OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLARDAN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1109-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvardagi 15, 2002-12-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2002-yil 13-mart, roʻyxat raqami 1109 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 122-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
9-son
Davlat soliq qoʻmitasiningraisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 45-modda)