Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2017 30.01.2004 yildagi 43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOShKENT ShAHRINING KONSERT ZALLARI VA SAROYLARINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida joylashgan konsert zallari va saroylarini boshqarishni tashkil etish samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ommaviy tadbirlar o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “Xalqlar do‘stligi” saroyi va “Turkiston” saroyini 2004-yil 1-fevraldan boshlab belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va “Turkiston” saroyini moliyalashtirish saroylar faoliyatidan olinadigan o‘z daromadlari, shuningdek homiylar mablag‘lari va davlat budjetidan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Toshkent shahri shahar budjeti parametrlarida “Xalqlar do‘stligi” va “Turkiston” saroylari uchun ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ish haqi to‘lash va binolarni qo‘riqlash xizmatlariga haq to‘lash xarajatlarini moliyalashtirishga budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsinlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri shahar budjetidan maqsadli mablag‘lar ajratishda saroylarning xarajatlari smetasini, shtatdagi xodimlar sonining asoslanganligini o‘rganib chiqsinlar hamda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanishi kerak bo‘lgan shtat lavozimlarining aniq ro‘yxatini belgilasinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatib o‘tilgan saroylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur maxsus asbob-uskunalar, shuningdek xavfsizlik va himoyaning texnik vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalqlar do‘stligi” va “Turkiston” saroylarining daromadlari shakllantirilishi, mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent shahridagi yirik madaniyat saroylari, konsert zallari va stadionlarning binolari va inshootlari, muhandislik kommunikatsiyalari texnik holatini, ularning yong‘in xavfsizligi vositalari bilan jihozlanganligini o‘rganib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rganishlar natijalari bo‘yicha Toshkent shahridagi madaniyat saroylari, konsert zallari va stadionlarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida yong‘in xavfsizligini, jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarori bilan tuzilgan Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat saroylarida, konsert zallarida va stadionlarida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy va konsert tadbirlarining mavzulari, repertuar rejasi va dasturlarini takomillashtirish ishlarining muvofiqlashtirilishini ta’minlasin
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qo‘yilsinki, respublika madaniyat saroylarida, konsert zallarida va stadionlarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun binolarning ijaraga berilishiga faqat tadbirlarni tashkil etuvchilarda jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ichki ishlar organlari bilan shartnomalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika teatr va tomosha muassasalari binolarini chet tashkilotlarga ijaraga berish va ijara haqini belgilash tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda — respublika teatr va tomosha muassasalarida chiptalar bo‘yicha ishlarni yuritish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev va Toshkent shahar hokimi R.M.Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 30-yanvardagi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 4-son, 44-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)