14.05.2026 yildagi O‘RQ-1145-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 23-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 5-fevralda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga, atmosfera havosiga, suv, yer, tuproqqa, yer qaʼriga va bioxilma-xillikka, shuningdek insonning sogʻligʻiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni kamaytirishga doir tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga kurort tabiiy hududlarda va rekreatsiya zonalarida ekologik xavfsizlikni taʼminlash, energiya samaradorligi yuqori boʻlgan infratuzilmalarni joriy etish, oʻzining isteʼmol xususiyatini yoʻqotganidan keyin uzoq yillar davomida chirimaydigan materiallardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotishni taqiqlovchi normalarni belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonun bilan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ekologik toza hududlarni tashkil etish mexanizmini xamda ekologik toza hududlar rejimini belgilovchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun ekologik xavfsizlikni taʼminlashga, kurort va ekoturizm salohiyatini oshirishga, bioxilma-xillikni muhofaza qilishga xamda mamlakatimizning xalqaro ekologik nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2024-yil, № 8, 831-modda; 2025-yil, № 5, 643-modda) VIII bobi kuyidagi mazmundagi 411 va 412-moddalar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“411-modda. Ekologik toza hududlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kurort tabiiy hududlarda va rekreatsiya zonalarida joylashgan, atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsiri yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan meʼyorlardan oshmaydigan, energiya samaradorligi yuqori infratuzilmalar bilan jihozlangan, chiqindilarni samarali boshqarish tizimi yoʻlga qoʻyilgan, yuqori rekreatsiya va ekoturizm salohiyatiga hamda boy biologik xilma-xillikka ega boʻlgan hududlar ekologik toza hududlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kurort tabiiy hududlardagi ekologik toza hududlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rekreatsiya zonalaridagi ekologik toza hududlar Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kurort tabiiy hududlarda va rekreatsiya zonalarida ekologik toza hududlar tashkil etilishi ularning amaldagi huquqiy maqomini oʻzgartirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
412-modda. Ekologik toza hududlar rejimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik toza hududlarda kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya zonalari rejimida belgilangan cheklovlar hamda taqiqlar bilan bir qatorda kuyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik tizimlarning barqarorligi buzilishiga va tabiiy landshaftlarning koʻrinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holati oʻzgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy obyektlarga va majmualarga salbiy taʼsir qiluvchi sanoat obyektlarining qurilishi va faoliyat koʻrsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan plastik mahsulotlarning (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi (yetkazib berilishi va sotilishi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik toza hududlardagi faoliyati natijasida oqova suv hosil qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish obyektlari hamda avtomobil yuvish shoxobchalari oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan jihozlanishi, tegishli ravishda tozalangan oqova suvlarni oqizib yuborish uchun oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanishi yoki ularda oqova suvlarni toʻplash uchun muqobil inshootlar qurilishi, aylanma suv taʼminoti joriy etilishi va ulardan samarali foydalanilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik toza hududlarda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan Ekologik toza hududlarda ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi (yetkazib berilishi va sotilishi) taqiqlangan plastik mahsulotlar roʻyxatini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 14-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-1145-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2026-y., 03/26/1145/0484-son)