Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON OLTIN QAZIB OLISh VA OLMOSGA IShLOV BERISh KORXONALARI (“OʻZOLMOSOLTIN”) UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1994 YIL 19 MARTDAGI 150-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 145-sonli “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi tarkibidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 566-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 150-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi va xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 42 nafar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning ikki nafar oʻrinbosari boʻlishiga rozilik berilsin”;
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-aprel,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
19-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20-apreldagi 165-son qarori tahririda)
19-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20-apreldagi 165-son qarori tahririda)
“Oʻzolmosoltin” uyushmasiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
1. Angren oltin qazib olish koni.
2. “Zarnitsa” oltin qidiruvchilar arteli, Angren shahri.
3. Chodak oltin qazib olish koni, Namangan viloyati.
4. Kauldi oltin qazib olish koni, Toshkent viloyati.
5. Marjonbuloq oltin qazib olish koni, Jizzax viloyati.
6. Zarmitan oltin qazib olish koni, Samarqand viloyati.
7. “Chilten” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent viloyati.
8. “Qizilqum” oltin qidiruvchilar arteli, Toshkent shahri.
9. “Shaxtaquruvchi” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri.
10. “Oʻzranglimetalenergiya” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri.
11. “Oʻzsanoatavtomatika” jamoa korxonasi, Olmaliq shahri.
12. “Oʻzrangmetloyiha” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri.
13. “Oltintaʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri.
14. Ishchilar taʼminoti Angren boʻlimi.
15. Ishchilar taʼminoti Chodak boʻlimi.
16. Ishchilar taʼminoti Marjonbuloq boʻlimi.
17. Ishchilar taʼminoti Zarmitan boʻlimi.
18. “Oltin Yombi” pansionati, Toshkent viloyati.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
19-martdagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20-apreldagi 165-son qarori tahririda)
19-martdagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20-apreldagi 165-son qarori tahririda)
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Rahbariyat
Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat boʻlimi
Iqtisodiy tahlil, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻlimi
Resurslar va marketing boʻlimi
Kon-geologiya boʻlimi
Texnologiya va ilm-fan boʻlimi
Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi
Markaziy buxgalteriya
Ishlar boshqarmasi
Birinchi boʻlim
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi boshqaruvining ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Hamma xodimlar soni — 42 kishi