “Naugarzon” koʻmir konlarida koʻmir qazib chiqarish hajmlari 18 mln tonnaga yetkazilishini inobatga olish;

koʻmirni avtotransportda tashish uchun avtomobil yoʻllari hamda koʻpriklarni sozlash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va yangisini qurish;

temir yoʻl transportida tashishda Angren temir yoʻl stansiyasi vagonlar oʻtkazuvchanligini oshirish, yangi temir yoʻl liniyalarini qurish, yoʻl oʻtkazgichlar va temir yoʻl koʻpriklarini barpo etishni nazarda tutish.

2026-yil 1-dekabr

Transport vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

15.

Iqtisodiyotning real sektori va boshqa isteʼmolchilarga koʻmirni birja savdolari orqali sotishni tashkil etish.

1. Birja savdolariga chiqariladigan koʻmir miqdorlari boʻyicha oylik reja-jadval ishlab chiqish.

Doimiy

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

Tovar-xomashyo birjalari

2. Reja jadvalga asosan koʻmirni birja savdolariga chiqarish.

Reja jadvalga asosan

3. Birja savdolari natijasiga koʻra xarid qilingan koʻmirni ortib yuborish.

Xarid qilish shartnomasi shartlaridagi muddatda

16.

Issiqlik elektr stansiyalari hamda yirik isteʼmolchilarga koʻmirni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomiliga asosan sotish.

1. Issiqlik elektr stansiyalari va yirik isteʼmolchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq boʻlgan miqdorlarda) koʻmirni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomiliga asosan har hisobot davridagi oʻrtacha birja savdolari narxlarida sotish.

Har oyda

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

2. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi mahalliy koʻmir qazib chiqaruvchi korxonalarning (“Shargʻunkoʻmir” AJ, xususiy tadbirkorlar) qazib chiqariladigan koʻmirini respublika hududlariga temir yoʻlda tashish xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan tezkor choralar koʻrish.

2026-yil avgust

Transport vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

17.

Davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi har bir viloyatdagi kamida 1 ta omborni modernizatsiya (yoki rekonstruksiya) qilish taklifini ishlab chiqish.

1. “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi koʻchmas mulklarni xatlovdan oʻtkazish.

Uch oy muddatda

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

2. Barcha infratuzilma va maydonga ega boʻlgan koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish omborini davlat-xususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (yoki rekonstruksiya) qilish taklifini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

a) omborlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazish;

b) tender (tanlov) natijalariga koʻra gʻolibni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli bitimni imzolash. Bunda:

koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish omborlarini raqamli texnologiyalar bilan jihozlash;

omborlar faoliyatini real vaqt rejimida hamda masofadan turib kuzatish hamda maʼlumotlarni Portalda aks ettirish;

v) omborlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish hamda samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlab borish;

g) omborlarni keyinchalik ustuvor ravishda davlat-xususiy sheriklik shartlarida ishtirok etgan tadbirkorga sotish.

3. Ishlab chiqilgan takliflarni manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-dekabr

18.

Koʻmirni yoz faslida xarid qilgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

1. Kuz-qish mavsumida aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlar yoz faslida (may-avgust) birja savdolarida xarid qilinishini ragʻbatlantirish uchun taklif ishlab chiqish.

Bunda:

a) birja savdolarida xarid qilingan koʻmir uchun tadbirkor toʻlovni 100 foiz oldindan toʻlaganda koʻmir narxiga 10 foiz chegirma qoʻllashni;

b) birja savdolarida xarid qilib olingan koʻmir uchun toʻlovlarni ikki oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutish.

2. Ragʻbatlantirish mexanizmlarini amaliyotda joriy etish masalasi yuzasidan boshqaruv organining tegishli qarorini belgilangan tartibda qabul qilish.

2027-yil 1-aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Energetika vazirligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ,

koʻmir qazib chiqaruvchilar,

Tovar-xomashyo birjalari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzbekkoʻmir” AJning “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi aktivlarini xususiylashtirish majburiyatlari
1. Aholi va budjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumida koʻmir bilan kafolatli va uzluksiz taʼminlash maqsadida xususiylashtirilgan koʻmir omborxonalari va ularning infratuzilma obyektlari barqaror faoliyat yuritishini davom ettirish.
2. Mahalliy koʻmir qazib chiqaruvchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-xomashyo birjalari savdolariga chiqariladigan koʻmirni xarid qilish, shuningdek, respublika hududlari ehtiyojidan kelib chiqib, uning zarur zaxiralarini shakllantirish hamda isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berish.
3. Xususiylashtirilgan koʻmir omborxonalari va ularning infratuzilma obyektlarining texnik sozligi, loyihaviy quvvati va funksional maqsadining saqlanishini taʼminlash.
4. Olis va borish qiyin boʻlgan hududlar, shuningdek, iqtisodiy jihatdan koʻmirni yetkazib berish rentabelligi past boʻlgan hududlardagi aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni kafolatli yetkazib berish.
5. Vakolatli davlat idoralarining koʻmir taʼminoti jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha yaratiladigan raqamli elektron platforma hamda koʻmir zaxiralari, harakati va isteʼmolchilarga yetkazib berish hisobini yuritish boʻyicha raqamli texnologiyalari va axborot tizimlariga integratsiya qilish.
6. Favqulodda vaziyatlar va ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilgan davrlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlarni qoplash uchun zarur zaxirani gʻamlash va qisqa muddatlarda yetkazib berish.
7. Koʻmirni saqlash, tashish va yetkazib berishda sanoat, ekologik va yongʻin xavfsizligi talablariga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiy qoidalarga rioya etilishini taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qarorida:
a) 3-band chiqarib tashlansin;
b) qarorga 2-ilova bilan tasdiqlangan Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida nizomning “2-bob. Asosiy tushunchalar” boʻlimining 2-bandi oltinchi xatboshisidagi “koʻmir mahsulotining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qaroriga 2-ilovada:
a) 2-band chiqarib tashlansin;
b) 3 — 9-bandlar 2 — 8-bandlari deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 15-iyundagi 337-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning “1-bob. Umumiy qoidalar” boʻlimi 2-bandining oʻn birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻl transportida yuk tashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 7-apreldagi 145-son qaroriga 1-ilovaning “Izoh” qismi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aholi va budjet tashkilotlari isteʼmoli uchun mahalliy koʻmirni ichki qatnovda temir yoʻl transporti orqali “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ stansiyalaridan/stansiyalarigacha tashishda, tashish masofasidan qatʼi nazar, 2026-yil 1-iyuldan boshlab 1 tonna koʻmirni tashish uchun 87 500 soʻm (QQSsiz) miqdorida yagona tarif qoʻllanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son; 31.10.2026-y., 09/26/601/1091-son)