19.02.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1220
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
 LexUZ sharhi
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti (80-son AFMS) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatni takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solishni belgilaydi.
(6-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 26-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1220-2, 25.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1220-2/2813-son)