06.08.2026 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Chorvachilik hamda baliqchilik tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 2-iyuldagi PF-122-son Farmoni hamda “Chorvachilik tarmogʻi va yaylov xoʻjaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Chorvachilik komplekslarini tashkil qilish, naslli mollarni xarid qilish hamda baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasini Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 6-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
435-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-avgustdagi 435-son qaroriga
1-ILOVA

Chorvachilik komplekslarini tashkil qilish, naslli mollarni xarid qilish hamda baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan chorvachilik va baliqchilik sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) chorvachilik va baliqchilik majmualarini tashkil etish, naslli yirik va mayda shoxli mollarni xarid qilish, shuningdek, chorvachilikda naslli buqalar urugʻini yetishtiradigan korxonani tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli buqalarni sotib olish hamda baliqchilik loyihalari, shu jumladan, naslli baliqlarni yetishtirish xarajatlari (keyingi oʻrinlarda — chorvachilik va baliqchilik loyihalari xarajatlari)ni moliyalashtirish uchun kredit ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida chorvachilik va baliqchilik loyihalari xarajatlarini moliyalashtirish uchun kredit ajratish maqsadida resurs joylashtirish toʻgʻrisida har moliya yili uchun bitim tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklari chorvachilik va baliqchilik loyihalari xarajatlarini moliyalashtirish uchun kredit ajratish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan loyihalar boʻyicha Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzgan bitimga muvofiq qarz oluvchining chorvachilik va baliqchilik loyihalari xarajatlarini moliyalashtirishga kredit ajratish uchun 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan, qolgan davrda oyma-oy teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, yillik 6 foiz stavkada kredit resurslarini joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kredit resurslari tijorat banki bilan qarz oluvchining kelishuviga asosan ajratiladigan kreditning muddati va imtiyozli davriga mutanosib ravishda joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir loyiha uchun Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kredit resurslarini qaytarish muddatining boshlanishi sifatida ushbu resurslarning dastlabki ajratilgan sanasi (oy) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banki tomonidan kredit resurslari bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, resurslarning qaytarilmagan qismiga foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 barobaridan 4 foiz punktiga kamaytirilgan miqdorida hisoblanadi va tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tadbirlarida ajratilgan kreditdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida Jamgʻarma foydasiga jarima qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarining oʻttiz kalendar kuni davomida ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan bir bank ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi hamda ushbu mablagʻlar uchun qayta buyurtma taqdim etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kredit resurslarining maqsadli ishlatilishi va belgilangan muddatda Jamgʻarmaga qaytarilishi hamda taqdim etilayotgan buyurtmanomalarning haqqoniyligiga tijorat banki masʼul va javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kreditlar tijorat bankining kredit siyosati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibiga kiruvchi “Agroplatforma” axborot tizimi orqali ariza bilan birga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qarz oluvchining toʻlov intizomi, moliyaviy holati hamda kredit tarixidan kelib chiqqan holda kredit taʼminoti sifatida quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk garovi (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchiga rasmiylashtirilgan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilingani toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiyatlarni bajarishga moliyaviy jihatdan toʻlovga layoqatli boʻlgan uchinchi shaxslarning kafilligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan boshlab tijorat banki qarz oluvchining arizasini bank kredit siyosatida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit ajratish rad etilgan taqdirda, tijorat banki rad etish sabablarini asoslantirgan holda bir bank ish kuni ichida qarz oluvchini yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Qarz oluvchiga kredit ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi bank ish kunidan kechiktirilmasdan qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tijorat banki qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi — 4 foiz), 4 yillik imtiyozli davr bilan, qolgan davrda oyma-oy teng ulushlarda qaytarish sharti asosida, 10 yilgacha muddatga, kredit muddatini uzaytirish huquqisiz quyidagi yoʻnalishlarda kredit ajratadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chorvachilik va baliqchilik majmualarini tashkil qilish (qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash), nasldor yirik va mayda shoxli mollar hamda naslli baliqlarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 milliard soʻmgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chorvachilikda naslli buqalar urugʻini yetishtiradigan korxonani tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar sotib olish hamda baliqchilik loyihalari, shu jumladan, naslli baliqlarni yetishtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 milliard soʻmgacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qarz oluvchi kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmagan taqdirda, kreditning belgilangan muddatda qaytarilmagan qismi tijorat bankining oʻz mablagʻlari hisobidan tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi va ushbu resurs Jamgʻarmaga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kredit monitoringi va ularni soʻndirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari hamda elektron toʻlov vositasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tijorat banki qarz oluvchiga ajratilgan kreditning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan muddatda qaytarilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchi nomiga kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun 23210 hisobvaragʻi ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz oluvchi tomonidan 23210 hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, chorvachilik va baliqchilik xarajatlari uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari soʻndiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Chorvachilik va baliqchilik loyihalari xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki 23210 hisobvaragʻida qolgan mablagʻlar qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, qarz oluvchi ushbu mablagʻlardan erkin foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qarz oluvchi kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin toʻliq yoki qisman soʻndirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar

19. Tijorat banklari kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish hamda Jamgʻarmaning kredit resurslarini belgilangan muddatda qaytarilishi yuzasidan masʼul va javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-avgustdagi 435-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi yetishtirish va yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Foiz toʻlovlari ushbu Nizom kuchga kirgan sanadan boshlab 2026-yilning toʻrtinchi choragi oxirigacha boʻlgan davr uchun taqdim etiladigan buyurtmalarga asosan 2027-yilning yanvar oyi yakuniga qadar qoplab beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 28-apreldagi 206-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 171-ilovaga muvofiq”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash hamda aholi xonadonlarida naslli qoramollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 172-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 8-ilovaning 9-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarorining 8-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan miqdorlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtopilot uskunasini xarid qilishda foiz xarajatlarining 14 foizlik punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismini”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi 172-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-son qaroriga
172-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash hamda aholi xonadonlarida naslli qoramollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash hamda aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan naslli buzoq olgan holda naslli qoramollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agroportal — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya qilingan sigir — yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan va birka (ID)ga ega hayvon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naslli buzoq — identifikatsiya qilingan sigirdan olingan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan buzoq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim tashkilotlari — Toshkent davlat agrar universiteti, Qishloq xoʻjaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridagi filiallari hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash hamda aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan naslli buzoq olgan holda naslli qoramollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sunʼiy urugʻlantirish — maxsus hujjatga ega (maxsus sertifikatga ega boʻlgan) mutaxassis tomonidan amalga oshirilgan sunʼiy urugʻlantirish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
embrion transplantatsiyasi — maxsus hujjatga ega (maxsus sertifikatga ega boʻlgan) mutaxassis tomonidan ilgʻor biotexnologiya asosida amalga oshirilgan embrion koʻchirish jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“VIS Chinor” — Identifikatsiya qilingan hayvonlar yagona elektron maʼlumotlar bazasi axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi hamda Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar kelgusi yilda subsidiya ajratish maqsadida hududlar kesimida talab etiladigan subsidiyaning prognoz koʻrsatkichlarini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agentlik bilan birgalikda har kalendar yilning 20-iyuliga qadar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan prognoz koʻrsatkichlarini oʻrganib chiqadi hamda budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun hisob-kitoblarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Subsidiya quyidagi yoʻnalishlarda ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 31-dekabriga qadar sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun — 2 million soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar sunʼiy urugʻlantirish orqali olingan naslli buzoq uchun — 500 ming soʻm, embrion transplantatsiyasi orqali olingan naslli buzoq uchun — 700 ming soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq Agroportal orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar (keyingi oʻrinlarda — osemenator) oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgandan soʻng texnik-osemenator oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun Agentlikka Agroportal orqali ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi;

bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻi);

oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlik toʻgʻrisida oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma va sertifikat nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Osemenatordan ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizadagi maʼlumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi boʻyicha osemenator javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik bir ish kunida osemenator tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi Agentlik tomonidan yuborilgan arizaga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kunida koʻrib chiqadi va osemenatorga subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi xulosaning toʻgʻri rasmiylashtirilgani va haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 8-bandi talablari bajarilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijasida subsidiya oluvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish holatlari aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, osemenator bir oy muddatda Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf qilgan holda, Agroportal orqali subsidiya ajratish toʻgʻrisida qayta murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Osemenator Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirgandan soʻng bir ish kuni ichida tasdiqlangan xulosani Agroportal orqali Agentlikka yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan subsidiyani osemenatorning arizasida koʻrsatilgan tijorat bankidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sunʼiy urugʻlantiriladigan sigirlarni roʻyxatga olish va sunʼiy urugʻlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Osemenator aholi xonadonlaridagi sigirlarni identifikatsiya qilingani hamda “VIS Chinor” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) kiritilganini tekshirib, ushbu sigir identifikatsiya qilinmagan hamda axborot tizimiga kiritilmagan boʻlsa, xonadon egasini ushbu sigirni identifikatsiya qilish hamda axborot tizimiga kiritish boʻyicha ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Urugʻlantiriladigan sigir identifikatsiya qilingan hamda axborot tizimiga kiritilgan boʻlsa, osemenator tomonidan embrion transplantatsiyasi amalga oshiriladi yoki sunʼiy urugʻlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Osemenator sigir urugʻlantirilgani boʻyicha maʼlumotlarni (urugʻlantirilgan sana, urugʻ yoki embrionning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni) axborot tizimiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Osemenator uch oydan soʻng sunʼiy urugʻlantirilgan yoki embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan sigir haqiqatda boʻgʻozligi yoki boʻgʻoz emasligi boʻyicha axborot tizimiga xulosa kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xonadon egasi embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan yoki sunʼiy urugʻlantirilgan sigiri buzoqlagan kuni bu haqda Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazining tumanlardagi masʼul xodimlarini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazining tumanlardagi masʼul xodimlari va osemenator oʻz navbatida xonadon egasiga tugʻilgan naslli buzoq uchun subsidiya olish imkoniyati va tartibi toʻgʻrisida tavsiyaviy maʼlumot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazining tumanlardagi masʼul xodimi ushbu tugʻilgan naslli buzoqning identifikatsiya qilingani hamda tugʻilgan naslli buzoq haqiqatan ham (boʻgʻozlik muddati va zotdorligining mosligiga koʻra) aynan embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgani haqidagi tasdiqlovchi yakuniy xulosani axborot tizimiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan nasldor buzoq uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoq uchun subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq Agroportal orqali ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xonadon egasi embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoq uchun subsidiya olish maqsadida buzoq identifikatsiya qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida Agroportal orqali Agentlikka arizaga quyidagi maʼlumotlarni kiritgan holda murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank rekvizitlari (bank boʻlimi nomi, MFO va talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilgan naslli buzoqning identifikatsiya qilingani boʻyicha fotolavhasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xonadon egasidan ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizadagi maʼlumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi boʻyicha xonadon egasi javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agentlik embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoq toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (sigir va buzoqning identifikatsiya raqamlari, qachon va qaysi osemenator tomonidan embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish amalga oshirilgani, urugʻning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni) axborot tizimidan oʻzaro integratsiya orqali oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlik xonadon egasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom talablariga mos boʻlganda, subsidiyani bir ish kunida xonadon egasining arizada koʻrsatilgan tijorat bankdagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya miqdori axborot tizimidan integratsiya orqali olingan maʼlumotlar asosida Agroportalda avtomat ravishda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Subsidiya mablagʻlarini monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xonadon egasi embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoqlarni kamida 2 oy davomida saqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Agroportal orqali embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoqlar uchun subsidiya olgan xonadon egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoqlarning 2 oy davomida saqlanishini har oyda monitoring qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan monitoring jarayonida ushbu shart bajarilmagani boʻyicha holatlar aniqlanganda, Agentlikni Agroportal orqali bu haqda xabardor qiladi. Agentlik mazkur holatda subsidiyani qaytarish choralarini koʻradi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoqlar haqiqatda nobud boʻlgani toʻgʻrisida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tuzilgan dalolatnomalar mavjud boʻlgan holatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Subsidiya ajratish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar muzokaralar oʻtkazish orqali hal etilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi subsidiyalarning toʻgʻri tayinlanishi va ajratilishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash hamda aholi xonadonlarida naslli qoramollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Osemenator

Subsidiya olish uchun Agroportal orqali arizaga Nizomning 8-bandida keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Texnik-osemenatorlar oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgandan soʻng

2-bosqich

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

Osemenator tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan maʼlumotlarni Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Agentlik tomonidan yuborilgan arizaga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Agentlik

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining ijobiy xulosasiga asosan osemenatorning arizada koʻrsatilgan tijorat bankidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga subsidiya ajratadi.

1 ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik-osemenatorlar oʻquv kurslariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash hamda aholi xonadonlarida naslli qoramollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoq uchun subsidiya ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Xonadon egasi

Embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoq identifikatsiya qilingandan soʻng subsidiya olish uchun Agroportal orqali arizaga Nizomning 17-bandida keltirilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

30 kun ichida

2-bosqich

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

Embrion transplantatsiyasi yoki sunʼiy urugʻlantirish orqali tugʻilgan naslli buzoq toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimidan integratsiya orqali shakllantiradi va talabgor xonadon egasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlganda xonadon egasining arizasida koʻrsatilgan tijorat bankidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.

1 ish kuni ichida

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2026-y., 09/26/435/0827-son)