Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 11-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 413]
1. SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 335, 2025-yil 24-fevral) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-avgust,
01/2-32-son
Kelishildi:
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2026-yil 6-avgust
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 5-avgust
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2026-yil 4-avgust
Turizm qoʻmitasi raisi A. AQQULOV
2026-yil 3-avgust
Suv xoʻjaligi vaziri SH. XAMRAYEV
2026-yil 31-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 12-iyul
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2026-yil 24-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 01/2-32-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) aholi punktlarida, togʻ va togʻoldi hududlarda, suv obyektlari atrofida, turistik obyektlar hududlarida joylashgan avtomobillar, shu jumladan elektromobillar va gibrid avtomobillar, mikroavtobuslar, mototransport hamda velotransport vositalari uchun moʻljallangan avtoturargohlarni (bundan buyon matnda avtoturargohlar deb yuritiladi) loyihalashga oid talablarni belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“SHNQ 2.04.22-25 “Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarini loyihalash””;
yigirma toʻrtinchi — qirq ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma beshinchi — qirq uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma yettinchi xatboshidagi “GOST 25772-2021” degan soʻzlar “GOST 25772-2025” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻttiz ikkinchi xatboshidagi “GOST 33984.1-2016 (EN 81-20:2014)” degan soʻzlar “GOST 33984.1-2023” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
qirq uchinchi xatboshidagi “SanQvaN 0350-17 “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining atmosfera havosini himoya qilish boʻyicha sanitariya norma va qoidalari”” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25 “Sanitariya-muhofaza zonasiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Turistik obyekt hududidagi avtoturargohda avtomobil oʻrinlari soni mavsumiy eng yuqori tashrif davrini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.”.
4. Quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Avtoturargohlarning ochiq qavatlarida hamda avtotransport vositalarining pastga tushib ketish xavfi mavjud boʻlgan boshqa joylarda toʻsiqlar nazarda tutilishi zarur.
Bunda toʻsiqning balandligi pol yoki rampa sathidan kamida 1,2 m boʻlishi kerak.
Toʻsiq yuk koʻtaruvchi konstruksiyaga mahkamlanishi hamda toʻsiq va uning mahkamlash elementlari kamida 26,7 kN miqdordagi gorizontal jamlangan yuk taʼsiriga bardosh berishi zarur.”.
5. 20-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtoturargohlarda mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) hamda velotransport vositalari uchun saqlash joylari boʻlishi va maxsus belgilar bilan belgilanishi lozim.”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu saqlash joylari piyodalar kirish joyiga yaqin, koʻrinadigan va yoritilgan joylarda joylashtirilishi hamda piyodalar harakatiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Velotransport vositalari uchun saqlash joylari ularning ramasi va kamida bitta gʻildiragini qulflash imkonini taʼminlashi lozim.”.
6. 35-banddagi “GOST 33984.1-2016 (EN 81-20:2014)” degan soʻzlar “GOST 33984.1-2023” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 60-banddagi “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 69-banddagi “GOST 25772-2021” degan soʻzlar “GOST 25772-2025” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 90-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EQS bilan jihozlangan avtomobil oʻrinlari tashqi devorlar yonida joylashtirilishi lozim.”.
10. 1-jadvaldagi “evakuatsiya chiqish joylari orasidagi masofa” va “xonaning bosh berk qismida” degan soʻzlar tegishli ravishda “devorlar (pardevorlar)” hamda “darvozalar (eshiklar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 107-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 1081-band hamda 11-jadval bilan toʻldirilsin:
“1081. Avtoturargohlarda eng uzoq avtomobil oʻrnidan eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa quyidagi 11-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
11-jadval | ||
Eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa, m | ||
Avtomobil oʻrni evakuatsiya chiqishlari orasida joylashganda | Xonaning boshi berk qismida joylashganda | |
Yer osti | 40 | 20 |
Yer usti | 60 | 25 |
Izoh. Evakuatsiya yoʻlining uzunligi avtomobillarning joylashuvini hisobga olgan holda oʻtish joylari va oʻtish yoʻllarining oʻrta chizigʻi boʻylab oʻlchash orqali amalga oshiriladi. | ||
”.
13. 124-banddagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 4-jadvalda:
uchinchi pozitsiyadagi “bir qavatli bino” ustunidagi “2000” raqami “2600” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi pozitsiyadagi “bir qavatli bino” ustunidagi “2600” raqami “2000” raqami bilan almashtirilsin.
15. 164-bandning birinchi xatboshisidagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Quyidagi mazmundagi 71-bob bilan toʻldirilsin:
“71-bob. Togʻ va togʻoldi hududlarida hamda suv obyektlari atrofida joylashtiriladigan avtoturargohlar
1691. Togʻ va togʻoldi hududlarda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda avtoturargohlarni ushbu hududlarning belgilangan maqsadi hamda muhofaza qilish va ulardan foydalanish rejimiga zid ravishda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
1692. Togʻ va togʻoldi hududlarida avtoturargoh joylashtiriladigan yer uchastkalarida muhandislik-geologiya va muhandislik-gidrometeorologiya izlanishlari oʻtkazilishi lozim.
Izlanishlarda koʻchki, tosh qulash, sel, qor koʻchkisi va eroziya jarayonlarining mavjudligi, tarqalish chegaralari hamda faol seysmik yoriqlar, gruntlarning barqarorligi, shuningdek yer osti suvlarining sathi va rejimi aniqlanishi lozim.
Izlanishlar natijalariga koʻra, yer uchastkasining qurilish uchun yaroqliligi oʻrganilishi hamda aniqlangan xavflardan muhandislik himoyasi boʻyicha zarur chora-tadbirlar loyiha hujjatlarida nazarda tutilishi lozim.
1693. Avtoturargohlarni tabiiy suv yoʻllari, sel oʻzanlari, faol koʻchki hududlari, qor koʻchkisi tushadigan hududlar va tosh qulashning hisobiy trayektoriyalarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
1694. Qiyalik boʻylab oqib keladigan yer usti suvlarining avtoturargoh hududiga kirib kelishining oldini olish uchun qiyalikning yuqori tomonida hisobiy suv sarfini qabul qilish va chiqarishga moʻljallangan suv tutuvchi ariq, nov (lotok) yoki yopiq suv chiqarish tarmogʻi nazarda tutilishi lozim.
Tutib qolingan suvlar qiyaliklarning yuvilishi, gruntlar barqarorligining buzilishi, avtoturargoh va unga tutash hududlarni suv bosishiga olib kelmaydigan tarzda chiqarib yuborilishi kerak.
1695. Togʻ va togʻoldi hududlaridagi avtoturargoh rampalari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
toʻgʻri chiziqli rampaning boʻylama nishabligi 15 foizdan, egri chiziqli rampaniki esa 12 foizdan oshmasligi;
ochiq va muzlash xavfi mavjud hududlarda rampa nishabligi mahalliy iqlim va muzlash sharoitlarini hisobga olgan holda 8 — 10 foiz oraligʻida qabul qilinishi;
rampa nishabligi 10 foizdan oshganda uning yuqori va pastki qismlarida uzunligi kamida 3,6 m boʻlgan oʻtish qismlari boʻlishi, bunda ushbu qismlarning nishabligi asosiy rampa nishabligining yarmidan oshmasligi.
Ochiq rampalar va avtotransport vositalari harakatlanadigan yoʻllar sirpanishga qarshi qoplama bilan taʼminlanishi, muzlash xavfi mavjud hududlarda esa muz hosil boʻlishining oldini oluvchi muhandislik yechimlari nazarda tutilishi lozim.
1696. Togʻ va togʻoldi hududlarida avtoturargoh rampalarining minimal kengligi quyidagicha boʻlishi kerak:
toʻgʻri bir yoʻlakli rampa uchun kamida — 3,5 m;
egri bir yoʻlakli rampa uchun kamida — 3,6 m;
toʻgʻri ikki yoʻlakli rampa uchun kamida — 6,0 m;
egri ikki yoʻlakli rampa uchun kamida — 6,5 m.
1697. Togʻ va togʻoldi hududlaridagi avtoturargohlarda tirgak devorlar ortida drenaj tizimi nazarda tutilishi lozim.
Drenaj suvlari gruntlarning yuvilishi, qiyaliklar barqarorligining buzilishi, shuningdek avtoturargoh va tutash hududlarning suv bosishiga olib kelmaydigan tarzda belgilangan suv chiqarish joyiga yoʻnaltirilishi lozim.
1698. Qor qoplami hosil boʻladigan hududlardagi avtoturargohlarda qorni vaqtincha toʻplash uchun alohida maydon nazarda tutilishi lozim.
Qor toʻplash maydoni va undagi qor uyumlari evakuatsiya yoʻllari, yongʻin oʻchirish texnikasi harakatlanadigan yoʻllar, kirish-chiqish joylaridagi koʻrinish uchburchaklari hamda piyodalar yoʻlaklarini toʻsmasligi kerak.
1699. Tabiiy yongʻinlarning avtoturargohga tarqalish xavfi mavjud boʻlgan togʻ va togʻoldi hududlarida avtoturargohning yongʻin tarqalishi mumkin boʻlgan tomoni boʻylab yonmaydigan materiallardan yongʻinga qarshi devor nazarda tutilishi lozim.
16910. Suv obyektlari atrofidagi hududlarda avtoturargohlarni joylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksida belgilangan suvni muhofaza qilish zonalari, sohilboʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalariga rioya etilishi lozim.
16911. Suv obyektlari atrofidagi hududlarda avtoturargohlardan hosil boʻladigan ifloslangan yer usti oqova suvlari alohida yigʻilib, suv oʻtkazmaydigan novlar (lotoklar) yoki yopiq quvurlar orqali tozalash inshootlariga yoʻnaltirilishi lozim.
Oqova suvlarni tozalash inshootlariga bevosita yoʻnaltirish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, ular keyinchalik tozalashga yuborish uchun yigʻuvchi (akkumulyatsiya) sigʻimlarda (rezervuarlarda) toʻplanishi kerak.”.
17. 170-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“170. Avtoturargohlarda elektromobillar va gibrid avtomobillar, shuningdek ularni quvvatlantirish uchun avtomobil oʻrinlarini ichki yonuv dvigatelli avtomobillar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyiladi.”.
18. 171-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“171. Elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun EQS larni quyidagi joylarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi (mexanizatsiyalashtirilgan va yarim mexanizatsiyalashtirilgan avtoturargohlar bundan mustasno):
ochiq maydonchalarda;
konstruktiv yongʻin xavfliligi C0 yoki C1 sinfiga mansub ochiq va yopiq turdagi avtoturargohlarda.”.
19. Quyidagi mazmundagi 1711-1712-bandlar bilan toʻldirilsin:
“1711. Ichki avtoturargohlarda elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun EQS larni faqat birinchi yer osti (−1) yoki birinchi yer usti (+1) qavatida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
1712. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari nazarda tutiladigan avtoturargohlarda ushbu tizimlarning ish unumdorligi ichki yonuv dvigatelli avtomobillar, shuningdek elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun issiqlik ajralish quvvati 8 MW boʻlgan hisobiy yongʻin boʻyicha aniqlanishi lozim.”.
20. 241-banddagi “SHNQ 2.01.02-21 hamda SHNQ 2.04.09-21 larga” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21 ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 242-banddagi “SHNQ 2.01.02-21” degan soʻz “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻz bilan almashtirilsin.
22. 243-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “5000” degan raqam “500” degan raqam bilan almashtirilsin.
23. 244-bandning ikkinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.01.02-21” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. 249-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“249. Avtoturargohlarni loyihalashda loyihalash topshirigʻiga muvofiq quyidagi texnik vositalar va tizimlarni nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi:
avtoturargoh hududiga kirish-chiqish joylarini, avtoturargoh joylashtirilgan binoning boshqa funksional zonalariga oʻtish joylarini, shuningdek loyihalash topshirigʻida belgilangan boshqa zonalar va xonalarga kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimlari bilan jihozlash;
avtotransport vositalarining kirish-chiqishini hisobga olish, turish vaqtini va toʻlov miqdorini aniqlash, shuningdek toʻlov amalga oshirilganligini qayd etish;
boʻsh avtomobil oʻrinlari toʻgʻrisida axborot berish va haydovchilarni yoʻnaltirish.”.
25. 261-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“261. Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlari SHNQ 2.04.22-25 ga muvofiq quyidagi avtoturargohlarda nazarda tutilishi lozim:
100 tadan koʻp avtomobil oʻrniga ega boʻlgan avtoturargohlarda;
avtomobil oʻrinlari sonidan qatʼi nazar, yer usti oqova suvlari suv obyektlariga chiqariladigan avtoturargohlarda;
yer usti oqova suvlari ichimlik suvi manbai sifatida foydalaniladigan, rekreatsiya yoki baliqchilik ahamiyatiga ega suv obyektlariga yoxud ularga bevosita oqib tushadigan suv chiqarish inshootlariga yoʻnaltiriladigan avtoturargohlarda.”.