O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-aprelda 1334-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 227-son, Soliq qo‘mitasining 2025-yil 14-yanvardagi 2025-02-son hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 2025-02-sonli ““Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-3, 06.02.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro‘yxatga olingan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
2. 2001-yil 20-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 56-sonli, Davlat soliq qo‘mitasining 2001-38-sonli, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 4/1-sonli “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2001-yil 23-iyul, ro‘yxat raqami 1054-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 14-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
37-son
Davlat Soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
2004-26-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
20/1-son
Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” ga (1999-yil 2-noyabr, ro‘yxat raqami 833-son) muvofiq ishlab chiqilgan va inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha korxona va tashkilotlarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 62, 2015-25, 25-q/q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-2, 14.07.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 28-son, 377-modda)
2. Ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bir oylik o‘rtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchining mulki o‘g‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo‘qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son (II)) asosan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan —O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
3. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 2. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan asosiy vositalar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
4. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
b) kam chiqqan asosiy vositaga hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
v) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan kam chiqqan asosiy vositaning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
(4-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
d) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti.
5. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarardan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati va kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
6. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarardan past bo‘lsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati va kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
7. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
8. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash asosiy vositalarning bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Hisobga olinmagan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmasini hisoblash ushbu asosiy vosita, asosiy vositalar tarkibiga qo‘shilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu asosiy vositaning amortizatsiya qilinadigan qiymati qoplanguncha yoki ushbu asosiy vosita balansdan chiqarilganga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 3. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
9. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar balans qiymati bo‘yicha hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
b) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
(9-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
10. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarardan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati va kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
11. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarardan past bo‘lsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati va kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
12. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
13. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
§ 4. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan nomoddiy aktivlar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
14. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan nomoddiy aktivlarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
b) kam chiqqan nomoddiy aktivga hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
15. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) dan yuqori bo‘lsa daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati va kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) summasi o‘rtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
16. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) dan past bo‘lsa zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymatiga;
kredit 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati va kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) summasi o‘rtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
17. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
18. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning bozor qiymati bo‘yicha ularning foydali foydalanish muddatini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmasini hisoblash, ushbu nomoddiy aktiv, nomoddiy aktivlar tarkibiga qo‘shilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati qoplanguncha yoki ushbu nomoddiy aktiv balansdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 5. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
19. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
(19-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 62, 2015-25, 25-q/q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-2, 14.07.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 28-son, 377-modda)
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600);
kredit qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800);
b) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
20. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi bo‘yicha ko‘rilgan zarardan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan ko‘rilgan zarar summasiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati va uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
21. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi bo‘yicha ko‘rilgan zarardan past bo‘lsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati va uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan ko‘rilgan zarar summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
22. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
23. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning nominal qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600);
debet qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
§ 6. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaxiralari kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
24. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo‘yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
kredit tovar-material zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900).
25. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
26. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti — kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
27. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-material zaxiralarining kamomadidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
28. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan tovar-material zaxiralari ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash tovar-material zaxiralarining bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet tovar-material zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
§ 7. Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirishning buxgalteriya hisobi
29. Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) yoki mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700) yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti.
§ 8. Budjet tashkilotlarida inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
30. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan mol-mulklar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash mol-mulklarning bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda budjet tashkiloti hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar:
debet “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
kredit “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
b) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
debet “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
debet “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti;
kredit “Budjet tomonidan muassasa xarajatlari va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Bepul olingan (berilgan), shuningdek inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy boyliklar hamda pul mablag‘lari” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun);
v) material zaxiralar:
debet material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Budjet tomonidan muassasa xarajatlari va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Bepul olingan (berilgan), shuningdek inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy boyliklar hamda pul mablag‘lari” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun);
g) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
debet arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti.
Hisobga olinmagan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish hisoblash asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning qiymati doirasida yoki uni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
31. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablag‘lari (pul ekvivalentlaridan tashqari) tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) pul mablag‘lari belgilangan tartibda kirim qilinganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
b) tegishli budjet daromadlariga o‘tkazib berilganda:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul ekvivalentlari belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
debet “Pul ekvivalentlari” subschyoti debeti;
kredit “Budjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Budjet mablag‘lari bo‘yicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun).
32. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan mol-mulklarni hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar:
debet “Asosiy vositalar fondi”, “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyotlari;
kredit “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
b) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
debet “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
v) material zaxiralarning belgilangan me’yorlar chegarasidagi yo‘qotilishini, shuningdek budjet tashkiloti hisobiga qabul qilingan kamomad va yo‘qotishlar:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar material zaxiralar budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan bo‘lsa;
debet “Budjet mablag‘lari bo‘yicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun) — agar material zaxiralar budjet mablag‘lari hisobiga qilingan bo‘lsa;
debet “Budjetdan tashqari Jamg‘armalar hisobiga xarajatlar” va boshqa tegishli subschyotlar — agar material zaxiralar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qilingan bo‘lsa;
kredit material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
g) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjet mablag‘lari hisobiga qilingan bo‘lsa;
debet “Budjet mablag‘lari bo‘yicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun) — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjet mablag‘lari hisobiga qilingan bo‘lsa;
debet “Budjetdan tashqari Jamg‘armalar hisobiga xarajatlar” va boshqa tegishli subschyotlar — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qilingan bo‘lsa;
kredit “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
kredit “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti.
33. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda mol-mulk budjet mablag‘lari hisobidan qilingan bo‘lsa yoki qilingan manbasini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) asosiy vositalar:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
b) hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
v) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
g) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
d) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida (bundan keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb yuritiladi) ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
e) mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
2) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
a) arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning hisobdan chiqarilishi:
debet “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) kamomad summasini tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
d) mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
3) material zaxiralar:
a) material zaxiralar summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar material zaxiralar budjet mablag‘lari hisobiga qilingan bo‘lsa;
debet “Budjet mablag‘lari bo‘yicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun);
kredit material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
d) mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
4) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
a) asbob-uskunalar va qurilish materiallari summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjet mablag‘lari hisobiga qilingan bo‘lsa;
debet “Budjet mablag‘lari bo‘yicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
kredit “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti;
b) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti.
g) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
d) mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablag‘lar” yoki budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar.
34. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda mol-mulk budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qilingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqqa (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqqa) kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) asosiy vositalar:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
b) hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
v) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
g) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
d) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
2) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
a) arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning hisobdan chiqarilishi:
debet “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
3) material zaxiralar:
a) material zaxiralar summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobiga xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
kredit material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
4) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
a) asbob-uskunalar va qurilish materiallari summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobiga xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
kredit “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
kredit “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti;
b) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining to‘lanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti.
35. Agarda mol-mulk budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qilingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa mol-mulk qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib beriladi, qolgan qismi budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilinadi.
Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga (yoki G‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga) kirim qilingan mablag‘lar to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
36. Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan mol-mulki kamomad chiqqan mol-mulk qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu mol-mulk belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Nizomda belgilangan tartibda aks ettiriladi.”.
(30—36-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
37. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablag‘larining kamomadi moddiy javobgar shaxslardan undirilib, belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) aniqlangan pul mablag‘lari kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilganda:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasi moddiy-javobgar shaxsdan undirilganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti.
Bunda, kirim qilingan pul mablag‘lari qat’iy tartibda belgilangan maqsadga sarflanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 14-son, 173-modda; 2010-y., 1-2-son, 14-modda; 2015-y., 28-son, 377-modda)