от 11.01.2023 г. № ПП-2
Постановление
Президента Республики Узбекистан
О мерах по расширению территории свободных экономических зон «Нукус» и «Чирокчи»
(наименование постановления в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 сентября 2025 года № УП-176 — Национальная база данных законодательства, 29.09.2025 г., № 06/25/176/0878)
В целях комплексного и эффективного использования производственного и ресурсного потенциала Республики Каракалпакстан и Кашкадарьинской области исходя из успешного опыта свободной экономической зоны «Ургут», а также создания на этой основе новых рабочих мест и увеличения доходов населения:
1. Согласиться с предложениями Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Совета Министров Республики Каракалпакстан и хокимията Кашкадарьинской области по:
переводу 22,3 гектара пустующих пастбищ и богарных земельных участков в Берунийском районе, 37,4 гектара — в Китабском районе из категории земель сельскохозяйственного назначения в категорию земель промышленности, транспорта, связи и иного назначения согласно приложению*;
*Приложение приводится на узбекском языке.
расширению территории свободных экономических зон «Нукус» и «Чирокчи» за счет выделения 22,3 гектара земельных участков в Берунийском районе Республики Каракалпакстан и 37,4 гектара земельных участков в Китабском районе Кашкадарьинской области.
(абзац третий пункта 1 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 сентября 2025 года № УП-176 — Национальная база данных законодательства, 29.09.2025 г., № 06/25/176/0878)
2. Совету Министров Республики Каракалпакстан и хокимияту Кашкадарьинской области совместно с Министерством сельского хозяйства и Агентством по кадастру в месячный срок исходя из требований настоящего постановления внести соответствующие изменения в данные Государственного земельного кадастра.
3. Совету Министров Республики Каракалпакстан и хокимияту Кашкадарьинской области в двухмесячный срок обеспечить разработку и утверждение по согласованию с Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства и Министерством инвестиций, промышленности и торговли генеральных планов территорий свободных экономических зон «Нукус» и «Чирокчи» в Берунийском районе Республики Каракалпакстан и Китабском районе Кашкадарьинской области (далее — территории «СЭЗ «Нукус» и «Чирокчи» в Берунийском и Китабском районах).
(абзац первый пункта 3 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 сентября 2025 года № УП-176 — Национальная база данных законодательства, 29.09.2025 г., № 06/25/176/0878)
При этом:
разработка проектов генеральных планов осуществляется за счет средств местных бюджетов Республики Каракалпакстан и Кашкадарьинской области, а также фондов развития предпринимательской инфраструктуры при Совете Министров Республики Каракалпакстан и хокимияте Кашкадарьинской области;
проектная организация по разработке проектов генеральных планов определяется на основании тендерных (конкурсных) торгов.
4. Установить, что на территориях СЭЗ «Нукус» в Берунийском и «Чирокчи» в Китабском районах:
(абзац первый пункта 4 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 сентября 2025 года № УП-176 — Национальная база данных законодательства, 29.09.2025 г., № 06/25/176/0878)
выделение земельных участков для реализации инвестиционных проектов осуществляется посредством электронных онлайн-аукционных торгов в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 21 декабря 2018 года № УП-5600 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы координации и управления деятельностью свободных экономических зон»;
финансирование работ по строительству инфраструктурных объектов осуществляется в соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 18 декабря 2020 года № ПП-4929 «О мерах по дальнейшему развитию инженерно-коммуникационной инфраструктуры в регионах»;
задачи заказчика работ по строительству и ремонту инфраструктурных объектов осуществляются организациями, определенными в постановлении Президента Республики Узбекистан от 30 апреля 2021 года № ПП-5101 «О мерах по дальнейшему развитию инженерно-коммуникационной инфраструктуры специальных экономических и малых промышленных зон»;
компенсационные выплаты по возмещению потерь сельскохозяйственного производства на землях, выделяемых для использования в несельскохозяйственных целях, в порядке исключения не взимаются.
5. Министерству инвестиций, промышленности и торговли совместно с Министерством экономики и финансов, Министерством цифровых технологий, Комитетом по автомобильным дорогам, АО «Худудий электр тармоклари», АО «Худудгазтаминот», АО «Узсувтаъминот», Советом Министров Республики Каракалпакстан и хокимиятом Кашкадарьинской области на основании утвержденных генеральных планов территорий СЭЗ «Нукус» в Берунийском и «Чирокчи» в Китабском районах:
(абзац первый пункта 5 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 сентября 2025 года № УП-176 — Национальная база данных законодательства, 29.09.2025 г., № 06/25/176/0878)
в трехмесячный срок сформировать и утвердить перечень объектов, подлежащих обеспечению инженерно-коммуникационной и дорожной инфраструктурой в 2023-2024 годах;
в срок до 1 апреля 2023 года разработать и завершить в установленном порядке работы по согласованию проектной документации строящихся объектов.
6. Возложить на министра инвестиций, промышленности и торговли Л.Ш. Кудратова, Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан Ф.У. Эрманова и хокима Кашкадарьинской области М.Б. Азимова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления.
Обсуждение хода исполнения настоящего постановления, осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за его исполнение, возложить на Премьер-министра А.Н. Арипова.
Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ
г. Ташкент,
11 января 2023 г.,
№ ПП-2
(Национальная база данных законодательства, 13.01.2023 г., № 07/23/2/0025; 29.09.2025 г., № 06/25/176/0878)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Nukus” va Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muvaffaqiyatli tajribasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligining:
ilovaga muvofiq Beruniy tumanidagi 22,3 gektar, Kitob tumanidagi 37,4 gektar boʻsh turgan yaylov va lalmi yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi 22,3 gektar hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 37,4 gektar yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalari hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi hududlari (keyingi oʻrinlarda — “Nukus” va “Chiroqchi” EIZlarning Beruniy va Kitob tumanidagi hududlari) bosh rejalari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Bunda:
bosh rejalar loyihasini ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
bosh rejalar loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari asosida aniqlanadi.
4. Belgilansinki, “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanlaridagi hududlarida:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ajratiladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanidagi hududlari tasdiqlangan bosh rejasiga asosan:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
uch oy muddatda 2023-2024-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;
2023-yil 1-aprelga qadar amalga oshiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.U. Ermanov va Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-yanvar,
PQ-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvardagi PQ-2-son qaroriga
ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI

T/r

Hududlar nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi,

ga

Shundan:

Tuproq bonitet bali

lalmi yerlar,

ga

yaylov yerlar,

ga

boshqa yerlar,

ga

Beruniy tumanidan tanlangan yerlar

22,3

22,3

1.

“Abay” MFY

Tuman zaxira yerlari

Raqamlanmagan

22,3

22,3

Baholanmagan

Kitob tumanidan tanlangan yerlar

37,4

37,4

2.

“Makrid” MFY

Tuman zaxira yerlari

104

4,4

4,4

23

3.

“Shurobsoy” MFY

Tuman zaxira yerlari

2k

33,0

33,0

23

JAMI:

59,7

37,4

22,3

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 07/23/2/0025-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)