01.05.2026 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosini taʼminlash, respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlari, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin-qutqaruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini (yoki qismlarini) aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shaharlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini (yoki qismlarini) aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan bogʻliq xarajatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek, tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlik, idora va tashkilotlar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tasarrufidagi oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda, belgilangan tartibda shartnoma asosida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-maydagi 219-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlari, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini (keyingi oʻrinlarda — yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari) tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlari, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan, harbiy xizmatchi yoki ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan favqulodda vaziyatlar boʻlimi, favqulodda vaziyatlar boʻlinmasi, qutqaruv otryadlari va qismlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin-qutqaruv deposi (yongʻin-qutqaruv posti) — yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yongʻin-qutqaruv texnikalarini saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shaxsiy tarkibning joylashishi uchun xizmat xonalari, favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida kelib tushadigan xabarlarni qabul qilish xonasi, texnik va yordamchi xonalardan tashkil topgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining obyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin-qutqaruv qismi — ikki va undan ortiq yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillar bilan jamlangan hamda yongʻinni oʻchirish va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlarini bajarishga moʻljallangan boʻlinma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin-qutqaruv posti — bitta yongʻin-qutqaruv avtomobili bilan jamlangan hamda yongʻin oʻchirish va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlarini bajarishga moʻljallangan boʻlinma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari — mehnat shartnomasi asosida mehnat munosabatlarini olib boradigan va qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari — oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan iborat boʻlgan, shartnoma asosida haqiqiy harbiy xizmatchilar bilan jamlangan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi va ishchi-xizmatchilari bilan jamlangan qutqaruv otryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi yuqori boʻlgan ayrim shaharlar va tumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari) aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shaharlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkil etilayotgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari)ning tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari, ularni saqlash uchun ajratiladigan mablagʻlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari) aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari) va ularning shtat birliklari muhofaza qilinayotgan hudud (obyekt)ning xususiyatidan kelib chiqib, yongʻin-qutqaruv hamda boshqa turdagi avtomobillar soni va turini hisobga olgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlari asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari) tashkil etilishi lozim boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining roʻyxati va xodimlari (xizmatchilari) soni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan har yili 1-iyulgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yongʻin-qutqaruv qismlari tashkil etilishi lozim boʻlgan tumanlar va shaharlar roʻyxati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi yoki xizmatchilari bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soni va ularning shtatdagi xodimlari soni amaldagi qonunchilik hujjatlariga (norma va qoidalarga) muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aniqlanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlariga muvofiq manfaatdor vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) vakillaridan iborat tarkibdagi idoralararo komissiyalari dalolatnomalari, shuningdek, ushbu obyektlar yoki ularning yuqori turuvchi tashkilotlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta yongʻin-qutqaruv qismi va (yoki) favqulodda vaziyatlar profilaktikasi guruhi uchun — favqulodda vaziyatlar boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkita va undan ortiq yongʻin-qutqaruv qismlari va (yoki) favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boʻlinmalari uchun — favqulodda vaziyatlar boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkita va undan ortiq favqulodda vaziyatlar boʻlimlari uchun — davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlgan favqulodda vaziyatlar markazi (mintaqaviy markaz);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish, uslubiy yordam koʻrsatish hamda nazorat qilish maqsadida vazirlik tarkibida davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlgan Oʻta muhim, toifalangan va alohida obyektlarda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (markazi), boʻlimi va boʻlinmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vaziri obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasi hamda shtat birliklariga oʻzgartirish vakolatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻta muhim, toifalangan va alohida obyektlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, obyektdagi (mintaqaviy) favqulodda vaziyatlar markazlari, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bosh boshqarmalari) tarkibidagi toifalangan obyektlarda favqulodda vaziyatlar boʻlimlari obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining boshqaruv organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yongʻin-qutqaruv deposi(posti)ni joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida yongʻin-qutqaruv deposi(posti)ning joylashuvi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda quriladigan yongʻin-qutqaruv deposi(posti)ning joylashuvi amaldagi qonunchilik hujjatlariga (standart, norma va qoidalarga) muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda loyihachi tashkilotlar yoki manfaatdor tashkilot (buyurtmachi)lar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yongʻin-qutqaruv avtomobillarining sonini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillarning soni hamda yillik motoresurs limitlari tegishli standart, meʼyor, qoida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlari asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillar soni Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda loyihachi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini saqlash xarajatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda shartnoma asosida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlari uchun — ushbu tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlarining moliyaviy va moddiy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan boʻlinmalar uchun belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi (ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq kelib tushadigan mablagʻlarning (qoʻshimcha imtiyoz va boshqalardan) boʻshagan qismi, obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hamda ularning boshqaruv organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bino va inshootlarni xarid qilish, saqlash yoki ijaraga olish, harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish, moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlash, ularga ustamalar belgilash hamda ular faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash Favqulodda vaziyatlar vazirligining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mablagʻlardan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlardan tashqari boshqa yoʻnalishlarda favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi asosida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining boshqaruv organlari hamda hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (yoki bosh boshqarmalari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq berilgan mablagʻlardan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitlardan tushadigan mablagʻlarning yigirma foizini Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻta muhim, toifalangan va alohida obyektlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hisobraqamiga yoʻnaltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlari harbiy xizmatchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan uy-joy fondi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan uy-joy bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari bundan mustasno) uchun bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini tegishli yillar uchun shakllantirishda nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ularni taʼmirlash ushbu obyektlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yongʻin-qutqaruv depo(post)larining binolari va inshootlaridan foydalanish hamda ularni jihozlash, qutqaruv boʻlinmalari uchun yongʻin-qutqaruv texnikasi, avtotransport va yoqilgʻi-moylash materiallari, maxsus kiyim-bosh, aloqa vositalari, diagnostika apparatlari, inventar, yongʻin-texnik mol-mulk, tashkiliy texnika, ehtiyot qismlar hamda sarflash materiallari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida tashkil etilgan qutqaruv boʻlinmalari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning boshqaruv organlari uchun — tuzilgan shartnomalarga muvofiq obyektlarning mablagʻlari hisobidan sotib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari boshqaruv organlarining tasdiqlangan shtatlariga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish hamda ularga rahbarlik qilish uchun qoʻshimcha lavozimlar tegishli ravishda, yongʻin-qutqaruv qismlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida, biroq ushbu boʻlinmalar shtatlarining tasdiqlangan umumiy sonining toʻrt foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda kiritiladi. Bunda toʻrt foiz hisobidan shtat birliklari uchun ajratilgan mablagʻlar toʻliq Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻta muhim, toifalangan va alohida obyektlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hisobraqamiga yoʻnaltiriladi. Mazkur yoʻnaltirilgan mablagʻlar moddiy-texnik bazani mustahkamlash va qoʻshimcha lavozimlarni kiritish uchun taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qutqaruv boʻlinmalari

Tashkil etiladigan joy

Tashkil etish uchun asos

Moliyalashtirish manbai

Harbiy xizmatchi va xizmatchilar bilan jamlangan qutqaruv otryadlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi yuqori boʻlgan ayrim shaharlar va tumanlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

 

 

 

 

Harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari)

Aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shaharlarda hamda tumanlar markazlarida

Qoʻshimcha shtat ajratilishi talab etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining belgilangan shtatlari doirasida – favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

    

Harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari)

Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda

Obyektlar yoki ularning yuqori turuvchi tashkilotlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) oʻrtasida tuziladigan idoralararo komissiyalar dalolatnomalari hamda shartnomalarga muvofiq qabul qilinadigan favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

Obyektlar mablagʻlari

    

Qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (yoki qismlari)

Aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida

Qoʻshimcha shtat ajratilishi talab etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, Favqulodda vaziyatlar vazirligining belgilangan shtatlari doirasida — favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-maydagi 219-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 21-avgustdagi 700-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 691-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 09/26/219/0443-son)