Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2019 07.10.1998 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILIShGA TAYYORLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-sonli “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakat aholisi va hududini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan (keyingi o‘rinlarda — favqulodda vaziyatlar deb ataladi) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda (shu jumladan ta’lim muassasalarida) va tashkilotlarda, shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishtirokida davlat ta’lim standartlari va umumta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ularga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish minimumi kiritilishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qizil Yarim oy jamiyati markaziy qo‘mitasi, respublika davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, keng tashviqot qilinishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 7-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
427-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 7-oktabrdagi 427-son qaroriga
ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi aholisini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan (keyingi o‘rinlarda — favqulodda vaziyatlar deb ataladi) muhofaza qilish sohasida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o‘tayotgan aholi guruhlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, umumta’lim maktablari va idoraviy bo‘ysunishi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, respublika va viloyat bo‘ysunishida bo‘lgan shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda — mutaxassislar deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining barcha guruhlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvning barcha darajadagi rahbarlarini aholini favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash va ularni boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda xodimlarning o‘z vazifalarini amaliy egallashi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholini tayyorlash ish joylarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va tavsiya qilinadigan dasturlarga muvofiq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni mustaqil ravishda o‘rganish, keyinchalik o‘quv mashqlarida va mashg‘ulotlarda olingan bilimlar va malakalarni mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Umumta’lim maktablari, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalarini tayyorlash favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi umumta’lim dasturlariga muvofiq o‘qish vaqtida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Respublika fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan o‘tkaziladigan har yilgi yig‘inlar, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiylashtirilmagan qo‘shilmalarning rahbarlari boshliqlar tarkibi avariya-qutqaruv, harbiylashtirilgan va doimiy tayyor maxsus qo‘shilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari — Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida, shuningdek o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiylashtirilmagan qo‘shilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari — bevosita ish joylarida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Aholining favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasidagi tayyorgarligini tekshirish maqsadida komanda shtab, taktik-maxsus va kompleks o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar muntazam o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uch kecha-kunduzgacha davom etadigan komanda-shtab o‘quv mashqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida 5 yilda bir marta, shaharlar va tumanlarda 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komanda-shtab o‘quv mashqlari yoki mashg‘ulotlar vazirliklar va idoralarda, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda bir yilda bir marta o‘tkaziladi va bir kecha-kunduz davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komanda-shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri va operativ bo‘ysunadigan harbiy qismlar va avariya-qutqarish kuchlarining operativ guruhlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qo‘shilmalarining olti soatgacha davom etadigan taktika-maxsus o‘quv mashqlari 3 yilda bir marta, tayyorgarligi oshirilgan qo‘shilmalari bilan — har yili o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki kecha-kunduzgacha davom etadigan kompleks o‘quv mashqlari xodimlari soni 300 dan ortiq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa tashkilotlarda 6 soatgacha davom etadigan mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlar har yili o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini tayyorlash mahalla fuqarolar yig‘inlarining o‘quv-maslahat punktlarida favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish masalalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish, leksiyalar o‘qish, o‘quv filmlari ko‘rish, yashash joyida o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek qo‘llanmalar va eslatmalarni mustaqil o‘rganish, radioeshittirishlarni tinglash, teledasturlarni ko‘rish orqali amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 650-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 892-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasida aholining tayyorgarligiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni, ishlarni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Fuqaro muhofazasi institutida va Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash hududiy markazlarida o‘qitish dasturlari hajmi va davriyligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Favqulodda vaziyatlardan himoyalanish sohasida o‘quv mashqlariga va mashg‘ulotlarga jalb qilinadigan fuqarolar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar davomida o‘zlari duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida xabardor qilinish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda qatnashish davrida o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarni rejalashtiruvchi va o‘tkazuvchi tashkilotlar hisobiga ish joyida o‘rtacha ish haqi saqlab qolinishi huquqiga ega bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlashni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasidagi o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar tashkil etilishini mablag‘ bilan ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy harbiylashtirilmagan qo‘shilmalar tarkibida rahbarlarni tayyorlash va xodimlarni o‘qitish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar, shuningdek ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini o‘qitish mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.