1-ILOVA
T/r | Vazirlik/idora | Talab etiladigan yo'nalishlar | Amalga oshiriladigan ishlar | Kutilayotgan natija |
1. | Ichki ishlar vazirligi | huquqbuzarlik profilaktikasi, voyaga yetmaganlar javobgarligi, kamsitish (bulling) va uning oqibatlari, kiberjinoyatchilik, giyohvandlikni oldini olish, yo'l harakati xavfsizligi. | 1. Tegishli yo'nalishlarga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Inspektor-psixologlar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish. 3. Maktablarda davra suhbatlarini uyushtirishni rejalashtirish. 4. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish. | O'quvchilarda qonunga itoatkorlik va xavfsizlik madaniyati shakllanadi. |
2. | Bosh prokuratura | qonun ustuvorligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolik masʼuliyati. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda davra suhbatlarini uyushtirishni rejalashtirish. 3. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish. | O'quvchilarning qonunga itoatkorligi yuksaladi, huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiluvchi hayotiy ko'nikmalar shakllanadi. |
3. | Adliya vazirligi | konstitutsiya asoslari, inson huquqlari, fuqarolik masʼuliyati, huquqiy munosabatlar. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlarini uyushtirishni rejalashtirish. 3. Aniq keyslar misolida tegishli mavzularga doir turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish. | O'quvchilarning huquqiy ongi va madaniyati oshiriladi. |
4. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ilm-fan bilan shug'ullanish, innovatsiyalarni o'zlashtirish, innovatsion fikrlash, tadqiqotchilik ko'nikmalari. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Yosh olim va tadqiqotchilar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish. 3. Maktablarda ilmiy suhbat va fan olimpiadalarini tashkil qilish. 4. Maktablarda master-klas va laboratoriyalar namoyishlarini o'tkazish. 5. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda ilmiy tafakkur va innovatsion fikrlash rivojlanadi. |
5. | Raqamli texnologiyalar vazirligi | IT kasblari, dasturlash asoslari, raqamli xavfsizlik, kibergigiyena, xabarlarni saralash, sunʼiy intellekt, startaplar. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Yosh dasturchilar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish. 3. Maktablarda master-klas va ixtirolar namoyishlarini o'tkazish. 4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda raqamli savodxonlik va zamonaviy kasblarga qiziqish ortadi. |
6. | Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | mehnat bozori, kasblar, kasb tanlash, rezume yozish, ishga qabul jarayonlari. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda kasb yarmarkalarini o'tkazish. 3. Treninglar ishlanmasini yaratish. 4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilar ongli kasb tanlashga tayyorlanadi. |
7. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | shaxsiy moliya, budjet, iqtisodiyot, soliqlar, investitsiya asoslari. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Treninglar ishlanmasini yaratish. 3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda moliyaviy savodxonlik shakllanadi. |
8. | Sog'liqni saqlash vazirligi | sog'lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, ruhiy salomatlik, stressni boshqarish, birinchi tibbiy yordam. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Sog'lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik bo'yicha mahallaga biriktirilgan xodimlar tomonidan suhbatlar tashkil etish. 3. Maktablarda ko'rgazma va master-klaslar tashkil qilish. 4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda sog'lom turmush ko'nikmalari shakllanadi. |
9. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | yong'in xavfsizligi, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarda to'g'ri harakat qilish. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Soha vakillari tomonidan maktabda dars mashg'ulotini o'tish. 3. Maktablarda ko'rgazma va o'quvlar tashkil qilish. 4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik oshadi. |
10. | Madaniyat vazirligi | milliy qadriyatlar, milliy o'zlik, milliy kuy va qo'shiqlar, milliy raqs, kino. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda davra suhbatlari va ijodiy kechalar tashkil qilish. 3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda milliy o'zlik va ijodkorlik rivojlanadi. |
11. | Sport vazirligi | sog'lom hayot tarzi, jamoada ishlash, qatʼiy intizom, kurashchanlik psixologiyasi. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda turli sport musobaqalarini tashkil qilish. 3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda jismoniy faollik va intizom kuchayadi. |
12. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | takomillashtirilgan dastur konsepsiyasini ishlab chiqish, o'quv rejasi va davlat taʼlim standartiga integratsiya qilish, o'qituvchilarni tayyorlash. | 1. Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan materiallarni umumlashtirish. 2. O'quvchilarning yoshiga moslashtirish. 3. “Kelajak soati” mashg'uloti o'quv dasturini takomillashtirish. 4. “Kelajak soati” mashg'uloti bo'yicha pedagoglarni tayyorlash metodologiyasini ishlab chiqish (maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, pedagoglar malakasini oshirish va oliy taʼlim muassasalarida). 5. Amaliyotga joriy qilish. | “Kelajak soati” mashg'uloti o'quv dasturi takomillashtiriladi va pedagoglarga metodik yordam ko'rsatiladi. |
13. | Yoshlar ishlari agentligi | liderlik, volontyorlik, jamoatchilik faolligi, loyihalar boshqaruvi, fuqarolik pozitsiyasi, vatanparvarlik, tanqidiy fikrlash, muammo yechish, ijodiy fikrlash, qaror qabul qilish. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Yosh liderlar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish. 3. Maktablarda turli aksiyalar uyushtirishni rejalashtirish. 4. Trening va ochiq dars ishlanmalarini yaratish. 5. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish. | O'quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi rivojlanadi va yangi ko'nikmalar shakllanadi. |
14. | Madaniy meros agentligi | tarixiy obidalar, milliy anʼanalar, milliy hunarmandchilik, sanʼat va kreativ industriya, milliy merosni asrash va undan oqilona foydalanish, muzey va arxeologik yodgorliklar. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. 3. Tarixiy obidalar, muzeylar va arxeologik yodgorliklarga ekskursiyalar hamda virtual sayohatlar uchun taʼlimiy resurslar yaratish. 4. Madaniy meros obyektlarining interaktiv xaritalarini yaratish. | O'quvchilarda milliy merosga hurmat, vatanparvarlik, madaniy identiklik va tarixiy xotirani asrashga masʼuliyat shakllanadi. |
15. | Yozuvchilar uyushmasi | kitobxonlik madaniyati, ijodkorlik va nutq madaniyati, vatanparvarlik, insonparvarlik, tafakkurni rivojlantirish. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda davra suhbatlari va ijodiy kechalar tashkil qilish. 3. Kitobxonlik bo'yicha tavsiyalar, ijodiy mashqlar to'plami va namunaviy ssenariylar to'plamini yaratish. 4. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda kitob mutolaasiga qiziqish, mustaqil fikrlash, ijodiy yozish, nutq madaniyati va milliy adabiyotga hurmat shakllanadi. |
16. | Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi | ekologiyani asrash, iqlim o'zgarishi, chiqindilarni saralash, yashil makon, yashil iqtisodiyot. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda davra suhbatlari tashkil qilish. 3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda ekologik madaniyat rivojlantiriladi. |
17. | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi | milliy va umuminsoniy qadriyatlar, maʼnaviy immunitet, mafkuraviy immunitet, fuqarolik masʼuliyati, umummilliy maqsadlar. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. 3. Maʼnaviy-maʼrifiy mavzular bo'yicha metodik tavsiyalar, ssenariylar va interaktiv mashg'ulotlar tayyorlash. 4. Maʼrifiy aksiyalar, tanlovlar va ijtimoiy loyihalarni tashkil etish bo'yicha uslubiy ko'mak ko'rsatish, 5. Takomillashtirilgan dastur konsepsiyasini ishlab chiqishda MMTVga ko'maklashish. | O'quvchilarda maʼnaviy barqarorlik, milliy o'zlikni anglash, kitobxonlik madaniyati, axborotni tanqidiy baholash va fuqarolik masʼuliyati shakllanadi. |
18. | Turizm qo'mitasi | respublikaning turizm salohiyati, tarixiy obyektlar va ziyoratgohlar, mehmondo'stlik, ekologik turizm, sayyohlik odobi. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. 3. Turizm sohasidagi zamonaviy kasblar va karyera imkoniyatlari haqida tanishtiruvchi materiallar tayyorlash. | O'quvchilarda Vatan tarixi va tabiatiga hurmat, ichki turizm madaniyati, mehmondo'stlik, ekologik masʼuliyat va turizm sohasiga qiziqish shakllanadi. |
19. | Din ishlari bo'yicha qo'mita | dinlararo bag'rikenglik, vijdon erkinligi, milliy qadriyatlarga hurmat, diniy radikallashuv oqibatlari, ekstremistik g'oyalar profilaktikasi, diniy ruhdagi kontentni to'g'ri baholash. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilarda bag'rikenglik, diniy sohada to'g'ri tushuncha va axborotni tanqidiy baholash ko'nikmalari shakllanadi. |
20. | Markaziy bank | bank xizmatlari, raqamli to'lovlar, moliyaviy xavfsizlik. | Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar va raqamli kontentlar tayyorlash. | Oʼquvchilarda bank xizmatlaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasi shakllanadi. |
21. | Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik subyektlari | tadbirkorlik asoslari, biznesni rejalashtirish, marketing. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar tomonidan maktabda dars mashg'ulotlarini o'tkazish. 3. Maktablarda turli aksiyalar uyushtirishni rejalashtirish. 4. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish. | O'quvchilarda tadbirkorlik ko'nikmalari rivojlanadi. |
22. | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | halollik, manfaatlar to'qnashuvi, korrupsiyaning zarari. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash. 2. Maktablarda turli davra suhbatlarini tashkil qilish. 3. Tegishli mavzular yuzasidan raqamli kontentlar ishlab chiqish. | O'quvchilar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga erishiladi. |
23. | Oila va xotin-qizlar qo'mitasi | oila qadriyatlari, gender madaniyati, oilaviy munosabatlar, oilaviy hayotga tayyorgarlik. | 1. Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar tayyorlash va turli tadbirlarda ishtirok etish. 2. Aniq keyslar misolida turli raqamli kontent va grafikalar ishlab chiqish. | O'quvchilar ongida oilaga nisbatan hurmat hissi rivojlanadi. |
24. | Bolalar ombudsmani | bola huquqlari, xavfsiz muhit, bolaga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish. | Tegishli mavzularga doir qisqa tezislar va raqamli kontentlar tayyorlash. | O'quvchilarda o'z huquqlari haqida bilim va tushunchalari oshiriladi. |
2-ILOVA
1. | Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich | — | O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi, Ishchi guruh rahbari |
2. | Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna | — | O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Ishchi guruh rahbari o'rinbosari |
Ishchi guruh aʼzolari | |||
3. | Raxmonova Surayyo Maxmudovna | — | Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) |
4. | Nosirov Xabibullo Xikmatullo o'g'li | — | Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori o'rinbosari |
5. | Fayziyeva Nozima Avazbek qizi | — | Sog'liqni saqlash vazirligi departament boshlig'i |
6. | Qosimov Nodir Ulug' o'g'li | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig'i |
7. | Mavlanova Nargiza Eshkuziyevna | — | Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisining maslahatchisi |
8. | Baxritdinov G'ayrat Hayot o'g'li | — | Bosh prokuratura katta prokurori |
9. | Bazorov Mirkomil Maxmudovich | — | Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i |
10. | Ikromov Elyor Baxromovich | — | Markaziy bank bo'lim boshlig'i |
11. | Burxanitdinov Bahrom Bahodirovich | — | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bo'lim boshlig'i |
12. | Tursunov Alisher Narimonovich | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo'lim boshlig'i |
13. | Xamroyev Farrux Iskandarovich | — | Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig'i oʻrinbosari |
14. | Bozorva O'g'iloy Tolip qizi | — | Ichki ishlar vazirligi bo'lim boshlig'i |
15. | Turopxo'jayev Anvar G'anixo'jayevich | — | Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i |
16. | Arziqulov Muqim O'ralovich | — | Sport vazirligi bo'lim boshlig'i |
17. | Kupaysinov Ilxomjon Bozorbayevich | — | Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig'i |
18. | Kurbonov Erkin Shavkatovich | — | Raqamli texnologiyalar vazirligi bo'lim boshlig'i |
19. | Begmatov Shuhrat | — | Madaniy meros agentligi bo'lim boshlig'i |
20. | Satimbayev Mansurbek Ahmadjon o'g'li | — | Turizm agentligi bo'lim boshlig'i o'rinbosari |
21. | Ochilov Begmat Axmatovich | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo'lim boshlig'i |
22. | Axmedova Iroda Shoxidbekovna | — | Din ishlari bo'yicha qo'mitasi bo'lim boshlig'i |
23. | Zoxidova Maʼmura Nasrullayevna | — | Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i |
24. | Kokanova Nursulu | — | Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi |
25. | Xasanov Sayidjahon Zokirjon o'g'li | — | Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti “Green University” birinchi prorektori |
26. | Aslanova Laylo Olimovna | — | Yoshlar parlamenti raisi |
27. | Sadullayev Rasulbek Palvanbayevich | — | Savdo-sanoat palatasi bosh mutaxassisi |
28. | Farmanov Bobur Baxromovich | — | “Ziyo forum” fondi direktori |
29. | Axmedov Xurshid Po'latjonovich | — | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bosh mutaxassisi |
30. | Turdiyev Azizbek Anvarjonovich | — | Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o'rinbosari, Ishchi guruh kotibi |