Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
qarori
“Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2502-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-avgustdagi 7/9, 39, 73, 10 va 01-02/8-25-son “Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2502, 2013-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 464-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-mart,
45-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-mart,
335-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-fevral,
01-21-4-1240-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2502-1/0260-son)