O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-yanvarda 1306-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-avgustdagi 27/4-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3460, 29.09.2023-y.) asosan 2024-yil 4-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 2-noyabrdagi 16/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kredit va depozitlar bo‘yicha foizlar hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (1998-yil 2-dekabr 558-sonli ro‘yxat raqami).
Markaziy bank Boshqaruvining raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-oktabr,
25/8-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 4-son, 51-modda)