OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3260-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/6-son “Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3260, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3260/1079-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyul,
21/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 22-iyuldagi 21/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorda:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom”;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi) axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablarni belgilaydi.”;
3) 4-bandning toʻrtinchi va oʻninchi xatboshilaridagi “maxfiy” degan soʻz “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mijozlarni identifikatsiya qilish va autentifikatsiyadan oʻtkazish jarayonida foydalaniladigan jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart.
Mijozga tegishli biometrik boʻlmagan boshqa turdagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 27¹-moddasi uchinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.”;
5) 6-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ish jarayonida xodimlarga maʼlum boʻlgan konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlarni sir saqlash majburiyati hamda javobgarliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;”;
oʻn oltinchi xatboshidagi “maxfiy” degan soʻz “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 8-bandning yettinchi xatboshisidagi “maxfiyligini” degan soʻz “konfidensialligini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2026 y., 10/26/3260-2/0825-son)