13.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3124-9
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-9]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-son “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/3124/2524-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir J. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
327-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 327-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 98-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida belgilangan alohida tibbiyot tashkilotlarida 10 foizi) miqdorida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar” qatorida tibbiyot tashkiloti uchun budjetdan ajratiladigan umumiy mablagʻlarning (xarajatlar smetasida nazarda tutilgan jami mablagʻlarning) 5 foizi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida belgilangan alohida tibbiyot tashkilotlarida 10 foizi) tibbiyot tashkilotining mazkur jamgʻarmasiga oʻtkazilgan summalari koʻrsatiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 170-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha taqdim etadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1-ilovaning 82-qatoridan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tovarlar (166 000)

0821

”.

4. 6-ilovaning matnidagi “5 foizigacha” degan soʻzlar “5 foizi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida belgilangan alohida tibbiyot tashkilotlarida 10 foizi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 9-ilovaning 140-qatoridan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tovarlar (166 000)

1401

6. 13-ilovaning 144-qatoridan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tovarlar (166 000)

1441

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026 y., 10/26/3124-9/0142-son)