1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar |
I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | |||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash. | 2026-yil 20-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
2. | Koʻrgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlaridagi shohkoʻchalar, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylar, tashqi reklama obyektlari, bilbordlar, LED-ekranli konstruksiyalar, jamoat transporti (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temiryoʻl vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish. | 2026-yil 20 — 25-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, OʻzMTRK, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Transport vazirligi |
3. | Davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar va kengashlar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish. | 2026-yil 25-noyabrdan boshlab | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
4. | Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuvlar, jonli muloqotlar, suhbatlar va boshqa madaniy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
5. | “Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib etish boʻyicha “Maʼrifat oyligi”ni oʻtkazish. | 2026-yil dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi |
6. | Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrida — Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish va unda: Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish; Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish; konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish; “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish; Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar va boshqa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash. | 2026-yil 5 — 8-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz |
7. | Mahallalarda, maktablar hovlilarida 7-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan Davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini oʻtkazish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish. | 2026-yil 5-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
8. | “Constitution.uz” veb-sayti bazasida tashkil etilgan elektron Konstitutsiya kutubxonasini zamonaviy ilmiy va tahliliy materiallar bilan boyitish. | Doimiy ravishda | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi |
9. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida), “Oʻzarxiv” agentligi |
II. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari | |||
10. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish. | 2026-yil 1 — 8-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
11. | Fuqarolar kundalik hayotida koʻp uchraydigan vaziyatlarda Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanishi boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targʻib qilish. | 2026-yil noyabr-dekabr | OʻzMTRK, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, davlat organlari va tashkilotlari |
12. | Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid mediatadbirlarni (alohida mediareja asosida maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, radioeshittirish, maqola, viktorina va b.) oʻtkazish. Davlat telekanallari belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish. | 2026-yil noyabr-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, vazirlik va idoralar |
13. | Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2026-yil 1 — 8-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, OʻzMTRK, OʻzA, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi |
14. | Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2026-yil 7-8-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi |
15. | Markaziy hamda hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida: 1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish. | 2026-yil 1 — 8-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, IIV, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura |
16. | Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash. | 2026-yil noyabr-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, vazirlik va idoralar |
17. | “Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
18. | Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish. | 2026-yil dekabr | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
19. | Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2026-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, OʻzMTRK |
20. | “#Men va Konstitutsiya”, “#Meningkonstitutsiyam”, “#Konstitutsiyakuni” xeshteglari ostida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, fuqarolarda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan videoroliklarni tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish. | 2026-yil 1 — 10-dekabr | OʻzMTRK, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi |
21. | Ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish va yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilarni taqdirlash. | 2026-yil 1 — 10-dekabr | Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, TDYU |
22. | Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli, shu jumladan, xorijiy tillarda ochib beruvchi, bolalar uchun moʻljallangan multiplikatsion (animatsion) videorolik tayyorlash va keng tarqatish. | 2026-yil dekabr | Adliya vazirligi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi |
23. | Hududlarda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlar doirasida “Targʻibot poyezdi” loyihasini amalga oshirish. | 2026-yil dekabr | Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, TDYU |
III. Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar | |||
24. | Konstitutsiya kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2026-yil 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
25. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2026-yil 4 — 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
26. | Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash. | 2026-yil 4 — 7-dekabr | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
27. | Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlar eʼtiboriga havola etish. | 2026-yil 1 — 8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
28. | Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yoʻllash. | 2026-yil 8-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
29. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyinini va boshqa intellektual oʻyinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada oʻtkazish. | 2026-yil dekabrdan eʼtiboran | “Zakovat intellektual klubi” NNT, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, IIV, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi |
30. | Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
31. | Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi Konstitutsiya targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish. | 2026-yil 24-noyabr — 7-dekabr | Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, TDYU, Taʼlim va ilm-fan vazirlig |
IV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar | |||
32. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birinchi rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish doirasida tegishli organ tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
33. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib oʻrgatishga qaratilgan oʻquv seminarlar tashkil etish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya |
34. | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 34 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish. | 2026-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
35. | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan materiallarni eʼlon qilish. | 2026-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
36. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi xorijiy tillarda (ingliz, fransuz, yapon, koreys, xitoy, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz va b.) tayyorlangan materiallarni xorijiy davlatlarning elektron resurslarida va Oʻzbekistonning ushbu davlatlardagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Dunyo” AA |
37. | Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisidagi axborotini taqdim etish. | 2027-yil yanvar | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
38. | “Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini oʻtkazish va uning doirasida talabalar uchun Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali, muzey va kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
39. | Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida Konstitutsiya kunida 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish. | 2026-yil 7-dekabr | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, mahalliy hokimliklar |
40. | Konstitutsiya targʻibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash. | 2026-yil dekabr | Adliya vazirligi |
V. “Konstitutsiya oyligi” doirasida taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari | |||
41. | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida). | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, TDYU |
42. | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Adliya vazirligi, OʻzMTRK |
43. | Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
44. | Oʻzbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan III konferensiyasini oʻtkazish. | 2026-yil 5-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
45. | Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
46. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntiruvchi “Moddalar gapiradi” nomli videoroliklar tayyorlash va tarqatish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Adliya vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
47. | “Kelajak” markazlarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish, taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. | 2026-yil 1 — 7-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, mahalliy hokimliklar |
48. | Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
49. | Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining Konstitutsiya haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan “Konstitutsiyaga sayohat” nomli interaktiv kitob va unga ishlangan huquqiy multfilmlarni ingliz tilida tayyorlash, 1000 nusxada chop etish va taqdimotini oʻtkazish, shuningdek, ularni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga tarqatish. | 2026-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, OʻzA |
50. | Toshkent davlat yuridik universitetida konstitutsiyaviy huquq boʻyicha taniqli xorijlik olim va ekspertlar ishtirokida Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish. | 2026-yil 4-dekabr | Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, TDYU |
2-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
2. | O.D. Davlatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
3. | X.M. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayter |
4. | Sh.I. Asadov | — | Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi — Prezident matbuot kotibi |
5. | A.X. Azimov | — | Prezident Administratsiyasi departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari |
6. | E.O. Turdimov | — | Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri |
7. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri |
8. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
9. | A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
10. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
11. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
12. | A.A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
13. | B.B. Kudratxodjayev | — | mudofaa vaziri |
14. | A.I. Ikramov | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
15. | B.X. Tashmatov | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
16. | E.E. Adilov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
17. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
18. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
19. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
20. | Q.R. Sariyev | — | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi |
21. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
22. | A.A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
23. | A.K. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
24. | O.A. Xasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
25. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |