Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004 15.12.1993 yildagi 600-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YoVVOYI HAYVONLAR VA OʻSIMLIKLARNI MUHOFAZA
QILIShNI KUChAYTIRISh HAMDA ULARDAN FOYDALANIShNI
TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Qimmatli va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ularni foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan zaharlilarini) koʻpaytirish va ulardan mahsulot olish maqsadida tutqunlikda saqlash tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish, terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish) uchun toʻlovlar miqdori, ularni undirish va budjetga oʻtkazish tartibi 2-ilovaga muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda yovvoyi hayvonlarni ovlashga litsenziyalar berish qiymatini va qonunsiz ov qilish va baliq tutish tufayli yetkazilgan zararning undirib olinadigan miqdorini hisoblab chiqish uchun qatʼiy belgilangan toʻlovlar miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi hududida narxlarning oshishiga muvofiq indeksatsiya qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Dorivor va oziq-ovqat oʻsimliklarining hamda oʻsimlik texnik xomashyosining yovvoyi holda oʻsuvchi turlarini yigʻish (tayyorlash) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan litsenziyalar boʻyicha, davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻsadigan xuddi shunday oʻsimliklarga belgilangan kvotaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining ruxsatnomalari boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash)ga litsenziyalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan, davlat oʻrmon fondi yerlaridagiga esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 136-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati kompleksi boʻlimiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 15-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
600-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan, zaharlilarini) koʻpaytirish
va ulardan mahsulot olish maqsadida tutqunlikda saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ularni saqlab qolish, keyinchalik tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborib koʻpaytirish, sonini qayta tiklash va hayvonot dunyosini boyitish uchun koʻpaytirish va genetik fondlar yaratish maqsadida, shuningdek ilmiy, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy va boshqa maqsadlarda ulardan mahsulot olish uchun yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan zaharli va Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish va ulardan mahsulot olish maqsadida tutqunlikda saqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi (“Davbionazorat”) tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomalar, meʼyorlar va qoidalar, mulkchilik shaklidan, xoʻjalik faoliyati turidan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat” tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha tutqunlikda saqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish va ulardan mahsulot olish maqsadida zaharli hayvonlar (ilonlar, boʻgʻimoyoqlilar)ni tutqunlikda saqlash huquqi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va “Oʻzzoobirlashma” tashkilotlariga beriladi.
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan pitomniklardagina tutqunlikda saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday pitomniklarda koʻpaytirilgan yovvoyi hayvonlardan tijorat maqsadlarida faqat ikkinchi va undan keyingi avlodlardan boʻlgan bosh sonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslarga zoologik doʻkonlardan sotib olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining ruxsatnomalari boʻyicha tabiatdan ovlangan yovvoyi hayvonlarni saqlashga, zaharli va Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlardan tashqari, ularni ovlashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan yoʻriqnomalar, meʼyorlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, shuningdek, hayvonlar oʻlimi yuqori boʻlgan yoki ular samarasiz koʻpaytirilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash huquqidan mahrum etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zoologik kolleksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat”da albatta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi
hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika
tashqarisiga olib chiqib ketish uchun toʻlovlar miqdori, ularni
undirish va respublika budjetiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish haq toʻlangan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bunday hayvonlarni ovlaganlik (otganlik) uchun toʻlanadigan haq miqdori narxlarning umumiy oshishiga muvofiq amalga oshirilgan indeksatsiya hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-son qarori (1-ilova) bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni tutish uchun berilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) qiymati bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni terganlik uchun haq toʻlash miqdori (litsenziya qiymati) oʻsimlik turining maqomiga bogʻliq ravishda belgilanadi va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar uchun — oʻsimliklarning bir donasi uchun eng kam ish haqi miqdorining 20 foizini, noyob oʻsimliklar uchun 10 foizini, kamayib borayotgan oʻsimliklar uchun 2 foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 kg urugʻlik terish uchun litsenziyaga haq toʻlash oʻsimlikning ushbu turini terganlik uchun belgilangan litsenziya qiymatining oʻn baravari miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketish uchun haq toʻlash quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan bir bosh yovvoyi hayvon (shu jumladan, tulum, oʻlja, teri, shox) uchun belgilangan litsenziya qiymatining 5 foizi, boshqa turlari uchun ushbu turdagi hayvonni tutish uchun belgilangan litsenziya qiymatining 1 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlikning bir donasi uchun — bu oʻsimlikni terish uchun belgilangan litsenziya qiymatining 5 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 kg urugʻ uchun — ushbu turdagi oʻsimlik urugʻini terish uchun belgilangan litsenziya qiymatining 10 foizi miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ajnabiy fuqarolardan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish uchun haq amaldagi kurs boʻyicha almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haq undirishdan olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat” maxsus mablagʻlarining joriy hisob raqamiga oʻtkaziladi, ulardan 75 foizi “Davbionazorat” inspeksiyasi tomonidan respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahrirda — OʻR QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)