Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 11.04.2006 yildagi PQ-321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006 YIL 28—30-MART KUNLARI BOʻLIB OʻTGAN OʻZBEKISTON—KOREYA SAMMITI DAVOMIDA IMZOLANGAN BITIMLAR VA ERIShILGAN AHDLAShUVLARNI AMALGA OShIRISh BOʻYIChA BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi (2006-yil 28—30-mart) davomida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida imzolangan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya, ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida erishilgan ahdlashuvlar keng miqyosda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tashrifi davomida imzolangan Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi tadbirlar Dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koreyaning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalari hisobiga va bank-moliya hamkorligi doirasida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qarorning ilovalarida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar, masʼul ijrochilar Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda ijro etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Koreya Respublikasining tegishli hukumat muassasalari bilan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Qoʻshma deklaratsiyani toʻlaqonli amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikning uzoq muddatli rejalarini ishlab chiqish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruhlarni tashkil etsin, shuningdek Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar ijrosi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri R.S. Azimov va Tashqi ishlar vaziri E.M. Gʻaniyev zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 11-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ–321-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 124-modda; 8-son, 471-modda; 40-son, 395-modda)