Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.07.2024 14.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 475
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.07.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirning o‘rinbosari

E.F.Gadoyev

26.07.1998-y.

17-07/86-son

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MOLIYAVIY HISOBOTNI TAYYORLASH VA TAQDIM ETISH UCHUN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPTUAL ASOS
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 475-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur konseptual asos O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 131-sonli “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3530, 12.07.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konseptual asoslarning maqsadi va maqomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda;
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — BHMS dan foydalanishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Auditorlarga — moliyaviy hisobotlarni BHMS mos kelishi bo‘yicha xulosalarni tayyorlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga — moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va uning ta’riflari biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun ishlatilmaydi. Mazkur konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ayrim hollarda, agar konseptual asos va BHMS o‘rtasida ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun keladi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda mazkur konseptual asosni qo‘llaydi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konseptual asos buxgalteriya hisobi standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konseptual asoslarning amal qilish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar mazkur konseptual asoslarning asosiy jihatlaridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Moliyaviy hisobotning maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot prinsiplari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, tan olish va o‘lchash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot keng doiradagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini qanoatlantirish uchun tuziladi va davriy ravishda taqdim etiladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun moliyaviy axborotning asosiy manbasi moliyaviy hisobot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda mavjud bo‘lgan axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jug‘rofiy hududlarning faoliyat turlari to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‘zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar* moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda konseptual asosga amal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* “Subyekt” atamasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida ta’riflangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan talabi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga haqiqiy va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga bo‘lgan talab quyidagilarda vujudga keladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.1. Investorlarda taqdim etilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar munosabati bilan. Aksiyadorlar ham xo‘jalik subyektining dividendlarni to‘lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakligini aniqlashga yordam beradigan axborotdan manfaatdordirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.2. Kreditlari va foizlari o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor kreditorlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.3. Summalari o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsalar yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga bog‘liq bo‘lsalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.5. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xodimlarda. Ular ham xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.6. Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga ham xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.7. Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o‘z talablarini qanoatlantirish maqsadida qo‘shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qo‘shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan tashqariga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni o‘zida mujassam etgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.1. Investitsiya qarorlarini va kreditlar berish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi pul oqimini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslarini, majburiyatlarini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.4. Rahbar organlarning ishini baholash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati, moliyaviy holati va moliyaviy holati o‘zgarishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq to‘lay olishi, foizlarni to‘lab turishi, kreditlar qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta’minlansa, ular pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy holatiga ta’sir o‘tkazadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati to‘g‘risidagi axborotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy holat haqidagi axborot kelgusida kreditlarga bo‘lgan talabni aniqlash uchun, shuningdek kelgusidagi daromadlar va pul oqimlarini xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalariga (payiga) ega bo‘lganlar o‘rtasida taqsimlashda, xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining moliyaviy holatini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun ham zarurdir. Likvidlik va to‘lovga qobiliyat haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olishini aniqlash uchun zarur. Likvidlik yaqin kelajakda ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. To‘lov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatkichlari, ayniqsa uning rentabelligi to‘g‘risidagi axborot iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Bunday axborot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi. Shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatidagi o‘zgarishlar haqidagi muhim axborot hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyat haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud resurslar bazasidan pul mablag‘lari to‘play olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa korxona qo‘shimcha resurslarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pul oqimlari haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarining pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Moliyaviy hisobotlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘langandir, chunki ular xo‘jalik faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot turli xil axborotlarni taqdim etadi, bitta maqsadga xizmat qilmaydi va foydalanuvchilarning muayyan talablarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan butun axborotni bermaydi. Masalan, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatning natijalari to‘g‘risidagi hisobot, agar undan buxgalteriya balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uyg‘unlikda foydalanilmasa, faoliyatning butun manzarasini aks ettirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moliyaviy hisobot qo‘shimcha axborotni — izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni (tushuntirish xati ko‘rinishida) ham o‘z ichiga oladi. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar jadvallar ko‘rinishida ham, boshqacha shaklida ham taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prinsiplar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida tan olinadi va moliyaviy hisobotlarda ularni kelib tushishi yoki yuzaga kelishiga qarab (balki pul mablag‘larini olish yoki to‘lash asosida emas) aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini ro‘yxatga olishni yuritishi kerak. Ikkiyoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzluksizlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni kelajakda ishlashni davom ettiradigan deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni umumlashtirish maqsadida barcha operatsiyalar va hodisalar pulda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlang‘ich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qarorlar qabul qilishda oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipiga rioya qilish aktivlar va daromad oshirib baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa kamaytirib baholanmasligi uchun noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazmunning shakldan ustunligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini to‘g‘ri aks ettirsa, bu axborot faqat uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligiga muvofiq hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotning betarafliligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchli bo‘lishi uchun g‘arazlilikdan mustaqil bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar daromadlar va xarajatlarning ayrim turlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushunarlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahamiyatlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning talablarini qanoatlantirishi va ularga operatsion, moliyaviy va xo‘jalik faoliyati hodisalariga baho berishda yordamlashishi uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhimlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Agar axborotning kiritmaslik yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. Axborotning ahamiyatliliga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (muhimligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqqoniy va beg‘araz tasavvur etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda subyektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida haqqoniy va beg‘araz tasavvur hosil qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugallanganlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izchillik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchisiga izchillik bilan o‘tkazilishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar tendensiyalarini aniqlash uchun uning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z vaqtidalik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Hisobot axborotining asossiz kechiktirilganda u o‘zining iqtisodiy ahamiyatliligini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa hodisaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, eng ishonchli axborot ham kam foyda berishi mumkin, chunki foydalanuvchilar oldiroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi. Ahamiyatlilik va ishonchlilik o‘rtasida muvozanatga erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning talablarini qanday qilib yaxshiroq qanoatlantirishni hal etish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobot elementlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xo‘jalik operatsiyalarini moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlab aks ettiradi. Aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotda xo‘jalik yurituvchi subyektning ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot faoliyat natijalari elementlarini va buxgalteriya balansi elementlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.1. Aktivlar — subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.2. Majburiyatlar — shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakat amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.3. Xususiy kapital — subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.4. Rezervlar — kelgusida muayyan xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.5. Daromadlar — hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.6. Xarajatlar — hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38.7. Moliyaviy natijalar — xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining yakuniy iqtisodiy yakunidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Aktivlar — xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlaridan mulkni boshqarish, tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatilishi uchun foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy naf xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan har xil yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, aktivdan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42.1. Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42.2. Boshqa aktivlarga almashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42.3. Majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning egalari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari fizik shaklga ega. Biroq, fizik shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari aktiv hisoblanadi, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf olishni kutayotgan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bog‘liq. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‘lgan foydani nazorat qilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar kelgusi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga berilgan obyektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Majburiyatning asosiy tavsifi bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kirishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‘ng o‘z mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, shu bo‘yicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Hozirgi majburiyat bilan kelgusi majburiyat o‘rtasida chegara bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida qabul qilgan qarori majburiyat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib olish to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Tegishli majburiyatni bajarish odatda boshqa tarafning e’tirozlarini qanoatlantirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‘jalik yurituvchi subyekt resurslarini o‘ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
(48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48.1. Haq to‘lash bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48.2. Boshqa aktivlarni berish bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48.3. Xizmatlarni ko‘rsatish bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48.4. Ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48.5. Majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyat, kreditor o‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bo‘lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‘tgan hodisalarning natijasi hisoblanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va xizmatlarni olish bilan to‘lanishi kerak bo‘lgan (agar ular ilgari yoki yetkazib berilganda to‘lanmagan bo‘lsa) schyotlar ham olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy kapital
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bog‘liqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezervlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Xo‘jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qo‘shimcha himoya qilishni ta’minlash uchun rezevlarni tashkil etish zarur. Rezervlarni shakllanishi va miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi. Rezervlarni tashkil etish qonunchilik hujjatlarida yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavida (soliq qonunchilik hujjatlarini buzmagan holda) nazarda tutiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Yalpi daromad xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarini o‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni realizatsiyasidan, shuningdek mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga kelib chiqib renta ko‘rinishida olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‘z ichiga oladi va konseptual asosning alohida tarkibiy elementi deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida yuzaga keladigan daromadlarga misol bo‘lib birjada aylanadigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinsa, alohida ko‘rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) — soliq qonunchiligiga muvofiq aniqlanadigan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Xarajatlar atamasi mulkni boshqarish, ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilishi shaklida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida elementi sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ular haqidagi axborot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy natijalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat turlarini chegaralash yo‘li bilan ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida va faoliyat jarayonidagi favqulodda holatlarda yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarning moddalari o‘rtasidagi chegara umumiy qabul qilingan amaliyot hisoblanadi. Bunday chegaralash xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatiga baho berishda ahamiyatli bo‘lgan moddalarning manbalari asosida o‘tkaziladi. Moddalarni chegaralashda xo‘jalik yurituvchi subyektning tabiati va uning faoliyati bilan hisoblashish kerak. Bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan moddalar boshqa subyektga nisbatan favqulodda bo‘ladigan moddalar bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Daromadlar va xarajatlarning moddalari o‘rtasidagi chegara hamda ularning har xil kombinatsiyalari ham xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlari natijalarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Bunday bo‘limlar har xil moddalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot soliqqa tortilgungacha va undan keyingi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan daromadni ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Xususiy kapitalga egalarining ulushlari daromad hisoblanmaydi; xususiy kapitalning egalari o‘rtasida taqsimlanishi xarajat hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar va xarajatlarni ta’rifi ularning asosiy farq qiluvchi jihatlarini yoritib beradi, lekin ularni moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda tan olishdan oldin javob berishi lozim bo‘lgan mezonlarni aniqlashtirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Aks ettirish — buxgalteriya balansi yoki moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotga elementlar ta’rifiga javob beruvchi va ularda aks ettirilishi lozim bo‘lgan moddalarning kiritish jarayonidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aks ettirish jarayoni moddaning bayonini ham, uning puldagi ifodasini ham, shuningdek u ushbu moddaning buxgalteriya balansiga yoki moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilishini o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Moddaning mezonga muvofiqligini aniqlash uchun va aks ettirish uchun uni tasniflashda ahamiyatlilik va qiyosiylik prinsiplariga e’tiborni qaratish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elementlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ta’rif va mezonlarga javob beradigan modda alohida jihatni aks ettirishini anglatadi. Masalan, aktivning aks ettirilishi o‘z-o‘zidan daromad yoki majburiyatning boshqa elementini aks ettirishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivni aks ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ushbu aktivdan foydalanish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga kelgusi iqtisodiy foyda tushish ehtimoli mavjud bo‘lganida ushbu aktiv buxgalteriya balansida aks ettiriladi va aktiv aniq ifodalanadigan chiqimlar yoki qiymatni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatlarni aks ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Majburiyatlar o‘zida iqtisodiy foydani ifodalovchi resurslar chiqimi ehtimoli mavjud bo‘lganida buxgalteriya balansida tan olinadi, shuningdek ular majburiyatlarni qabul qilish natijasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadni aks ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy foydaning o‘lchangan ko‘payishi paydo bo‘lganda, daromad moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu esa daromadni aks ettirish aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi (masalan, tovarlar va xizmatlarni sotishda yuzaga keladigan aktivlardagi sof ko‘payish yoki kreditor qarzdan voz kechishi natijasida majburiyatlarning kamayishi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlarni aks ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy fondining o‘lchangan kamayishi paydo bo‘lganda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi va bu ishonchli tarzda aniqlanishi mumkin. Bu esa xarajatlarni aks ettirish majburiyatlardagi ko‘payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotlardagi elementlarni baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Baholash — aktivlar va majburiyatlar tan olinadigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70.1. Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar xarid qilish vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70.2. Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina xarid qilingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70.3. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70.4. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyektning normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan kelgusi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70.5. Balans qiymati — hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlang‘ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2016-yil 5-sentabrdagi 65-son (ro‘yxat raqami 475-1, 2016-yil 9-sentabr) buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgartirishlar bilan. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)