Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 06.10.1998 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TO‘LOV BALANSINING DAROMAD QISMI TO‘LIQ VA O‘Z VAQTIDA TO‘LDIRILIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksportning prognoz hajmlari so‘zsiz bajarilishini, eksport-import tovarlarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq va ishonchli hisobga olinishini, xorijiy valyutadagi to‘lovlar o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan tuzilgan eksport kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini o‘tkazish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bir hafta muddatda Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Davlat statistika hisoboti shakllarini va ularni to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni hamda to‘lov balansi parametrlarini taqdim etish va shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat bojxona qo‘mitasi, vakolatli banklar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar tashqi savdo faoliyati bo‘yicha ko‘rsatkichlar statistika organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilsinki, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar, vakolatli banklar va Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari statistika organlariga taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga eksport prognozi bajarilishi, valyuta tushumi tushishi va uning majburiy sotilishi o‘z vaqtida ta’minlanmaganligi uchun vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar va vakolatli banklar rahbarlarining javobgarligini kuchaytirishga oid tuzatishlar kiritish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 65-18-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda shu yil 1-noyabrdan boshlab vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar va vakolatli banklar bo‘yicha eksport-import operatsiyalari prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi va valyuta tushumi majburiy sotilishining har oylik monitoringini joriy qilsinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda— 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank respublika xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishi va valyuta tushumi tushishi ustidan operativ nazorat qilish mexanizmini amalga oshirish maqsadida tashqi savdo axborot ta’minoti yagona elektron tizimini ishlab chiqsinlar va 1999-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va konsernlar rahbarlari 1999-yil uchun eksport dasturini va tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga buyurtmalar portfelini (shartnomalarni) shakllantirish uchun bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanilishini o‘rganib chiqsinlar va ishlab chiqarish tuzilmasini xilma-xillashtirish hamda korxonalarni mahsulotning eksportga yo‘naltirilgan yangi turlarini ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish dasturini ishlab chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish hisobiga, shu jumladan xizmatlar eksporti hisobiga prognoz qilinayotgan yilga eksport hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xatlovdan o‘tkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda mintaqaviy va xalqaro bozorlar konyunkturasini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab, narxlar va ehtiyojlarni o‘rganib chiqsinlar hamda materiallarni prognozlashtirilayotgan yilga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmini shakllantirish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tuzilmasida, xodimlar soni doirasida, eksport va importning o‘rtacha va uzoq muddatli prognozlari ishlab chiqilishi va monitoringini, shuningdek uning bajarilishi tahlil qilinishini ta’minlovchi tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil etuvchi bo‘linma tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 6-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
424-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
6-oktabrdagi 424-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Tartib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarning o‘tishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq va ishonchli hisobga olinishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi savdo va bojxona siyosatini davlat tomonidan tartibga solish sohasida qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati organlarini axborot bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat budjetiga to‘lovlar tushishini nazorat qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar tashqi savdosi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni to‘plash va qayta ishlash hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish davlat bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini to‘plash va uni qayta ishlash yagona uslubiyati asosida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlarni eksport va import qilishni hisobga olish to‘lov balansi uslubiyatiga muvofiq davlat statistika hisoboti va maxsus statistik kuzatuvlari tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(muqaddimaning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Prognoz qilinayotgan yil uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti bo‘yicha topshiriq tasdiqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, eksport qiluvchi korxonalarga va Markaziy bankka yetkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Moliya vazirligi tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining tasdiqlangan prognoz parametrlari asosida, valyuta balansi tasdiqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda choraklar bo‘yicha taqsimlangan valyuta tushumini majburiy sotish yuzasidan topshiriqni Davlat soliq qo‘mitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, Markaziy bankka, vakolatli banklarga, vazirliklar va idoralarga (eksport qiluvchi korxonalar bo‘yicha soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatgan holda) yetkazadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatgan holda korxonalar ro‘yxatini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tasdiqlangan prognoz topshirig‘i asosida eksport qiluvchi korxonalar xorijiy sheriklari bilan eksport kontraktlarini tuzgandan so‘ng ularni amaldagi qonun hujjatlariga binoan tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazadilar va hisobga qo‘yadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat bojxona qo‘mitasi har oyda (hisobot oyining 15-va oxirgi kunidagi holatga ko‘ra) oyning 1 va 16 kunida vakolatli banklarga 1-ilovaga* muvofiq tezkor hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkaziladigan tovarlar bojxona rasmiylashtirilishida deklarantlar tomonidan to‘ldiriladigan bojxona yuk deklaratsiyalaridagi ma’lumotlar Davlat bojxona qo‘mitasining hisobotini shakllantirishda dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli banklar har oyda oyning 3 va 18-kunlarida (hisobot oyining 15- va oxirgi kunidagi holatga ko‘ra) Markaziy bankka va Davlat soliq qo‘mitasiga tezkor ma’lumotlar taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaziy bankka kelib tushuvchi axborotlarni muntazam tahlil qilish, tashqi savdo ahvolini tezkor prognoz qilishni ta’minlash uchun har oyning 6 va 21-kunlarida vakolatli banklarning 2-ilovaga* muvofiq umumlashtirilgan tezkor ma’lumotlarini Iqtisodiyot vazirligiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etish tavsiya qilinsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar, invsetitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi eksport va valyuta tushumi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlay ololmayotgan eksport qiluvchi korxonalar bo‘yicha o‘n kun muddatda korxona tashqi savdo faoliyatini kompleks tahlil qiladilar va belgilangan hajmlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ko‘radilar.
(7-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlil natijalari eksport kontraktlarini bajarish intizomini oshirish va eksport salohiyatini yanada oshirish yuzasidan takliflar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli banklar to‘lovlarning o‘z vaqtida tushmasligi hollari to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish uchun soliq organlariga axborot beradilar.