13.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3171-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 13.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3171-1
Дата вступления в силу
14.03.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3171-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2020-yil 18-martdagi PQ-4643-son “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 16-sentabrdagi 587-son “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 1-iyuldagi 52QQ, 86-son qarori (roʻyxat raqami 3171, 2019-yil 1-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/3171/3384-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 6-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-QQ-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 3-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-05/QQ-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan (bundan buyon matnda halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb yuritiladi) deb topish tartibini belgilaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, Tashkiliy departament boshligʻi, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshligʻi, Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi va Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “Kadrlar bosh boshqarmasining” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 11-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kadrlar bosh boshqarmasining” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 17-banddagi “Kadrlar bosh boshqarmasida” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“35. Terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) xodimlar farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan tashkil etilgan komissiyaga” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)