1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 8-noyabrdagi 319-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 45-son, 516-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin, shuningdek baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 15-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek muruvvat loyihalari monitoringi masalalarini belgilaydi va tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muruvvat (insonparvarlik) yordami — bu aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlar, oziq-ovqat, xalq isteʼmoli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash uchun beriladigan maqsadli begʻaraz yordamning bir turidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami sifatida olingan tovarlar bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalari amalga oshirilgandan keyin oluvchilar tomonidan “Insonparvarlik yordami” yozuvini qayd etgan, oluvchining rekvizitlarini koʻrsatgan holda tamgʻalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami xorijiy davlatlar, ularning federal yoki munitsipal tuzilmalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda oluvchilar deb ataladi) shu jumladan, keyinchalik respublika isteʼmolchilari oʻrtasida taqsimlash maqsadida insonparvarlik yordamining oluvchilari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar dasturlar va donorlar bilan tuzilgan dasturlar va bitimlar yoki muruvvat yordami bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi (keyingi oʻrinlarda Kompleks deb ataladi) rahbarining qarorlari asosida aniqlanadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tamaki mahsulotlari, alkogolli mahsulotlar, harbiy maqsaddagi tovarlar, shuningdek olib kelinishi taqiqlangan tovarlar muruvvat yordami yuklari jumlasiga kiritilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklarining pul ifodasidagi qiymatidan asosan bojxonada rasmiylashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekistonda muruvvat yordami koʻrsatuvchi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) xulosasi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilot vakolatxonasi yoki filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kompleks rahbarining muruvvat yordami masalalari boʻyicha qarorlari vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordamini muvofiqlashtirish ishlari tezkor bajarilishini tezkor taʼminlash maqsadida shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadigan doimiy ishlaydigan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, transportda tashish, toʻplash, saqlash, xatlovdan oʻtkazish, yuklarning xavfsizligi boʻyicha qoʻriqlash va boshqa karantin tadbirlarini oʻtkazish, muruvvat yordamini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan samarali, maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha vazirliklari va idoralari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda tarmoq komissiyalari deb ataladi) yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Muruvvat yordamidan belgilanmagan maqsadda foydalanishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordami olinishidan oldin maxsus ekspert komissiyasi tomonidan bu yordamning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Muruvvat yordami sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarni bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq, Departamentning koʻrsatilgan yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan muruvvat yordami yuklari va yuklarni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Departamentga va Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik deb ataladi) taqdim etiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligini tasdiqlash uchun muruvvat yordamini oluvchi Departamentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastur yoxud donor tashkilot bilan muruvvat yordami boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yukni joʻnatuvchining yuk muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi invoysi (schyot-faktura);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yukni oluvchining yukning foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport yuk xatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruriyat boʻlganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining yukning qonun hujjatlariga muvofiq respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar roʻyxatiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosalar Departamentning protokol tarzidagi qarori rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklarini bojxonada tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida Departamentning masʼul xodimlaridan tayinlangan muvofiqlashtiruvchi tomonidan ularning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi dastlabki xulosasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi, keyinchalik mazkur xulosa Departamentning protokoli bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Aeroportlarda, temir yoʻl va avtotransport stansiyalarining omborlaridagi muruvvat yordami yuklaridan saqlash, xabardor qilish, bojxona tartib-qoidalari, deklaratsiyalash, bekor turib qolish, tushirish-yuklash ishlari va boshqa xizmatlar uchun bojlar, yigʻimlar va boshqa xil toʻlovlar olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Muruvvat yordami yuklari sifatini va ularning xavfsizligini nazorat qilish belgilangan tartibda, toʻlov undirmasdan davlat nazoratining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muruvvat yordami yuklarining ularni tashish vaqtidagi saqlanishi tegishli transport tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan, toʻlov undirmasdan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar insonparvarlik yuklarining hisobga olinishini, saqlanishini, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini hamda ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini taʼminlashga majburdirlar.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarni hisobga olish va saqlash tijorat tovarlaridan alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hududiy va tarmoq komissiyalari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun Departamentga muruvvat yordami yuklarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash boʻyicha takliflar taqdim etadilar, ular har yili beriladigan buyurtmanomalarga muvofiq boʻlishi (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha), shuningdek donor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning takliflariga, xalq deputatlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari soʻrovlariga asoslanishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularni aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash ustidan nazorat hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami yuklarini oluvchi budjet tashkilotlari boʻyicha nazorat, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy va tarmoq komissiyalarining, shuningdek yuqori budjet tashkilotlarining insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish natijalari boʻyicha hisoboti hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi Departamenti deb ataladi) taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Huzurida tegishli tarmoq komissiyalari va hududiy komissiyalar tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek oluvchilar Gʻaznachilikka insonparvarlik yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻaznachilik hududiy va tarmoq komissiyalari, shuningdek oluvchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar umumlashtirilishi va Moliya vazirligi Departamentiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini tekshirishlar belgilangan tartibda, Ishchi guruh tomonidan Departament tasdiqlagan jadval boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, mustaqil ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi vakillarini jalb etgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Muruvvat yordami yuklarining oluvchilari yoki isteʼmolchilari hisoblanadigan budjet tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlarni oʻtkazish vaqtida davlat moliya organlari tomonidan ularni tekshirish rejalariga muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻtkazilgan tekshirishlar yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda muruvvat yordami yuklarini bojxonada rasmiylashtirish, qabul qilish, hisobga olish va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash talablariga muvofiqlik, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami yuklarini saqlash va taqsimlash sharoitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarda tamgʻaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan muruvvat yordami yuklari boʻyicha hisobga olish hujjatlarining (hisobga olish daftarlari, kitoblari, vedomostlar va shu kabilar) mavjudligi va toʻliqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami yuklari isteʼmolchilarining yuklarning olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holdagi nomlari koʻrsatilgan roʻyxatlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muruvvat yordami sifatida olingan foydalanilmagan tovarlar miqdorining hisobi, sabablari, foydalanishga yaroqlilik muddati oʻtib ketgan tovarlar (mahsulotlar)ni koʻrsatgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning xatlari va shikoyatlari boʻyicha ishlarning amalga oshirilganligi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Muruvvat loyihalari amalga oshirilishi monitoringi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Donorlar tomonidan muruvvat yordami doirasida berilgan mablagʻlar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirish muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringining maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻadi, ishlaydi va umumlashtiradi hamda ushbu maʼlumotlarni har yili 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31-iyuldan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan muruvvat yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtmani donorlarga yuborish Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikada akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Muruvvat loyihalari monitoringining muntazam ravishda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat hududiy va tarmoq komissiyalariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish quyidagi hujjatlarni tayyorlash va yigʻish, shuningdek tasdiqlashni taʼminlashni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Reja-jadval (ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati (ixtiyoriy shaklda), unda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (tarmoq sektori, loyihaning nomi, uning joylashgan joyi va kutilayotgan natijalari, muruvvat loyihasining ijrochilari, amalga oshirish davri, smeta qiymati, moliyalashtirish manbalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirishning borishi va ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, muruvvat loyihasini amalga oshirishda paydo boʻlgan muammolar toʻgʻrisida axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan maqsadlarga erishilganligi va prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan hisobotlar Departamentga va Gʻaznachilikka:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reja-jadval — har yili 25-yanvardan kechikmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot va Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati — hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

1. Donorlar tomonidan oluvchilarga muruvvat yuklari berilishi.
2. Yuklarni oluvchilar tomonidan tovarlarning muruvvat yuklariga tegishliligi toʻgʻrisidagi hujjatlar tayyorlanishi va uning komissiya orqali ATDga yuborilishi (2a).
3. ATDning koʻrib chiqishi va bojxona organi tomonidan yuklarning muruvvat tusidaligi toʻgʻrisida xulosa berilishi.
4. Bojxona rasmiylashtiruvi va muruvvat yordami yuklari sifati ustidan nazorat qilish.
5. Bojxona organlari tomonidan muruvvat yuklari toʻgʻrisida VMning ATDga va Gʻaznachilikka maʼlumotlar yilning har choragida taqdim etilishi.
6. Muruvvat yordami yuklarini aniq tarzda taqsimlash loyihasini tayyorlash va asoslash.
6a. Muruvvat yordami yuklarini aniq tarzda taqsimlash loyihalarini Moliya vazirligi bilan kelishish.
7. Muruvvat yuklarini aniq tarzda taqsimlashni tasdiqlash.
8. Muruvvat yuklarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularni hisobga olish.
9. Bojxona rasmiylashtiruvi, muruvvat yuklarini hisobga olish, ularni taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlar bajarilganligi aks ettirilgan holda tekshirishlar oʻtkazish va dalolatnomalar tuzish.
9a. Moliya vazirligi Departamentiga tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
10. Gʻaznachilikka Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar boʻyicha muruvvat yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanish toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
10a. Moliya vazirligi Departamentiga umumlashtirilgan axborot taqdim etish.
11. Maqsadli foydalanishni va taqsimlashning manzilliligini tekshirish, shu jumladan donorlar tomonidan tekshirish (11a).
12. Moliya vazirligi Departamentiga va ATDga muruvvat yordami loyihalari amalga oshirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot taqdim etish.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat dasturlarini amalga oshirish maqsadida muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiya buyurtmanomasining namunaviy shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sarvaraq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) dasturning nomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hududiy komissiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (manzili, telefon, faks)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) dasturning boshlanishi va tugallanishi sanalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) loyihaning jugʻrofiyasi (u qayerda amalga oshiriladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) dasturning qiymati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muammoning qoʻyilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Dasturning maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dasturni amalga oshirish usullari va bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Dastur monitoringi usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kutilayotgan natijalar va ularni baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Dasturning budjeti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyasining muruvvat yordami olishga buyurtmanomasining NAMUNAVIY ShAKLI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Tarmoq komissiyasining nomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Muruvvat yordami sifatida olinayotgan tovarlarning soʻralayotgan guruhi nomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Masalan: dori-darmonlar va tibbiyot anjomlari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Necha marta murojaat qilingan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Buyurtmanoma birinchi buyurtmanoma yoki takroriy ekanligi koʻrsatilsin. Agar buyurtmanoma takroriy boʻlsa, qaysi xalqaro tashkilotga va qachon murojaat qilinganligi koʻrsatilsin)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Talab etiladigan muruvvat yuklari soʻrovi uchun shakl
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MURUVVAT YORDAMINI OLUVChILAR
MURUVVAT YORDAMINING TALAB ETILGAN YuKLARI ROʻYXATI
KOMPLEKTLAR SONI
Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Nogironlar aravachalari
10
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Etkazib berishning kutilayotgan muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Muruvvat yordamidan foydalanish monitoringi usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Masalan: bevosita oluvchilardan soʻrab chiqish, taqsimlash joyiga boruvchi komissiyalar, oluvchi tashkilotlar hisobotlari, boshqalar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordamini amalga oshirish monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Taqdim etilgan axborotni tahlil qilish, har yili yigʻma hisobot tuzish, ustuvor loyihalarning birinchi navbatdagi roʻyxatini shakllantirish va ularni Moliya vazirligi bilan kelishish.
2a. Muruvvat yordamining ustuvor loyihalari boʻyicha Moliya vazirligi bilan kelishilgan axborotni Vazirlar Mahkamasining ATDga taqdim etish.
3. Kompleks rahbari tomonidan muruvvat loyihalarining ustuvor roʻyxati tasdiqlanishi va uni Oʻzbekiston Respublikasi TIV (3a) va Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari (3b) orqali donorlarga (3v) yetkazish.
4. Qoʻshma dastur yoki loyihani ishlab chiqish va tomonlarning javobgarligi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimni tayyorlash.
5. Loyiha toʻgʻrisidagi axborot yigʻilishini taʼminlash, reja-jadvalni tasdiqlash va loyiha boʻyicha ishlar bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni olish.
6a. Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni taqdim etish.
6b. Gʻaznachilik tomonidan Moliya vazirligi Departamentiga yigʻma axborot taqdim etilishi.
7. Moliya vazirligi Departamenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATDga yakuniy umumlashtirilgan axborotni taqdim etish.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat loyihasini tayyorlash va amalga oshirish reja-jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura koʻrsatkichini oʻlchash birligi
Bajarilish \ moliyalashtirish hajm
Loyiha boʻyicha hammasi
Shu jumladan yillar boʻyicha
Tadbirlar (ishlar turi)
Rejalashtirilayotgan yil boshlangungacha
Rejalashtirilayotgan bir yilga
Prognoz
Bir yilga hammasi
Shu jumladan choraklar boʻyicha
2-yil-ga
3-yil-ga
Undan keyingi yillarga
I
II
III
IY
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Loyiha qismlari boʻyicha tadbirlar (ishlar turlari)ni bajarish va moliyalashtirishning rejadagi hajmlari jadvalga kasr shaklida kiritiladi, tegishli oʻlchov birliklaridagi naturadagi koʻrsatkich surat, maxraj esa – valyutadagi moliyalashtirish summasi. Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muruvvat yordami boʻyicha ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura ifodasida ish turlari
Naturadagi koʻrsatkichning oʻlchov birligi
Natura ifodasida ishlarni bajarish hajmi
Hisobot choragidagi oʻzlashtirish hajmi Soʻm yoki AQSh dollari
Yil boshidan boshlab
Shu jumladan hisobot choragida
reja
amalda
reja
amalda
reja
amalda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

1. Mazkur Nizom loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Texnik koʻmaklashish – bu asbob-uskunalar va texnologiyalar xarid qilish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni amalga oshirish, davolash, oʻqitish, xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari koʻrsatish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun donorlar tomonidan natura tarzidagi grantlar va pul shaklida beriladigan maqsadli mablagʻlardir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har yili 31-maydan kechikmasdan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyxati tayyorlanadi hamda Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Texnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalarning roʻyxatiga asosan texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Har yili 25-yanvardan kechikmasdan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxati tayyorlanadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10-fevralgacha tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yangi loyiha taklifini ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritish uchun loyiha tashabbuskori boʻlgan vazirlik yoki idora yoxud texnik koʻmak oluvchi (ijro etuvchi agentlik) loyiha taklifini (oʻzbek/rus va ingliz tillarida) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga hamda Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donorning oʻzi loyiha tashabbuskori boʻlgan taqdirda u Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning / vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora/donor orqali (bunday vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga) loyiha taklifini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda, keyinchalik koʻrib chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuborish uchun, taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyiha taklifi olingandan keyin oʻn kun muddatda, tahlil oʻtkazish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida donor faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul vazirlik/donorning vakili hisoblangan taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot vazirligi loyiha taklifi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan loyiha takliflarini koʻrib chiqish uchun loyihani amalga oshirishning moʻljallanayotgan sohasiga aloqador boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarni jalb qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi barcha xulosalar olingandan keyin bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijobiy xulosalar mavjud boʻlgan taqdirda loyiha taklifini koʻrib chiqish va yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi masalasida manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda vazirliklar va idoralarning umumlashtirilgan fikrini u yoki bu loyihani texnik koʻmaklashish loyihalari roʻyxatiga kiritishga doir uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatini puxtalashtirish zarur boʻlganda uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/donorning vakili faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoxud idora orqali loyiha tashabbuskoriga/ijro etuvchi agentlikka, bunday vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda – bevosita donorga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori olingandan keyin uch kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorini/ijro etuvchi agentlikni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda loyiha taklifini (oʻzbek/rus va ingliz tillarida) keyinchalik donorlar bilan ishlab chiqish va kelishish uchun Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligiga va xalqaro moliya institutlarida Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar ofislariga yuboradi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donorning oʻzi loyiha tashabbuskori boʻlgan taqdirda uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/donor vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora orqali, vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda esa — bevosita donorni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida, qaror ijobiy boʻlgan taqdirda loyihani Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirish boʻyicha tayinlangan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlik toʻgʻrisida xabardor qiladi. Oʻzbekiston tomonidan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlikning mavjud boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari texnik koʻmaklashish loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibiga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Texnik koʻmakni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) donor tomonidan texnik koʻmaklashish granti maqullanishi toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligining departamenti deb ataladi) Moliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) texnik koʻmaklashish loyihasi doirasida xarid qilish va/yoki yetkazib berish moʻljallanayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi imzolangan bitim nusxasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha axborotlarni turkumlash va texnik koʻmaklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay Moliya vazirligining departamentiga texnik koʻmakni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadi (ushbu Nizomga 4-ilova).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi donorlar tomonidan texnik koʻmaklashish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga tushayotgan maʼlumotlar haqida oʻz vaqtida Moliya vazirligining departamentiga xabar beradi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 27-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga donorlarni jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasida texnik koʻmaklashish loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Grant mablagʻlari hisobiga tovarlar (ishlar va xizmatlar) sotib olish donorlar tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga koʻra, ularning qarorgohlarida ochilgan tegishli hisob raqamlaridan toʻgʻridan toʻgʻri toʻlanadi. Grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Donorlarning texnik koʻmaklashish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish ushbu loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etuvchi agentliklar uch kun mobaynida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga va Moliya vazirligining departamentiga donorlarning texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar tushganligi toʻgʻrisida axborot beradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tovarlar donorlarning texnik koʻmagiga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosa zarurligi bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga ushbu xulosa Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan tegishli shartnomalarni tahlil qilish asosida beriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning donorlar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiqligi uchun javob beradi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Texnik koʻmaklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Moliya vazirligining departamentiga hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy, ijtimoiy va/yoki ilmiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yoʻnalishlarini aks ettiruvchi texnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qoʻllashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizomning 10 va 15-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishi uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Grant mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining departamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik koʻmak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda Gʻaznachilikka, davlat soliq xizmati organlariga grant mablagʻlaridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, shu jumladan pul shaklida koʻmak olgan budjet tashkilotlari — budjet mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot singari hisobotni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablagʻlaridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishda, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanish monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyxati
2. Joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxati
3. Loyiha taklifi pasporti ilova qilingan loyiha taklifi
4. Loyiha taklifi boʻyicha xulosa
5. Taqdim etilgan loyiha taklifini roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosa
5a. Loyiha hujjatini puxtalashtirish
6. Loyiha taklifini roʻyxatlarga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qaror
7. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar berish
7a. Qabul qilingan qaror va tayinlangan ijro etuvchi agentlik toʻgʻrisida xabar berish
7b. Keyinchalik donorlar bilan ishlash uchun loyiha taklifi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring
1. Donor tomonidan texnik koʻmaklashish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi.
2. Moliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasi va grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvali.
3. Texnik koʻmak oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Texnik koʻmaklashish grantlari boʻyicha Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha hisobot olish.
5. Umumlashtirilgan yigʻma axborot taqdim etish.
5a. Texnik koʻmaklashish mablagʻlarining tushishi va oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot.
6. Donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringi.
6a. Loyiha amalga oshirilishining, texnik koʻmaklashish mablagʻlari oʻzlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishining doimiy monitoringi.
6b. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar.
7. Tovarlarning kelib tushishi toʻgʻrisida axborot.
8. Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish.
9. Loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida yakuniy hisobot.
nazorat
10. Grant mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish.
10a. Tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Donorlarning texnik koʻmagini oluvchilar toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTLAR 20__ yil ___ choragi uchun
Mablagʻlarni oluvchi
Grantning tartib raqami yoki kodi
Grantning nomi
Donorning nomi
Grant mablagʻlaridan foydalanish boshlangan sana
Grant summasi (ming AQSh dollari)
1
2
3
4
5
6
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
20__ yil “___” ______________”.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 8-bandi, shuningdek qarorga 7-ilova.