O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MUQOBIL XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oylik muddat ichida “Muqobil xizmatni tashkil etish va uni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
muqobil xizmat qo‘llanadigan vazirliklar, idoralar, sohalarning ro‘yxati hamda ular bajaradigan ishlarning turlarini belgilasin;
Hukumatning qarorlarini “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq holga keltirsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari fuqarolar muqobil xizmatni o‘tash uchun qo‘llanadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
647-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 11-son, 435-modda)