Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SHAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining bir qismini asta-sekin mahalliy boshqaruv organlariga berish, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining boshqaruv tarmoq tizimidan funksional tizimiga oʻtishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
* 1—8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining toʻqqizinchi sessiyasida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga hamda viloyatlarga boʻysunuvchi bir qator shaharlar va tegishli qishloq tumanlari hokimliklari apparatlarini birlashtirish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hamda qishloq tumanlari hokimliklari apparatlari tuzilmalarining birlashtirilishi munosabati bilan vazirliklar va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu hududlardagi oʻz tasarruflarida boʻlgan boshqaruv organlari tuzilmasini va xodimlarining cheklangan sonini qayta koʻrib chiqsinlar.
4. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni taʼminlash yuzasidan hukumat va hududlar dasturlarini amalga oshirish;
mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va ularning hokimliklarining qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
tadbirkorlik va xususiy tashabbusni qoʻllab-quvvatlash va sogʻlom raqobat muhitini yaratish.
5. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati, ularning mustaqil boshqarmalari (boʻlimlari) rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadlari 9 — 12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 9—12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-sentabr,
459-son