Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
qarori
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3196-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qarori (roʻyxat raqami 3196, 2019-yil 12-noyabr) bilan tasdiqlangan Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-noyabr,
44-QQ-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-noyabr,
29-son
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025 yil 8 noyabr,
№ QQ-60
Kelishildi:
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
2025-yil 5-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 18-noyabrdagi 44-QQ-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 8-noyabrdagi 60-QQ-son va Davlat xavfsizlik xizmatining 2025-yil 17-noyabrdagi 29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 19-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“aliment toʻlovlarini undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha aliment toʻlashi shart boʻlgan, chet davlatga uch oygacha boʻlgan muddatga borib keluvchi shaxslarni chet davlatdan qaytib kelmasligi natijasida aliment toʻlovlarini toʻlash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishga doir sugʻurta polisi mavjud boʻlganda, bunda sugʻurta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali avtomatik ravishda aniqlanadi;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Aliment toʻlashi shart boʻlgan, chet davlatga uch oygacha boʻlgan muddatga borib keluvchi shaxslar chet davlatdan qaytib kelmasligi natijasida aliment toʻlovlarini toʻlash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Aliment toʻlovlarini toʻlash yuzasidan fuqarolik javobgarlikni sugʻurtalash shartlari sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar va Majburiy ijro byurosi oʻrtasida tuziladigan bosh kelishuvda belgilanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025 y., № 10/25/3196-2/1093-son)