26.06.2001 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, estrada san’ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san’atkorlarning o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Xalqimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar bilan bir qatorda, mutasaddi tashkilotlar va ba’zi estrada jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarning mas’uliyatsizligi oqibatida mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qo‘shiqlar ham konsert dasturlari, radio-telekanallardan o‘rin olmoqda, audio-video kassetalar orqali tarqatilib, ma’naviy tarbiya ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati va repertuarlarini muvofiqlashtirish yuzasidan Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi olib borayotgan ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbek milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalariga yo‘l ochib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, estrada qo‘shiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san’atining taniqli namoyandalari, “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, uning Nizomi (2-ilova) ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-iyundagi PQ-653-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangani e’tiborga olinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa tegishli ijodiy tashkilotlarga Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining soha faoliyatiga doir tavsiya va takliflarini e’tiborga olib, ularni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qoshida yozuvchilar, bastakorlar, musiqa sharhlovchilari, jurnalistlar va jamoatchilik namoyandalaridan iborat Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining tuzilgani ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga xulosa beradi. Mazkur guruh xulosasi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tarkibi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga ko‘ra har yili 30 foizga yangilanib borishi inobatga olinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 26-apreldagi 163-son qarori (4 va 10-bandlardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 102-son qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevral 99-son qarori 1-bandining 2 va 3-xatboshilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 4-maydagi 216-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T. Alimov va X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 26-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, ijodiy uyushmalar hamda ta’sischilar vakillaridan iborat Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb ataladi) estrada san’atini rivojlantirish va yosh ijrochilarning kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlarni, konsert-tomosha faoliyatini hamda shu sohada audio-video, Internet materiallari, kompakt-disklar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik organidir. Kengash respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan malakali estrada xonandalari, bastakorlar, rejissorlar, shoirlar, badiiy so‘z ustalari, musiqashunoslar, jurnalistlar, shou-biznes sohasi mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topadi. Shuningdek, Kengash tarkibiga ma’naviyat va ma’rifat sohasi uchun mas’ul tashkilotlar va muassasalar vakillari ham kiradi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning oliy organi Kengash a’zolari va estrada san’ati namoyandalarining yillik anjumanidir (bundan buyon matnda Yillik anjuman deb ataladi). Uning ishida Kengash a’zolaridan tashqari Kengashning hududiy bo‘limlari vakillari qatnashadi. Yillik anjumanda respublika estrada san’ati namoyandalari maslahat ovozi bilan ishtirok etishlari mumkin. Yillik anjuman Kengash rahbariyatining hisobotini tinglaydi, Kengash a’zolarini saylaydi va ish rejasini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kengashning vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Mamlakatimizda estrada qo‘shiqchiligini yanada rivojlantirishga, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. Milliy estrada sohasidagi iste’dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma’naviy kamol topishiga imkon yaratish, ularning malaka oshirishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun tashkiliy masalalarni hal etish, bozor munosabatlari sharoitida yakkaxon ijrochilar va ijodiy jamoalar faoliyatiga ko‘maklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Milliy estrada san’atini targ‘ib qilishga qaratilgan, davr talablariga javob beradigan dasturlar tayyorlash va ularni amalga oshirish choralarini ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Estrada qo‘shiqchiligi sohasida tayyorlanadigan va tarqatiladigan audio, video, kompakt-disklar, Internet materiallari va boshqa nashrlarning yuqori saviyasini ta’minlash bo‘yicha hamda estrada qo‘shiqchiligida taqlidchilik, badiiy sayozlik kabi salbiy holatlarga qarshi, milliy o‘ziga xoslikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.10. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish.
(2.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.11. Estrada san’atining yutuqlarini ommalashtirish uchun zarur nashrlarni tayyorlashga tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nashr etilgan materiallarning saviyasini tahlil etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kengashning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilarning repertuarlarini, konsert dasturlari va ssenariylarini tahlil etish va baholash.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Estrada qo‘shiqchiligi va ijrochiligi faoliyati sohasida mamlakat va xalqaro miqyosdagi festivallar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etish. Chet ellarga gastrol safarlariga chiqish, xalqaro va respublika miqyosidagi estrada festivallarida qatnashishga tavsiyanomalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Yakkaxon ijrochilar va jamoalarning respublika va xalqaro festivallarda faol qatnashuvini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Davlat mukofotlariga nomzodlar ko‘rsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Iqtidorli yosh estrada qo‘shiqchilarining malakasini oshirish uchun oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilishga tavsiyalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Estrada san’atidagi yutuqlarni rag‘batlantirish uchun mukofotlar ta’sis etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.7. Kengash va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tarkiblariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida takliflar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.8. Kengash vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan respublikada estrada qo‘shiqchiligi va ijrochiligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan tegishli qarorlar qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kengash ishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Kengash o‘z a’zolari tarkibidan Kengash raisi, rais o‘rinbosari, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbarini va Kengash mas’ul kotibini saylaydi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Kengash raisi, rais o‘rinbosari va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari jamoatchilik asosida ishlaydi. Kengashning mas’ul kotibi lavozimiga ko‘ra “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari hisoblanadi va birlashma ishchi apparati shtatlar ro‘yxati asosida maosh bilan ta’minlanadi.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Kengash o‘z tarkibida estrada qo‘shiqchilik san’ati janrlari bo‘yicha seksiyalar, hududiy bo‘limlar tashkil etadi va Kengash a’zolaridan ularning rahbarlarini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Kengash yig‘ilishlari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kengashning ishchi va maslahat organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Kengashning ishchi organi, Ijodiy ko‘maklashuvchi guruh uning maslahat organi hisoblanadi.
(5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari Kengash raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.5. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyati bo‘yicha yilning har choragida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.
(5.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.6. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga tegishli xulosalar beradi.
(5.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1. Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Yillik anjuman tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.2. Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Yillik anjuman qatnashchilaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan Yillik anjumanda, qatnashchilarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kengash faoliyatini to‘xtatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.1. Kengash faoliyatini to‘xtatish uni qayta tashkil etish yoki tugatish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.2. Kengashni qayta tashkil etish estrada san’ati namoyandalarining Yillik anjumani qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.3. Kengashni tugatish estrada san’ati namoyandalarining Yillik anjumani qaroriga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan asoslarga binoan sudning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.4. Davlat reyestriga tegishli yozuv bitilgan paytdan boshlab Kengash qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 930-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 81-modda; 2003-y., 21-son, 213-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 2014-y., 19-son, 215-modda; 31-son, 380-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 35-son, 930-modda; Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)