20.10.2026 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Sport agenti va sport ligasi hamda sport tadbirlarini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, sport agenti faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, sport ligasi tomonidan professional sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini tartibga solish hamda jismoniy tarbiya va sport musobaqalari hamda tadbirlarini oʻtkazish qoidalarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agentining maqomi, huquqlari va majburiyatlari belgilangani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti faoliyatini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ligasi sport musobaqalarini tashkil etish, oʻtkazish va boshqarish faoliyatini amalga oshirish maqsadida idoraviy mansubligi hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxs maqomi bilan yoki yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ligasining faoliyat yuritish tartibi, shuningdek, sport ligasi tomonidan professional sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport musobaqalari hamda tadbirlarini oʻtkazish qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport agenti faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport ligasining faoliyat yuritish tartibi hamda sport ligasi tomonidan professional sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 20-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
580-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 580-son qaroriga
1-ILOVA

Sport agenti faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom sport agentining maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agentlik shartnomasi — sport agenti xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha huquqiy munosabatlarni oʻrnatish maqsadida tuzilgan yozma kelishuv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi;

vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz — sport agenti xizmatlarini koʻrsatish uchun sport agentini yollashi mumkin boʻlgan tegishli sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari), sport klublari, sportchilar yoki trenerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti — sportchi, trener yoki sport klubi nomidan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatuvchi, shartnomalar hamda transfer kelishuvlarini tuzishda vositachilik qiluvchi va ularning shartlariga rioya etilishini kuzatib boruvchi shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti xizmatlari — mijoz uchun yoki uning nomidan tegishli sport turlari boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar, shu jumladan, mijoz nomidan muzokaralar olib borish, shartnomalar hamda transfer kelishuvlarini tuzishda vositachilik qilish va ularning shartlariga rioya etilishini kuzatib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyasi (uyushmasi) — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestriga kiritilgan nodavlat notijorat tashkiloti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sport agenti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, xalqaro sport tashkilotlarining qoidalariga (nizomlariga, reglamentlariga) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sport agenti faoliyatini tashkil qilishning maqsadi va asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sport agenti sportchi, trener yoki sport klubi nomidan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatish, shartnomalar hamda transfer kelishuvlarini tuzishda vositachilik qiladi va ularning shartlariga rioya etilishini kuzatib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sport agentining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport sohasida shartnomalarning qonunchilik hujjatlari, tegishli sport turi boʻyicha xalqaro va milliy sport tashkilotlari qoidalariga muvofiq tuzilishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar, trenerlar va sport klublari oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarda taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmagan sportchilar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari, tegishli sport turi boʻyicha xalqaro va milliy sport tashkilotlari qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilish, ularning taʼlim, ijtimoiy, shaxsiy va sport karyerasi bilan bogʻliq manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti faoliyatida halollik, axloqiylik, professionallik, xolislik va mijoz manfaatlariga sodiqlik prinsiplariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti xizmatlari uchun haq toʻlash, komissiya, mukofot pullari, xarajatlarni qoplash va boshqa moliyaviy munosabatlarda shaffoflikni taʼminlash, yashirin, noqonuniy yoki asossiz toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sport turi qoidalariga zid boʻlgan yoki sunʼiy transfer amaliyotlarida ishtirok etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport musobaqalari natijalariga qonunga xilof ravishda taʼsir koʻrsatish, korrupsiya, doping va qonunga xilof boshqa harakatlarni amalga oshirmaslik va ularda ishtirok etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport sohasidagi qonunchilik hujjatlari, tegishli sport turi boʻyicha xalqaro va milliy sport tashkilotlari tomonidan belgilangan qoidalar (reglamentlar) talablariga rioya etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sport agentining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sport agenti quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar, trenerlar va sport klublari bilan agentlik shartnomalarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar, trenerlar va sport klublari nomidan hamda ularning manfaatlarini koʻzlab shartnoma asosida faoliyat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalar tuzishda sportchilarning, trenerlarning va sport klublarining manfaatlarini ifoda etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanadigan homiylar, reklama beruvchilar bilan hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar, trenerlar va sport klublari manfaatlarini ifoda etganlik uchun haq (daromad) olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport agenti qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sport agenti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarni (reglamentlarni, nizomlarni), sport turi qoidalari hamda sport musobaqalarining qoidalarini (nizomlarini, reglamentlarini) bilishi va ularning talablariga qatʼiy rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti xizmatlarini koʻrsatishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilgan shartnomalarga muvofiq sportchilarning, trenerlarning va sport klublarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kuzatib borishi hamda himoya qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport agentining zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sport agenti faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi talablarga javob beruvchi shaxslar sport agenti faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) umumiy talablar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy maʼlumotga (qoida tariqasida yurisprudensiya, jismoniy tarbiya va sport, iqtisodiyot yoʻnalishlaridan biri) ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muomalaga layoqatli boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiya, firibgarlik, sport musobaqalari natijalariga qonunga xilof ravishda taʼsir koʻrsatish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha sudlanmagan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kasbiy bilim va malaka darajasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport sohasi va mehnat munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlari, xalqaro va milliy sport tashkilotlarining qoidalari (nizomlari, reglamentlari)ni bilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzokaralar olib borish, nizolarning oldini olish va ularni hal etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sport agenti faoliyati har bir sport turi boʻyicha tegishli xalqaro sport federatsiyasi tomonidan belgilanadigan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tegishli sport turi boʻyicha xalqaro sport tashkiloti tomonidan sport agenti faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilanmagan hollarda, ayni shu sport turi boʻyicha sport federatsiyasi (uyushmasi) vakolatli organ bilan kelishilgan holda sport agenti faoliyatini amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sport federatsiyasi (uyushmasi) oʻzi rivojlantiradigan sport turi boʻyicha sport agenti faoliyati yuzasidan quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro sport tashkiloti tomonidan tasdiqlangan sport agentining faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro sport tashkiloti tomonidan tasdiqlangan sport agentining faoliyat yuritish tartibining davlat tilidagi tarjimasini oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agentiga xalqaro sport tashkiloti tomonidan tasdiqlangan sport agentlari faoliyat yuritish tartibi boʻyicha tushuntirish va maslahat berib borishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti tomonidan tuziladigan agentlik shartnomalari hisobini yuritish va vakolatli organning axborot tizimiga ushbu shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi, moliyaviy shaffoflik va voyaga yetmaganlar bilan ishlash talablariga rioya etilishini kuzatib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organning axborot tizimida oʻzi rivojlantiradigan sport turlari boʻyicha sport agentlari reyestrini yuritib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sport agenti mijoz uchun sport agenti xizmatlarini faqat ushbu mijoz bilan yozma ravishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda agentlik shartnomasi tuzilganidan keyin koʻrsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sport agenti shartnomasida quyidagilar majburiy tartibda koʻzda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat koʻrsatiladigan sport turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agentining mijoz nomidan harakat qilish vakolatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agenti haqining miqdori, hisoblash tartibi va toʻlov manbai;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlar toʻqnashuvi mavjud emasligi yoki mavjud boʻlsa, bu haqida yozma maʼlum qilingani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxfiylik shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari va xalqaro sport tashkiloti qoidalarida belgilangan boshqa masalalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sport agenti shartnomasi tuzilmasdan sportchi, trener yoki sport klubi nomidan muzokaralar olib borishga, shartnomalar yoki transfer kelishuvlarini tuzishda vositachilik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sport federatsiyasi (uyushmasi) sport agenti boʻyicha maʼlumotlarni real vaqt rejimida vakolatli organning axborot tizimiga kiritib boradi hamda ushbu axborot tizimida oʻzi rivojlantiradigan sport turi (turlari) boʻyicha sport agentlari reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sport agentlari reyestriga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agentining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyasi (uyushmasi) nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport agentining tegishli litsenziya, ruxsatnoma, akkreditatsiya yoki boshqa ruxsat berish xususiyatiga ega hujjati (agar mavjud boʻlsa) raqami va amal qilish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sport agenti shartnomasida mijozning sport agenti ishtirokisiz mustaqil muzokaralar olib borish, shartnoma tuzish yoki shartnoma muddati tugaganidan keyin boshqa sport agenti bilan shartnoma tuzish huquqini cheklovchi shartlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida

18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 580-son qaroriga
2-ILOVA

Sport ligasining faoliyat yuritish tartibi hamda sport ligasi tomonidan professional sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom sport ligasining maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, faoliyatini tashkil etish hamda sport ligasi tomonidan professional sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sport ligasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ligasi — sport musobaqalarini tashkil etish, oʻtkazish va boshqarish faoliyatini amalga oshirish maqsadida idoraviy mansubligi hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxs maqomi bilan yoki yuridik shaxs maqomisiz faoliyat yurituvchi tuzilma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional sport musobaqasi — professional sportchilar yoki jamoalar ishtirokida oʻtkaziladigan, reyting yoki tijorat ahamiyatiga ega boʻlgan musobaqa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sport ligasining maqsadi va asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sport ligasining maqsadi professional sportni rivojlantirish, muayyan sport turi boʻyicha musobaqalarni yagona tizim asosida tashkil etish va oʻtkazish, sport musobaqalarining adolatli, shaffof va xalqaro standartlarga muvofiq oʻtishini taʼminlash, sportchilar va jamoalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sport sohasiga investitsiya va homiylikni jalb etishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar sport ligasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan sport turi boʻyicha professional sport musobaqalarini rejalashtirish, tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional sportchilar va jamoalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musobaqalarda ishtirok etuvchi sportchilar, jamoalar, hakamlar va boshqa ishtirokchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musobaqalarni oʻtkazishda xavfsizlik choralarini, tibbiy xizmat koʻrsatish va doping nazoratini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda axborot siyosati, translyatsiya huquqlari hamda tijorat manfaatlarini samarali boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport sohasiga investitsiyalar, homiylik va reklama mablagʻlarini jalb etish hamda ulardan maqsadli va shaffof foydalanishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ligasi doirasida intizom qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, qoidabuzarliklar uchun tegishli sanksiyalarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro sport tashkilotlari va federatsiyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sport ligasiini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sport ligasi idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxs maqomi bilan yoki yuridik shaxs maqomisiz tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs maqomiga ega sport ligasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yuridik shaxs maqomiga ega sport ligalari oʻz faoliyati boʻyicha belgilangan tartibda hisobot yuritib borilishini taʼminlaydi, shu jumladan, moliyaviy va statistika hisobotlarini vakolatli organlarga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sport ligasini tashkil etish tashabbusi jismoniy va yuridik shaxslar, sport federatsiyalari hamda boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan ilgari surilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sport ligasi oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ustav asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sport ligasi oʻz faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz ichki qoidalari, reglamentlari va musobaqalar taqvimini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sport ligasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ligasi faoliyatiga oid musobaqalar, chempionatlar va turnirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musobaqalarni oʻtkazish tartibi, reglamenti va taqvimini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport ligasi aʼzolari boʻlgan klublar (jamoalar), sportchilar va boshqa shaxslar uchun qoidalar va talablarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liga ramzlari (nomi, logotipi, bayrogʻi va boshqalar)dan belgilangan tartibda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yigʻilishlar, konferensiyalar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liga doirasida belgilangan tartibda intizomiy choralar qoʻllash (ogohlantirish, jarima, chetlatish va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liga manfaatlarini davlat organlari, xalqaro va milliy sport tashkilotlari oldida belgilangan tartibda himoya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport ligasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar sport ligasining majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari, xalqaro va milliy sport qoidalari asosida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolati doirasida oʻtkazadigan musobaqalar adolatli, xolis va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar, klublar va ishtirokchilarning huquq va manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intizom, sport etikasi va halol oʻyin (fair play) tamoyillariga rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilarning sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dopingga qarshi qoidalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
liga faoliyati boʻyicha hisobotlar yuritish va belgilangan tartibda vakolatli organlarga taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport ligasi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sport ligasi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, sport federatsiyalari (uyushmalari), xalqaro sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Sport ligalari tomonidan sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sport ligasi tomonidan professional sport musobaqalari qonunchilik hujjatlariga va xalqaro sport federatsiyalari qoidalariga, shuningdek, ushbu nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sport ligasi professional sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional sport musobaqasi reglamentini ishlab chiqadi va tegishli sport federatsiyasi (uyushmasi) bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional sport musobaqasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hakamlik, tibbiy xizmat, xavfsizlik va tashkiliy masalalarni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar uchun teng va adolatli shart-sharoitlarni yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Musobaqalarni oʻtkazishda sport inshootlari belgilangan texnik, sanitariya va xavfsizlik talablariga javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport inshootlari belgilangan texnik, sanitariya va xavfsizlik talablariga javob bermasa, musobaqa oʻtkazish qatʼiyan taʼqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Professional sport musobaqalari natijalari sport ligasining rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizom talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 580-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish hamda ularda ishtirok etish qoidalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha jismoniy tarbiya va sportni ommalashtiruvchi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlarini oʻtkazadigan va ularda qatnashadigan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi — oʻz tashabbusi bilan jismoniy tarbiya yoki sport tadbirini oʻtkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda oʻtkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya tadbiri — aholini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport tadbiri — tasdiqlangan qoidalar asosida tashkil etiladigan, jismoniy faollik va raqobatga asoslangan musobaqa, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga, sportchilarning mahorati va salohiyatini namoyon etishga hamda aholini sportga jalb etishga qaratilgan tadbir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari roʻyxatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar roʻyxatini belgilovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport turi — sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrilishi bilan ajralib turuvchi, sport musobaqalarini oʻtkazishga va ularda ishtirok etishga doir talablar va shartlar belgilanadigan qoidalarga (nizomga, reglamentga) ega boʻlgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-mashq yigʻinlari — sportchilarni sport musobaqalariga va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlash va ularda ishtirok etish, shuningdek, ushbu tadbirlardan keyin tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz tadbirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlari talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etish va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchi jamoalarning sport tayyorgarligini musobaqa oʻtkazish orqali baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning sport mahoratini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilarni sport musobaqalariga tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishish uchun sportchilarning musobaqa amaliyotini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri mazkur tadbir toʻgʻrisidagi nizom (reglament) hamda qonunchilikda hujjatlari talablari asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qoʻllanadigan sport turi qoidalari asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki Oʻzbekiston Respublikasi kubogi maqomi va nomidan faqat rasmiy sport musobaqalarida foydalanilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va Oʻzbekiston Respublikasi kuboklari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Rasmiy sport musobaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari asosida jismoniy tarbiya hamda sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan ishlab chiqiladigan va jismoniy tarbiya hamda sport sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy tarbiya va sport tadbiri toʻgʻrisidagi nizom asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri toʻgʻrisidagi nizomda sport va jismoniy tarbiya tadbirlarni oʻtkazish muddatlari va joyi, ularda qatnashish tartibi va shartlari, moliyalashtirish va boshqa masalalar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi maqomi hamda nomiga rasmiy sport musobaqasi ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablar qonunchilik hujjatlariga va tegishli sport turi qoidalariga zid boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirning rasmiy nomi, maqsadi, vazifalari va maqomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbir tashkilotchisi va hamtashkilotchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport turi, sport turining tarmogʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni oʻtkazish muddati va joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va ishtirok etish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻllanadigan sport turi qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musobaqa natijalari, hakamlik yoki boshqa qarorlar yuzasidan shikoyat qilish hamda ularni koʻrib chiqish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va sport musobaqasi natijalariga qonunga xilof ravishda taʼsir koʻrsatishni taqiqlash talablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi tadbirni tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazishni tashkiliy va moliyaviy jihatdan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirni oʻtkazish uchun zarur sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport hakamlari tarkibini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
musobaqaning tegishli sport turi qoidalari asosida adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbir ishtirokchilari va tomoshabinlarining xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan hollarda tibbiy taʼminotni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbir natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining nomlaridan, ular asosida tuzilgan soʻz birikmalaridan hamda mazkur tadbirlar ramzlaridan uchinchi shaxslarning foydalanishi jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi bilan yozma shaklda tuziladigan kelishuvlar asosida foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu nomlardan, ular asosida tuzilgan soʻz birikmalaridan va mazkur tadbirlar ramzlaridan axborot maqsadida yoxud ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirini yoritish huquqini olgan uchinchi shaxslar tomonidan ushbu huquqlardan foydalanish hollari bundan mustasno hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchilari tomonidan tasdiqlangan, toʻgʻri koʻrsatilgan nomlaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlari nomlar reklama hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini yoritish huquqidan uchinchi shaxslar faqat jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchilarining yozma ruxsatlari bilan yoxud uchinchi shaxslar tomonidan ushbu huquqlarning bunday tadbirlar tashkilotchilaridan sotib olingani toʻgʻrisidagi yozma shakldagi kelishuvlar asosida foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ularni oʻtkazish xususiyatidan kelib chiqqan holda tegishli ochiq va yopiq sport inshootlarida yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa joylarda oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sport musobaqalarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan sport inshootlari qonunchilikda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazishda qonunchilikda belgilangan texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena, yongʻin xavfsizligi, tibbiy va boshqa xavfsizlik talablariga rioya qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi tadbirning turi, ishtirokchilar soni va sport turining xususiyatidan kelib chiqqan holda zarur tibbiy taʼminotni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining umumiy soni sport inshootining belgilangan sigʻimidan oshmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi yoki uning tadbirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qarorlar qabul qilishga vakolatli masʼul vakili tadbir davomida tadbir oʻtkazilayotgan joyda boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sport musobaqasi davomida sport hakamlari tegishli sport turi qoidalari, jismoniy tarbiya va sport tadbiri toʻgʻrisidagi nizom (reglament) hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq hakamlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sport musobaqasi natijalari sport hakamlari tomonidan rasmiy bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi sport musobaqasining yakuniy natijalarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri ishtirokchilar yoki tomoshabinlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, sport inshootidan xavfsiz foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi, musobaqani tegishli sport qoidalari asosida oʻtkazish imkonini bermaydigan yoki boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelganda vaqtincha toʻxtatilishi, boshqa vaqtga yoki joyga koʻchirilishi, tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoxud bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro sport tadbirlari tegishli sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq ommaviy tadbir hisoblangan taqdirda, mazkur tadbir ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olinganidan keyin oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ruxsatnoma olish uchun murojaat qilish jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Jismoniy tarbiya va sport musobaqalari hamda tadbirlari tashkilotchisi va tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jismoniy tarbiya va sport tadbiri tashkilotchisi hamda tadbir oʻtkaziladigan obyekt maʼmuriyati jismoniy tarbiya va sport tadbiri davomida ushbu Qoidalarda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 09/26/580/1059-son)