Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING TELERADIOMAHSULOTLARINI TARQATISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 7-FEVRALDAGI PQ–277-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-fevraldagi PQ–277-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash”;
b) 3-band ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”;
uchinchi—beshinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—oltinchi xatboshi hisoblansin;
v) 2-ilovada:
6-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash”;
7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tegishli davlat organlarining xulosalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi”;
8-band ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”;
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshi hisoblansin;
g) 5-ilovada:
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 87-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda)