Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2020 16.05.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1141
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING JISMONIY ShAXSLARGA MOʻLJALLANGAN OBLIGATSIYALARINI ChIQARILIShI VA MUOMALASI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 16-mayda 1141-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarini chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 22-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10/4-son

Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 22-apreldagi 10/4-son
Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarini chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etilishi ustidan javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3047-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarini chiqarilishi va muomalasi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalari (bundan buyon matnda “obligatsiyalar” deb yuritiladi) davlatning qimmatli qogʻozlari hisoblanadi va oʻz egalariga obligatsiyaning nominal qiymatiga nisbatan foiz koʻrinishida daromad olish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Obligatsiyalar taqdim etuvchiga naqd (blanka) shaklda erkin muomalada boʻlish huquqi bilan uch yilgacha muddatga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Obligatsiyalarning nominal qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obligatsiyalarni joylashtirish, daromadlar toʻlash va obligatsiyalar qiymatini qaytarish soʻmda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalar qiymatini qaytarish va ular boʻyicha daromadlar toʻlash taqdim etuvchiga naqd shaklda ham, uning ixtiyoriga koʻra omonatlarga pul koʻchirish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqargan obligatsiyalarni taqdim etuvchining birinchi talabi bilan ularning nominal qiymati boʻyicha sotib olish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining likvidligi Markaziy bank tasarrufida boʻlgan barcha aktivlar bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Obligatsiyalar emissiyasi alohida chiqarishlar orqali davriy amalga oshiriladi. Obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi. Obligatsiyalarni chiqarish va uning shartlari haqidagi xabar ommaviy axborot vositalarida nashr qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Obligatsiyalarni joylashtirish va ularga xizmat koʻrsatish Markaziy bank obligatsiyalari bilan operatsiyalarga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida Markaziy bank shartnoma tuzgan tijorat banklari (bundan buyon matnda “bank-agent” deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Bank-agent boʻlinmalarigacha obligatsiyalar blanklarini yetkazib berish shartlari, bank-agentning Markaziy bankka hisobdorlik shakllari va muddatlari Markaziy bank va bank-agent oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Obligatsiyalar boshqa jismoniy shaxsga oʻtkazilishi mumkin. Taqdim etuvchiga beriladigan obligatsiyalar boʻyicha talab qilish huquqining oʻtishi ushbu obligatsiyani oddiy taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻqotilgan obligatsiyalar tiklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bank xodimlari jismoniy shaxslar tomonidan bank obligatsiyalari bilan amalga oshirgan operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni sir saqlashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaziy bank obligatsiyalari boʻyicha olingan foizlar soliqlardan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Obligatsiyalar boʻyicha foizli daromad obligatsiya sotilgan sanadan boshlab uning qiymatini qaytarish sanasiga qadar hisoblanadi. Bunda muomala qilish muddati oʻtgan sanadan boshlab obligatsiyani faktik jihatdan toʻlovga taqdim etilgan sanagacha foizlar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Chiqariladigan obligatsiyalar turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Obligatsiyalar ikki turda chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yirtiladigan koreshokli kuponli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yirtiladigan koreshokli kuponsiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kuponli obligatsiyalar blankalarida quyidagi rekvizitlar mavjud boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) emitent nomi “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki”;

b) qimmatli qogʻoz nomi “OBLIGATSIYA”;

v) obligatsiyaning nominal qiymati;

g) foiz stavkasi;

d) ikki seriya harfi va yettita tartib raqamidan iborat boʻlgan obligatsii raqami;

e) sotilgan sana (realizatsiya jarayonida bank-agent tomonidan toʻldiriladi);
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1141-4, 08.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) obligatsiya raqami va har bir kupon boʻyicha daromadlar summasi koʻchiriladigan yirtiladigan kuponlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kuponsiz obligatsiyalarning blanklari quyidagi rekvizitlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) emitent nomi “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qimmatli qogʻoz nomi “OBLIGATSIYA”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) obligatsiyaning nominal qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) foiz stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ikki seriya harfi va yettita tartib raqamidan iborat boʻlgan obligatsii raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) sotilgan sana (realizatsiya jarayonida bank-agent tomonidan toʻldiriladi);
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1141-4, 08.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) obligatsiyaning orqa qismida keltirilgan uning qiymati oʻzgarishi jadvali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Obligatsiyalarning barcha blanklari maxsus himoya elementlari bilan taʼminlanadi va kamida quyidagi oltita himoya drajalariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qogʻozda mavjud boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ranglarning bir-biridan ajralishini qiyinlashtiradigan boʻyoqlardagi maxsus qoʻshimchalarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maxsus nashr qilish usullarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) grafik himoya elementlarida va b.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Aholiga shikastlangan, shuningdek, qandaydir nuqsonga ega boʻlgan obligatsiyalarni sotish taʼqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Asl obligatsiyalar quyidagi hollarda toʻlovga qobiliyatli hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar obligatsiyada uning raqami, qiymati va sotilgan sanasining oʻzgartirilganligi yoki qalbakilashtirilganligi belgilari boʻlmasa;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1141-4, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar obligatsiya oʻz oʻlchamining yarmidan ortigʻini tashkil qilsa va unda obligatsiya asosiy qatorida uning raqami shikastlanmagan holda saqlangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Obligatsiyalarni realizatsiya qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Amaliyot kuni boshlanishida bank-agent xodimi qabul qilingan obligatsiyalar soni yozilgan memorial order asosida zarur miqdordagi obligatsiyalarni realizatsiya qilish uchun qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Obligatsiyalarni sotishda bank-agent xodimi mijozdan qanday qiymatdagi obligatsiyalarni sotib olmoqchi ekanligini aniqlaydi, obligatsiyani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, obligatsiyaning tegishli qismi va uning koreshogidagi rekvizitlarni toʻldiradi. Shundan soʻng bank-agent xodimi obligatsiyalarni sotish vedomostida sotilgan obligatsiyalar qiymatini yozadi va rasmiylashtirilgan obligatsiyani kassirga topshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1141-4, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kassir rasmiylashtirilgan obligatsiyani olib mijozdan pullarni qabul qilib oladi, obligatsiyaning koreshogiga shtamp bosadi, koreshokni yirtadi va obligatsiyani mijozga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Amaliyot kuni yakunida bank-agent xodimi obligatsiyalarni sotish boʻyicha vedomostlarni sanaydi va uning yigʻindisini kassirda saqlangan koreshoklar summasi bilan solishtiradi. Obligatsiyalarni sotish boʻyicha vedomostlar yigʻindisi kirim jurnaliga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sotilmagan obligatsiyalar amaliyot kuni yakunida belgilangan tertibda ular saqlanadigan joyga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sotilgan kundan keyin uch ish kunida bank-agent obligatsiyani sotishdan tushgan pullarni Markaziy bank hisobraqamiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sotilgan obligatsiyalarning koreshoklari belgilangan tartibda bank-agent boʻlimining koreshoklar saqlanadigan joyiga topshiriladi. Bank-agent boʻlimi ushbu koreshoklarni roʻyxatga asosan Markaziy bankning Bosh hududiy boshqarmasiga sotilgan kundan boshlab uch ish kunida yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Kuponli obligatsiyalar boʻyicha foizli daromadlarni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kuponli obligatsiyalar nominal qiymati boʻyicha joylashtiriladi va har bir kupon davri tugashi bilan ular boʻyicha kuponli foizli daromadlar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obligatsiyaning muomalasi sanasi uni bank-agent tomonidan birinchi marta sotilgan sanadan hisoblanadi. Obligatsiyaning bir kuponli davri obligatsiyaning muomalasi muddatidan kelib chiqib uch yoki olti oyni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Har bir kuponli muddat oʻtganidan soʻng obligatsiya egasi uni kuponli foizli daromad olish uchun bank-agentga taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kuponli foizli daromad toʻlanganida bank-agent xodimi taqdim etilgan obligatsiyaning asl nusxa ekanligini tekshiradi, kuponga toʻlovga haqida belgi qoʻyadi va nazorat vedomostiga toʻlangan kuponning raqami va qiyamtini kiritadi hamda obligatsiyani taqdim etuvchiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obligatsiya egasi toʻlov uchun obligatsiyani kassirga beradi. Kassir obligatsiyaning asl nusxa ekanligini tekshiradi, kuponga shtamp qoʻyadi, uni obligatsiyadan yirtib oladi, pullarni beradi va obligatsiyani egasiga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Amaliyot kuni yakunida bank-agent xodimi nazorat vedomosti boʻyicha toʻlangan kuponlarning umumiy qiymatini hisoblaydi va uni kassir tomonidan toʻlangan kuponlar yigʻindisi bilan solishtiradi. Nazorat vedomosti yigʻindisi xarajatlar jurnaliga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Toʻlangan kuponlar har kuni bank-agentning kuponlar saqlanadigan joyiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bank-agent tomonidan toʻlangan kuponlar uch kun ichida inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bankning Bosh hududiy boshqarmasiga joʻnatiladi. Bunda kassa mudiri toʻlangan kuponlar raqami va qiymatini koʻrsatgan holda toʻlangan kuponlar roʻyxatini tuzadi. Rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolangan roʻyxatning bir nusxasi toʻlangan kuponlar bilan birga inkassator sumkasiga qoʻyiladi. Inkassator belgisi qoʻyilgan roʻyxatning ikkinchi nusxasi bank-agentning hisobotida saqlanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1141-4, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Markaziy bank roʻyxatda koʻrsatilgan summadagi toʻlangan kuponlar summasini toʻlangan kuponlar olingan sanadan boshlab uch ish kuni ichida bank-agentga toʻlab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Obligatsiya muddatidan oldin toʻlov uchun taqdim etilganida bank-agent nominal qiymatni va foizli daromadlarni toʻlash muddati yetib kelgan barcha kuponli foizli daromadlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda obligatsiya taqdim etilgan vaqtda toʻlovni qaytarish muddati yetib kelmagan kuponli foizli daromadlar toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Kuponsiz obligatsiyalar muomalasining tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kuponsiz obligatsiyalar nominal qiymati boʻyicha joylashtiriladi. Ular boʻyicha foizli daromadlarni toʻlash faqatgina ular obligatsiyaning orqa qismida keltirilgan obligatsiyaning qiymati oʻzgarishi jadvaliga muvofiq qaytib sotib olingan hollarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Obligatsiyaning qiymati oʻzgarishi jadvali uning muomala muddatidan kelib chiqib uning joriy qiymati har oyda oʻzgarishini koʻrsatadi. Kuponsiz obligatsiyalarni muomala muddati oʻtishidan oldin qiymatini qaytarishga taqdim etilganida obligatsiyanig joriy qiymati toʻalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Obligatsiyalarni soʻndirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Obligatsiya uning qiymatini qaytarish uchun qabul qilinganida obligatsiya blankida bank-agent xodimi “SOʻNDIRILGAN” shtampini qoʻyadi va soʻndirish sanasini, obligatsiya qiymatini qaytargan bank kodini koʻrsatadi, amalga oshirilgan qaydlarni oʻz imzosi va shtapm bilan tasdiqlaydi hamda soʻndirilgan obligatsiya raqami va qiymatini vedomostga kiritadi. Bunda alohida qatorda obligatsiyaning nominal qiymati va toʻlangan daromad summasi koʻrsatiladi. Soʻndirilgan obligatsiya kassirga beriladi va kassir uni imzolab, “OBLIGATSIYA” soʻzidagi ikkinchi va uchinchi harflarni (“B”, “L”) yirtib oladi hamda soʻndirilgan obligatsiya uchun toʻlovlarni amalga oshiradi. Obligatsiyani soʻndirishda kuponlar yirtib olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Amaliyot kuni yakunida bank-agent xodimi soʻndirilgan obligatsiyalar vedomostini hisoblab chiqadi va yigʻindisini hisoblab, uni kassirda saqlanayotgan soʻndirilgan obligatsiyalar summasi bilan solishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Amaliyot kuni yakunida soʻndirilgan obligatsiyalar belgilangan tartibda bank-agentning obligatsiyalar saqlash joyiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Soʻndirilgan obligatsiyalarning blanklarini bank-agent uch kun ichida inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bankning Bosh hududiy boshqarmasiga joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kassa mudiri soʻndirilgan obligatsiyalar raqami va qiymatini koʻrsatgan holda soʻndirilgan obligatsiyalar roʻyxatini tuzadi. Rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolangan roʻyxatning bir nusxasi toʻlangan soʻndirilgan obligatsiyalar blanklari bilan birga inkassator sumkasiga qoʻyiladi. Inkassator belgisi qoʻyilgan roʻyxatning ikkinchi nusxasi bank-agentning hisobotida saqlanadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1141-4, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Markaziy bank roʻyxatda koʻrsatilgan summadagi soʻndirilgan obligatsiyalar qiymatini ular olingan sanadan boshlab uch ish kuni ichida bank-agentga toʻlab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Nazorat va hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Obligatsiyalar blanklari qatʼiy hisobda turadigan blanklar hisoblanadi va 90305-“Markaziy bankning qimmatli qogʻozlari blanklari” hisobvaragʻida hisobga olinadi. Tarqatish uchun olingan qimmatli qogʻozlar blanklari nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Soʻndirilgan qimmatli qogʻozlar blanklari “donasiga 1 soʻm” shartli bahoda baholanadi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96307-“Markaziy bankning qimmatli qogʻozlari blanklari boʻyicha kontr-hisobvaraq” hisobvaraq hisoblanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1141-3, 04.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/1141-3/2421-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Obligatsiyalar blanklarini qabul qilish va topshirish, ularni hisobga olish va saqlash Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) asosida amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1141-3, 04.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/1141-3/2421-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Bank-agent rahbariyati xodimlariga tegishli ravishda zarur tushuntirishlar beradi, inspekiya va tekshiruvlar davomida esa xodimlarning obligatsiyalar bilan operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirishga rioya qilishlarini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Obligatsiyalar blanklarini belgilangan tartibda saqlashni toʻgʻri tashkillashtirish va ogʻishmay rioya qilish uchun javobgarlik buyruq asosida bank boʻyicha rahbar, bosh hisobchi va kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi.