O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
3. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilguniga qadar muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilgan harbiy xizmatchilarga, muqobil xizmatni o‘tash uchun chaqirilgan fuqarolarga nisbatan muddatli harbiy va muqobil xizmatni o‘tashning ilgari belgilangan muddatlari saqlab qolinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Harbiy qasamyod to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 348-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 401-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 402-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 11, 434-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 11, 435-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 266-modda) VII bo‘limi;
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda) XIII bo‘limi;
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda) IV bo‘limi;
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda) III bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. Xalilov
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
437-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda)