O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI QISMAN O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departamenti Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti etib;
Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti etib qayta tashkil qilinsin.
2. Iste’mol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etishning yangilangan sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti tuzilmasi va xodimlarining soni 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 97-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda:
qayta tashkil etilgan Axborot-tahlil departamentlari xodimlarining shtat sonini ushbu qaror bilan tasdiqlangan tuzilmalarga muvofiqlashtirsin, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasin;
bir oy muddatda qayta tashkil etilgan Axborot-tahlil departamentlari bo‘yicha nizomlarni qayta ko‘rib chiqsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga 1, 3, 4, 7 va 10-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-iyul,
PQ-131-son
Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish sxemasi
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 224-modda; 2006-y., 16-son, 132-modda; 23-son, 205-modda; 27-son, 246-modda; 2007-y., 11-son, 97-modda)