17.07.2026 yildagi PQ-269-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI

Respublikada xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarining integratsiyasini taʼminlash, mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida dasturlarni oʻzaro tan olish orqali akademik mobillikni kuchaytirish, shuningdek, integratsiyalashgan dasturlarni xalqaro reytinglarning top-100 talik roʻyxatga kiruvchi universitetlari akademik talablariga muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ishlab chiqilgan integratsiyalashgan oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini tizimli joriy etishni jadallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yoshlar uchun oʻrta maxsus, kasbiy taʼlimdan oliy taʼlimga uzluksiz oʻtishning jozibador shakllarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yoshlarning xalqaro darajada tan olingan dasturlarda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda stipendiatlar uchun ajratiladigan mablagʻlarni yanada samarali yoʻnaltirish, nomzodlarni saralash tizimini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekistonda integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida Buyuk Britaniyaning “IQF — Integrated qualifications framework” taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro malakalar va baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markazga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ishlab chiqilgan integratsiyalashgan dasturlarni QS (Quacquarelli Symonds) yoki TNE (The Times Nigher Education) xalqaro reyting tashkilotlari global reytingining top-100 talik roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — top-100 talik roʻyxat) kiruvchi hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining akademik talablariga solishtirish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) top-100 talik roʻyxatga kiruvchi hamkor oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tan olinadigan bakalavriatda “1+3”, “2+2”, magistraturada “1+1” kabi taʼlim modellarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oʻzbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomini berishga qaratilgan tuzilmalarni (kampus, filial, franshiza, taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazlari va boshqalar) tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda boshqa vazirlik va idoralar yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Markazga har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Buyuk Britaniya ilgʻor tajribasi asosida integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini joriy qilishni yanada kengaytirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) huzurida Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oliy maktab faoliyati Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari andozasi asosida yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oliy maktab Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oliy maktabda taʼlim jarayoni Buyuk Britaniyaning 3 — 8-taʼlim darajalariga muvofiq dastlabki bosqichda Norzambria (Northumbria) va Xertfordshir (Nertfordshire) universitetlari, keyinchalik QS (Quacquarelli Symonds) yoki TNE (The Times Nigher Education) xalqaro reyting tashkilotlari global reytingining top-300 talik roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — top-300 talik roʻyxat) kiruvchi boshqa hamkor oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tan olinadigan dasturlar asosida yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Oliy maktab va boshqa hamkor oliy taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladigan taʼlim dasturlari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlari doirasida stipendiatlar uchun taʼlimning dastlabki bosqichini Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish, keyingi bosqichlarini Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarning yetakchi hamkor oliy taʼlim tashkilotlarida uzluksiz davom ettirish imkoniyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Oliy maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkiloti va Oliy maktabning Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplomi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oliy maktabning oliy boshqaruv organi Kuzatuv kengashi hisoblanadi, uning tarkibiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Markaz, Universitet va xorijiy hamkor taʼlim tashkilotlari hamda yirik kompaniya vakillari kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Kuzatuv kengashi tarkibi Oliy maktab direktori taklifiga asosan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Oliy maktabga talabalarni qabul qilish parametrlarini, undagi taʼlim shakli va tilini, shuningdek, talabalarni qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Oliy maktabda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va doktorantura mutaxassisliklarini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) Oliy maktab rahbariyati va xodimlari hamda professor-oʻqituvchilarini ishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, ularning faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) Oliy maktabni rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli strategik rejalarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) oʻquv jarayoniga yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, Oliy maktab xodimlarining ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(vi) Oliy maktabning oʻrta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oliy maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Buyuk Britaniyaning ilgʻor tajribasi asosida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish hamda respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun malakali kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Markaz tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun ishlab chiqilgan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida oʻquv jarayonini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) oliy taʼlim tashkilotlarining buyurtmalari asosida professor-oʻqituvchilar hamda tegishli mutaxassislar uchun Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarning metodologiyasiga muvofiq malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oliy maktabga qonunchilik hujjatlarida belgilangan akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqillikka oid tartib-taomillar tatbiq qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Markaz tomonidan ishlab chiqilgan, Oliy maktab hamda boshqa taʼlim tashkilotlarida joriy etiladigan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari Markaz tomonidan xalqaro akademik standartlarga validatsiya qilinadi va muvofiqlashtiriladi. Bunda mazkur dasturlar validatsiyasi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan belgilangan tartibda tan olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oliy maktabda oʻzaro kelishuv (progression agreement) asosidagi taʼlim dasturlarining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridagi qismini, shu jumladan, masofaviy shaklda oʻqish imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Markaz direktori jamoatchilik asosida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Universitet tuzilmasida integratsiyalashgan taʼlim dasturlari boʻyicha prorektor — Oliy maktab direktori lavozimi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) Oliy maktab bilan texnikumlar hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) integratsiyalashgan taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Oliy maktabning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kirish imtihonlarisiz oʻqishni davom ettirishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida tahsil olgan oʻquvchilarning kreditlari xorijiy yetakchi hamkor taʼlim tashkilotlari tomonidan tan olinishi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, muhandislik, arxitektura va qurilish, biznes-boshqaruv, tibbiyot, sanʼat, pedagogika, qishloq va suv xoʻjaligi, xizmatlar sohasi, jumladan, turizm sohalarida integratsiyalashgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz mazkur yoʻnalishlarda integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, ularning oʻzaro tengligini tan olish maqsadida xorijiy hamkor tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taʼlim sohasiga boshqaruvning zamonaviy shakllari va uslublarini tatbiq etish, respublika oliy taʼlim tashkilotlari va texnikumlar boshqaruvini xalqaro ilgʻor, shu jumladan, Buyuk Britaniya tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ekspertlik, ishonchli boshqaruv xizmatlarini joriy etish maqsadida Markaz huzurida doimiy faoliyat olib boruvchi va shartnoma asosida jalb etiladigan Xorijiy ekspertlar ishchi guruhi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xorijiy ekspertlar ishchi guruhining 2026-2027-yillardagi quyidagi asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) muhandislik, texnologiya, tibbiyot, taʼlim, turizm, madaniyat, sanʼat va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kamida 5 ta integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini top-100 talik roʻyxatga kiruvchi oliy taʼlim tashkilotlarining akademik talablariga muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) top-300 talik roʻyxatga kiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan bakalavriatda “1+3”, “2+2”, magistraturada “1+1” kabi taʼlim modellari asosida kamida 3 ta taʼlim dasturlari boʻyicha kelishuvga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oʻzbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomini berishga qaratilgan kamida 2 ta taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazlarini (University Delivery Center) tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) xalqaro moliya tashkilotlari, taʼlim va nodavlat notijorat tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kasbiy taʼlim agentligi Xorijiy ekspertlar ishchi guruhi faoliyatini moliyalashtirish va unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 2026-yildan boshlab har yili yanvar oyida (2026-yilda iyul oyida) Markazga 2 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga stipendiya dasturlari doirasida 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan talabgorlarning quyidagi xarajatlarini moliyalashtirishga ruxsat berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oliy maktab va boshqa oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan, top-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, sohaviy yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishni uzluksiz davom ettirish imkoniga ega boʻlgan talabalarning xorijdagi oʻqishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga shartli qabul qilingan talabgorlar uchun Oliy maktab va boshqa mahalliy oliy taʼlim tashkilotlarida integratsiyalashgan dasturlar asosida tashkil etiladigan 1-kurs (bosqich) (foundation) dasturlari oʻqish xarajatlarini (tuition fee).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Markaz bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan moliyalashtirish tizimini amaliyotda samarali qoʻllash tartibini Jamgʻarma Boshqaruv kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Boshqaruv samaradorligi agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar Markaz tomonidan ilgʻor xorijiy tajriba, jumladan, Buyuk Britaniya taʼlim standartlari asosida professor-oʻqituvchilar va oʻrta boʻgʻin boshqaruv kadrlari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) kompetensiyalarga asoslangan yondashuv va natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv mezonlari qamrab olingan malaka oshirish dasturlari ishlab chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ishlab chiqilgan dasturlarda davlat fuqarolik xizmatchilari, ayniqsa oʻrta boʻgʻin boshqaruv kadrlari uchun zarur boʻlgan liderlik, strategik fikrlash, qaror qabul qilish va raqamli boshqaruv kompetensiyalari qamrab olinishi, milliy malaka talablari bilan uygʻunlashtirilishi va belgilangan tartibda respublikada bosqichma-bosqich joriy etilishi choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oliy maktab Universitetning Toshkent shahri Yunusobod tumani “Yunusota” MFY Yunusobod 14-mavzesi 73-uy manzilidagi bino va inshootlarida qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahar hokimligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Universitetning Toshkent shahri Yunusobod tumani “Yunusota” MFY Yunusobod 14-mavzesi 73-uy manzilidagi bino va inshootlarida belgilangan tartibda rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini 2027-yil 1-sentabrga qadar yakunlab, foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilansinki, Oliy maktab uning bino-inshootlarida qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanguniga qadar Universitetning Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangishahar koʻchasi 9A-uy manzilidagi bino-inshootlariga tekin foydalanish huquqi bilan vaqtincha joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “Xalqaro darajada tan olinadigan milliy kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 209-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Xalqaro malakalar va baholash markazi direktori X.X. Xomidov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 17-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-269-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-269-son qaroriga
1-ILOVA

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich integratsiyalashgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Oliy taʼlim tashkilotlari

1.

Andijon davlat chet tillari instituti

2.

Bank-moliya akademiyasi

3.

Buxoro davlat universiteti

4.

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

5.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

6.

Milliy rassomlik va dizayn instituti

7.

Namangan davlat universiteti

8.

Samarqand davlat chet tillari instituti

9.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

10.

Termiz davlat universiteti

11.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

12.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

13.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

14.

Toshkent davlat transport universiteti

15.

“ToshTech” texnika universiteti

16.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

17.

Oʻzbekiston Milliy universiteti

18.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

19.

Fargʻona davlat texnika universiteti

20.

Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: mazkur roʻyxatga Xalqaro malakalar va baholash markazi taklifiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-269-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “Xalqaro darajada tan olinadigan milliy kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 209-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddimadagi “umumiy oʻrta” soʻzlari “oʻrta maxsus” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining “Integrated Qualifications Framework” taʼlim tashkiloti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda Xalqaro malakalar va baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro taʼlim dasturlari talablari asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarining integratsiyalashgan dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida qurilish va muhandislik, axborot texnologiyalari, transport va logistika, turizm va mehmonxona, biznes yoʻnalishlariga ustuvorlik bergan holda Buyuk Britaniya standartlari hamda boshqa xalqaro standartlar asosida 3-8 taʼlim darajalari boʻyicha xalqaro taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarining integratsiyalashgan dasturlari boʻyicha talabgorlar malaka va bilimlarini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarining integratsiyalashgan dasturlari boʻyicha mehnat bozori talablariga mos keladigan malaka sertifikatlari tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida tahsil olgan oʻquvchilarning kreditlari va taʼlim natijalarini dastlabki bosqichda hamkorlik oʻrnatiladigan Buyuk Britaniya taʼlim tashkilotlari, keyingi bosqichlarda hamkorlik oʻrnatiladigan boshqa xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari tomonidan tan olinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari va davlat idoralarida faoliyat olib boruvchi professor-oʻqituvchilar va oʻrta boʻgʻin boshqaruv kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish va sertifikatlash tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida taʼsis etilib, uning faoliyati 15 nafargacha mahalliy va chet ellik mutaxassis hamda ekspertlarni jalb etish orqali yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markaz tomonidan oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarining integratsiyalashgan dasturlarini joriy etishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan milliy malakalar boʻyicha talablarni joriy etish yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 6-bandda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) birinchi xatboshidagi “2025-yilda” soʻzlari “2026-yil 1-maydan 2027-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kasbiy taʼlim agentligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasidan 2026-yil uchun 2,9 milliard soʻm miqdorida mablagʻ”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yettinchi xatboshidagi “2026-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2027-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Markaz homiylik, begʻaraz yordam shaklida unga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari va mulkni, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, xalqaro va moliyaviy tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar doirasida begʻaraz berilgan mol-mulk hamda tadbirkorlik faoliyatidan olingan foyda va xoʻjalik hisobidagi mulkdan foydalanishdan tushgan daromadlarni olish va tasarruf qilish huquqiga ega”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarining integratsiyalashgan dasturlarini joriy qilishda Markazga taʼlim jarayonini tashkil qilish uchun jihozlangan oʻquv auditoriyalarini ajratish, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda kutubxonalardan foydalanishga zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, dasturlarni joriy qilishda taʼlim tashkilotlarda masʼul xodimlarni biriktirish choralarini koʻrsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagi mazmundagi 71- va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“71. Markaz begʻaraz foydalanish huquqi asosida Toshkent shahri Yunusobod tumani Yangishahar koʻchasi 9A-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Markaz moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, xizmat avtotransport vositalari xarid qilishi, ijara va autsorsing shartlari asosida avtotransport vositalarini jalb etishi va ulardan xizmat doirasida foydalanishni tashkil etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Markazga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 258-son qarori talablari tatbiq etilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 07/26/269/0750-son)