Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2019 10.01.2004 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2019
Hujjat 05.10.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QarorI
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlarini chiqarish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 705-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qimmatli qogʻozlar bozorini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, davlat budjeti defitsitini inflatsiyasiz qoplash manbalarini koʻpaytirish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2004-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlarini chiqarishga ruxsat etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlari davlat qimmatli qogʻozlari hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hujjatsiz shaklda chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq muomalada boʻladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlari tijorat banklari va yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari oʻrtasida joylashtiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlari emissiyasi belgilab qoʻyilgan daromad foiziga ega boʻlgan, bir yildan besh yilgacha muomalada boʻladigan muddat bilan alohida-alohida chiqarilgan holda amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlarini joylashtirishdan olingan mablagʻlar respublika budjetiga tushadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqarilgan davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlarini joylashtirish va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda, moliya bozori konyunkturasiga va budjet ehtiyojlariga qarab har qaysi chiqarilish hajmini, toʻlovlar davrini va daromad foizini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkilamchi bozorda davlat oʻrta muddatli gʻazna majburiyatlarini sotib olish operatsiyalarini, shuningdek ularni muddatidan oldin toʻlash operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularni toʻlash tartibi boʻyicha ushbu qarordan kelib chiqadigan normativ hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 16-modda; 2015-y., 39-son, 507-modda)