Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.07.2003 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
POLShA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 10—12-iyulda Polsha Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, harbiy va harbiy-texnikaviy, insonparvarlik sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashrif davomida Polsha Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalari va savdo vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rasmiy tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring olib borsinlar va tizimli nazorat o‘rnatsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Polsha tomoni bilan Varshava shahrida Bosh konsulxona ochish yuzasidan tartibotga oid va tashkiliy masalalar 2003-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda hal etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi (E.M. G‘aniyev) Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi (M.Z.Usmonov) bilan birgalikda Polsha Respublikasining vakolatli organlari bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi tarkibini chuqur tahlil qilib chiqsin hamda ikki tomonlama savdo nomenklaturasini kengaytirish va hajmini ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi hududlarida O‘zbekiston va Polsha ishlab chiqarish korxonalari hamda savdo kompaniyalari ishtirokida qo‘shma Savdo uylari tashkil etish shart-sharoitlarini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda Milliy bank bilan birgalikda bir hafta muddatda moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin, unda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni tanlab olish tartiboti, Polsha hukumatining imtiyozli va tijorat kreditlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirish va qaytarish manbalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning imtiyozli qismi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kollejlar va litseylarni jihozlash loyihasini amalga oshirish uchun potensial mahsulot yetkazib beruvchilarni tanlab olish shartlarini belgilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning tijorat qismini o‘zlashtirish bo‘yicha 2-ilovaga* muvofiq investitsiya loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishini nazarda tutsin, bunda Polsha texnologiyalarini turizm infratuzilmasini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini, mahalliy xomashyodan foydalanish negizida qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga jalb etishni ustuvor yo‘nalishlar etib belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 21-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
319-son