Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2007 20.04.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 136
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tartibi, 20.04.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 136
Дата вступления в силу
20.04.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2007
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq xoʻjaligi vaziri
R. XUSANOV
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish
va tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vaziri
A. MARDIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChORVA MOLLARI, BINOLAR VA ASBOB-ANJOMLARNI TANLOV— KIMOShDI SAVDOSI ASOSIDA SOTISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibi

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 20-aprelda 136-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi , Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat Qoʻmitasining 2007-yil 22-maydagi 2/8-son, 20-26-01-son, 55-son va 01/23-18/13-sonli “Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov — kimoshdi savdosi asosida sotish tartibi”ni bekor qilish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 136-1, 24.05.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 96-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Tartib tanlov-kimoshdi savdosiga tayyorgarlik, uni oʻtkazish, savdoda qatnashish, gʻolib chiqqan xaridorga mulkka egalik qilish huquqini rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitob qilish shartlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Tanlov — kimoshdi savdosi ushbu tartib bilan chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni ochiq savdolarda erkin baholar asosida sotilishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov-kim oshdi savdosida sotish, jamoa xoʻjaligi umumiy yigʻilishining qarori tasdiqlangandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan har bir xoʻjalikda bu ishlarni amalga oshirish uchun tuman Hokimligi, xoʻjalik, “Agroxizmat” uyushmasi, davlat veterinariya xizmati Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.6. Komissiya qoramolchilik fermerlarining mol-mulklarini, jumladan qoramollar, molxonalar, binolar, omborxonalar, xoʻjaliklarning balansida turgan suv inshootlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sexlari, qishloq xoʻjalik mashinalari, ot-ulov jihozlari, inventarlar, yem-xashaklar, konsentrat ozuqalar va hokazolarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazadi (davlat vetobyektlaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.7. Kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan ferma mol-mulkining dastlabki (start) bahosi quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1). Asosiy vositalar va tez eskiradigan buyumlar — 1995-yil 1-yanvarga qayta baholangan balans qiymatidan eskirish summasi chegirib tashlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2). Qoramollar — nasli, yoshi va mahsuldorligiga qarab ferma joylashgan hududdagi bozor baholaridan 10 foizdan 20 foizgacha kam miqdorda baholanadi, bu baholar amaldagi shartnomaviy narxlardan kam boʻlmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3). Omixta yem, konsentrat ozuqa, silos, senaj, lavlagi, xashaklar (somon, beda, tibbiy pichan) — balans bahosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Asosiy vositalar, chorva mollar, yem-xashak va boshqa moddiy qiymatliklarni sanoqdan oʻtkazish dalolatnomasining nusxasi 1-2 ilovalarda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.8. Yuqoridagi tartibda aniqlangan va mulk egaligiga beriladigan fermaning moddiy boyliklari rasmiylashtirilgan hujjatlar xoʻjaliklarning umumiy yigʻilish qarori bilan tasdiqlangandan keyin tanlov — kimoshdi savdosi orqali sotish uchun xoʻjalikda tuzilgan komissiyaga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. TANLOV — KIMOShDI SAVDOSINI TAYYORLASh VA OʻTKAZISh ShARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Xususiylashtirilayotgan chorvachilik fermalarining moddiy boyliklari yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov— kimoshdi savdosi asosida sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov — kimoshdi savdosiga yuqumli kasalliklardan xoli boʻlgan chorvachilik fermalari qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Tanlov — kimoshdi savdosini tuman Hokimligi, xoʻjalik, “Agrokimyo” uyushmasi, davlat veterinariya xizmati, Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi va jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Komissiya qaysi ferma tanlov — kimoshdi savdosi orqali sotilishi, qachon, qayerda savdoning oʻtkazilishi haqida toʻliq axborotlarni belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalari orqali bir oy muddatda kam boʻlmagan vaqtda eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Axborotnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoga qoʻyilgan qoramollarni soni, zoti, jinsi, yoshi va naslining qisqacha xarakteristikasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik fermasining joyi, egallangan maydoni, ozuqa yetishtirishga ajratilgan yer maydoni, ferma hududidagi molxonalar, binolar, omborxonalar, xoʻjalik balansida boʻlgan suv inshootlari, mahsulotni qayta ishlash sexlari, qishloq xoʻjalik mashinalari, inventarlar va boshqa maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy boyliklarni boshlangʻich baholari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoni oʻtkazish shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoga qoʻyilgan ferma bilan tanishtirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoga qatnashish uchun taqdim qilinadigan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashuvga toʻlov miqdori va oʻtkazish lozim boʻlgan hisob raqamining nomeri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoning oʻtkazilish joyi, kuni, vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoni oʻtkazuvchi komissiyaning manzilgohi va telefon nomeri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. TANLOV-KIM OShDI SAVDOSIDA QATNAShISh ShARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Tanlov — kimoshdi savdosiga qatnashish huquqi birinchi navbatda shu xoʻjalikning aʼzosiga beriladi. Xaridorlar shu fermaning mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishini besh yil mobaynida oʻzgartirmasligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmasligi haqida yozma ravishda kafolat beradi, Ushbu tartibga rioya qilgan holda talab qilingan hujjatlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Tanlov kimoshdi savdosida qatnashish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridorning savdoda qatnashishi uchun arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoga qoʻyilgan ferma moddiy boyliklari dastlabki qiymatining 10 foiz badal pulini toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Xaridor deb tan olingan shaxslarga quyidagi hujjatlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartib raqamli yozilgan taxtacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdoga qoʻyilgan ferma moddiy boyliklari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov — kimoshdi savdosining shartlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Tanlov — kimoshdi savdosida qatnashishga arizalar qabul qilish savdo oʻtadigan sanadan uch kun avval toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Xaridor deb tan olingan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot sir saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Tanlov-kim oshdi savdosi tartib-qoidalari talablariga rioya qilmagan, qonunchilik asosida xaridor deb tan olinmagan, qatnashishga oʻz vaqtida ariza bermagan shaxslar savdoda qatnashmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TANLOV — KIMOShDI SAVDOSINI OʻTKAZISh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Tanlov — kimoshdi savdosini komissiya tomonidan berilgan yoki yollangan shaxs — “auksionist” oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
U xaridorlarga savdoga qoʻyilgan ferma moddiy boyliklarini qisqacha taʼriflab, ularning dastlabki bahosini va bahoni oshirish miqdorini eʼlon qiladi. Bahoni oshirish miqdori dastlabki bahoning 1—10 foizini tashkil qilishi kerak. Savdoning borishiga qarab auksionist bahoni oshirish miqdorini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Kimoshdi savdosini auksionist tomonidan ferma moddiy boyliklarini dastlabki bahosiga birlamchi bahoni oshirish miqdorini qoʻshgan xolda eʼlon qilishi bilan boshlanadi. Ushbu bahorga rozi boʻlib raqamli taxtachani koʻtargan xaridorni auksionist eʼlon qiladi va ushbu bahoni uch martabagacha qaytaradi. Agar ushbu bahodan oshuvchi xaridor boʻlsa auksionist bahoni oshirish miqdorini qoʻshib eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Kimoshdi savdosini navbatdagi bahoga rozilik bildirib raqamli taxtachani koʻtarmaguncha davom ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi bahoga rozi boʻlgan xaridorning raqamli taxtachasi va koʻtarilgan baho uch martaba qayta eʼlon qilingandan soʻng xaridor gʻolib deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Kim oshdi savdosi gʻolibi shu kunning oʻzida savdo oʻtkazilgan bayonnomaga imzo chekishi shart — Bayonnoma gʻolib-xaridor, kim oshdi savdosi oʻtkazuvchi komissiya tomonidan ikki nusxada tuzib imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bayonnoma rasmiylashtirilganidan soʻng fermani sotgan xoʻjalik va gʻolib-xaridorning manzili, sotilgan mulkning bahosi va unga egalik qilish huquqi berilishi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.5. Agar gʻolib-xaridor 10 kunlik muddatda mulkning qabul qilinganligi shartnomaga imzo chekmasa, mulk xoʻjalikka qaytariladi yoki qayta kim oshdi savdosiga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridor tomonidan toʻlangan badal puli qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.6. Kim oshdi savdosi yakuni 30 kun mobaynida matbuotda va maxsus axborotnomada komissiya tomonidan eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. KIMOShDI SAVDOSIDA GʻOLIB ChIQQAN XARIDORGA MULKKA EGALIK QILISh HUQUQINI RASMIYLAShTIRISh VA QOLGAN XARIDORLAR BILAN HISOB-KITOB QILISh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Kimoshdi savdosi yakunlangandan soʻng 10 kun mobaynida xoʻjalik bilan gʻolib-xaridor orasida qonunchilikda belgilangan tartibda mulkka egalik qilish huquqini beradigan oʻzaro shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Kimoshdi savdosida qatnashgan boshqa xaridorlarning savdodan oldin toʻlagan badal pullari 30 kun mobaynida qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Ferma moddiy boyliklariga (obyektga) egalik qilish huquqi xoʻjalikdan yangi mulkdorga bu haqdagi hujjat (order) berilgan vaqtdan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.4. Yangi mulkdorning ferma moddiy boyliklariga (obyektga) egalik qilish huquqi xoʻjalikdan unga bu haqdagi hujjat (order) berilgan vaqtdan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. TANLOV — KIMOShDI SAVDOSI ASOSIDA SOTILGAN ChORVA MOLLARI VA BOShQA MULKLAR QIYMATINI TOʻLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov — kimoshdi savdolarida ferma chorva mollari va boshqa mulklar bahosi (obyekt bahosi) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi — soʻmda belgilanib, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan obyektlar uchun toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1. Obyektning pirovard qiymati tanlov — kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kundagi belgilangan eng kam ish haqining 1000 barobarigacha boʻlgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining gʻolibi badal puli toʻlangandan keyin qolgan summani xoʻjalikning tegishli hisob raqamiga oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.2. Obyektning pirovard qiymati tanlov-kim oshdi savdosi oʻtkazilgan kundagi belgilangan eng kam ish haqining 1000 barobaridan 10000 barobarigacha boʻlgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining gʻolibi badal puli toʻlangandan keyin qolgan summani:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pirovard qiymatning 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pirovard qiymatining 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt qiymatining badal puli hamda birinchi yilda toʻlangandan keyin qolgan summasini ikkinchi yil mobaynida toʻliq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Obyektning pirovard qiymati tanlov — kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kundagi eng kam ish haqining 10000 barobaridan ortiq boʻlgan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosining gʻolibi badal puli toʻlangandan keyin qolgan summani:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pirovard qiymatining 20 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pirovard qiymatning 30 foizini shartnoma imzolangan kundan boshlab ikkinchi yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt qiymatining badal puli va dastlabki ikki yili toʻlangandan keyin qolgan summasini shartnoma imzolangan kundan boshlab uchinchi yil mobaynida toʻliq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.4. Tanlov — kimoshdi savdosida sotib olingan obyektning yangi egasi tegishli summani muddatidan oldin toʻliq toʻlash huquqiga egadir. Bunda toʻlov muddatlariga koʻra obyektning pirovard narxidan 10 foizgachasi chegiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.5. Sotib olish summasi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda tanlov-kim oshdi savdosi gʻolibi badaldan tashqari toʻlangan summaning yarmini toʻlagan holda obyektga egalik qilish huquqidan mahrum etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.6 Toʻlashga qodir emasligi tufayli tanlov-kim oshdi savdosi gʻolibi tomonidan sotib olinmagan obyekt tanlov-kim oshdi savdosiga takroran qoʻyiladi yoki komissiyaning qaroriga binoan oldingi mulkdorga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.7. Tanlov — kimoshdi oshdi savdosi gʻolibi shu xoʻjalikning aʼzosi boʻlsa xoʻjalikning umumiy majlis qarori bilan toʻlov muddati yuqorida belgilangan muddatlarga nisbatan ikki barobarigacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.8. Tanlov — kimoshdi oshdi savdolarida sotiladigan mulkchilikning davlatga tegishli boʻlmagan shaklidagi obyektlarni sotib olish shartlari va muddatlarini mulkdor tomonidan obyektni sotish talabnomasi berilganda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni
tanlov-kim oshdi savdosi asosida sotish
Tartibiga
1-ILOVA

‎‎
‎‎‎
Chorvachilik fermalaridagi mollarni sanoqdan oʻtkazish‎

‎‎dalolatnomasi

199__ yil “___”______
‎(kuni) (oyi)

____________viloyati‎‎‎ ______________tumani‎‎‎ _________xoʻjaligining‎‎‎
____________fermasida mollar sanoqdan oʻtkazildi:‎‎

Mol turi‎

Birka nomeri‎

tusi‎

zoti‎

laqabi‎

semizlik
‎darajasi‎

ogʻirligi‎

balans
‎qiymati‎

belgilangan
‎bahosi‎

‎Komissiya aʼzolari:

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni
tanlov-kim oshdi savdosi asosida sotish
Tartibiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎
‎‎
Chorvachilik fermasining asosiy vositalari
‎va moddiy qiymatliklarini sanoqdan oʻtkazish‎‎

dalolatnomasi‎

199___
‎yil “_______”‎
(kuni)‎

‎__________‎
‎(oyi) ‎ ‎‎

____________viloyati‎ _____________tumani‎
____________xoʻjaligi‎ _____________‎‎fermasining asosiy‎
‎‎vositalari va moddiy-qiymatliklari sanoqdan oʻtkazildi.

Asosiy vositalar,
‎(moddiy qiymatlar)‎

Soni‎

Balans qiymati
‎(ming soʻm)‎

Eskirish
‎qiymati
‎(ming soʻm)‎

Qoldiq qiymati
‎(belgilangan
‎bahosi) ming soʻm‎

Komissiya aʼzolari:‎
‎‎