Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 03.03.2006 yildagi PQ-299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻL-QURILISh IShLARI HAJMI VA SIFATI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI HAMDA 2006 YILDA AVTOMOBIL YOʻLLARI QURILIShI DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport koridorlariga keng integratsiyalashuvini taʼminlash, transport xarajatlarini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi tarkibini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro transport koridorlari tarkibiga kiruvchi umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish, kapital va oʻrtacha taʼmirlash ishlarining 2006-yilgi Dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ichki viloyatlararo umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish, kapital va oʻrtacha taʼmirlash ishlarining 2006-yilgi Dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yilda viloyatlar va tumanlar ichidagi umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini kapital va joriy taʼmirlashning yigʻma parametrlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi, texnik va moliyaviy nazorat oʻrnatish vazifasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro transport koridorlari tarkibiga kiruvchi umum foydalanadigan avtomobil yoʻllari, respublika ichki viloyatlararo yoʻllar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi zimmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar va tumanlar ichidagi umum foydalanadigan avtomobil yoʻllari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachilar bajarilgan ishlarni nazorat qilish va qabul qilib olishda qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash kabi ish turlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari parametrlari va ularning alohida pudratchi tashkilotlar bajargan ishlar hajmi va sifatiga mos kelishi aniq koʻrsatiladigan qatʼiy tartibga rioya etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, 4-ilovaga* muvofiq, Respublika yoʻl fondi Ijroiya direksiyasi tarkibida daromadlarni prognoz qilish va dasturlarni moliyalashtirish boshqarmasi hamda xalqaro, respublika ichki va viloyatlararo umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash konsepsiyasi hamda dasturlarini amalga oshirish boshqarmasini tashkil etgan holda uning tashkiliy tuzilmasi boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, “Yoʻl-Loyiha byurosi” loyihalash instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda 2007—2010-yillarda umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur hujjatni ishlab chiqishda avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilovchi quyidagi asosiy mezonlarga amal qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yoʻl kategoriyasi va transportda tashish hajmlaridan kelib chiqqan holda, yoʻl tarmogʻining tegishli darajada oʻtkazish qobiliyatini talab etadigan transport serqatnovligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yoʻllar va muhandislik inshootlarining zamonaviy xalqaro talabalarga javob beradigan yuksak texnikaviy darajasini taʼminlash asosida yoʻl harakati xavfsizligi va ishonchliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yoʻl qurilishi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish, yoʻl kategoriyasiga qarab xarajatlarni optimallashtirish hisobiga avtomobil yoʻllari qurish va rekonstruksiya qilishga xarajatlarning nisbatan kam sarflanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi va “Oʻzavtoyoʻl” DAKning Avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va qurilishini amalga oshirish boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli birlashgan direksiyasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini, jumladan 2007—2010-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tayyorlash uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondiga va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga hisobot beruvchi “Yoʻl-Loyiha byurosi” loyihalash instituti zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl-Loyiha byurosi” loyihalash instituti tuzilmasida umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tayyorlash boʻyicha boʻlim tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika yoʻl fondining daromadlarini shakllantirish va uning mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisida yangi tahrirdagi nizomni, Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, Bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish va qabul qilib olish toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, umum foydalanadigan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha ishlar Tasnifini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqda xususiylashtirish jarayonlari chuqurlashuvini hisobga olgan holda “Oʻzavtoyoʻl” DAK tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlarini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda respublika avtomobil yoʻllari tizimini rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablaridan, avtomobil yoʻllarini qurish va foydalanishni tashkil etishning xalqaro tajribasidan kelib chiqqan holda “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15,0 mlrd. soʻm miqdordagi Respublika yoʻl fondi daromadlarini 2006-yilda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini moliyalashtirish uchun Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga yoʻnaltirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika yoʻl fondi daromad qismining amaliy ijrosi boʻyicha har chorak yakunlariga koʻra prognoz qilingandan ortiq tushumlardan foydalanish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-216-son qarorining 4-ilovasiga 2006-yilda avtomobil yoʻllari qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan kapital mablagʻlarning limitlarini hisobga olgan holda 5-ilovaga* muvofiq tegishli oʻzgartishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 3-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-299-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 73-modda)