18.08.2025 yildagi 270-11-151-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FARGʻONA VILOYATI OLTIARIQ TUMANI HOKIMINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI

Oltiariq tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 16 va 21-moddalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oltiariq tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrabolish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman hokimi oʻrinbosari A. Islomov, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (M. Teshaboyev), tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tuman hokimining 2024-yil 4-iyun kungi 103-11-151-Q/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin va tuman hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari A. Islomov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltiariq tumani hokimi SH. TURDALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 18-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270-11-151-Q/25-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.