Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.11.1993 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.11.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKADA ISTEʼMOL BOZORINI HIMOYA QILISh VA PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORALAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSSR Davlat banki va Rossiya Bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qogʻoz pullari sobiq SSSRning amalda barcha mamlakatlarida muomaladan toʻxtatilganligi munosabati bilan va respublikada ichki isteʼmol bozorini himoya qilish hamda pul muomalasini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, mazkur masala yuzasidan ilgari qabul qilingan qarorlarga qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilning noyabr oyi uchun navbatdagi ish haqi va boshqa pul toʻlovlari shu yilning 29-noyabridan boshlab toʻliq “Soʻm-Kuponlar” bilan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1993-yilning 1-dekabridan Oʻzbekiston Respublikasining hududida SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl boʻlgan qogʻoz pullarini barcha turdagi toʻlovlarga qabul qilish toʻxtatilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qoʻlida muomalada boʻlgan mazkur qiymatlardagi qogʻoz pullardan quyidagicha foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1993-yilning 1-dekabrigacha — Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qaroriga muvofiq (ushbu qarorning 1-ilovasiga kirmagan, qiymati 25 ming rublgacha boʻlgan tovarlar va xizmatlar haqini toʻlashda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Jamgʻarma bankining hamma muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining doimiy propiskasi boʻlgan fuqarolaridan quyidagi tartibda qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— birinchi marta omonatga pul qoʻyuvchi fuqarolar uchun pullar 200 ming rublgacha miqdorda - 1993-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— shaxsiy schyotlari boʻlgan fuqarolar uchun 1993-yilning 1-dekabridan 4-dekabrigacha oʻz omonatlarini 200, 500, 1000 rubllik pullar bilan 200 ming rublga qadar yetkazib toʻldirishlariga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— 200 ming rubldan oshadigan mablagʻ 1993-yilning 4-dekabriga qadar alohida maxsus foizsiz schyotga cheklovlarsiz oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki 1993-yilning 1-dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl boʻlgan qogʻoz pullarini muomalaga chiqarishni toʻxtatsin hamda korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning shu qiymatdagi qogʻoz pullarning kassalardagi qoldiqlarini topshirish tartibini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 1,3,5,10,25,50 va 100 rubl boʻlgan gʻazna va bank qogʻoz pullaridan baravar toʻlov vositasi sifatida cheklovlarsiz foydalanish borasida avval belgilangan tartib saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki va Jamgʻarma banki aholining omonatlaridan “Soʻm-Kuponlar” berish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, Jamgʻarma banki, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning ijrosi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
570-son