OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
Qarori
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1097-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 567-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 7, 2002-8-son qaror bilan tasdiqlangan Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1097-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; 2003-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
6-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi D. B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
2004-06-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 125-modda)