OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADIGA (FOYDASIGA) SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1109-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 567-sonli qaroriga asosan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 15 va 2002-12-son qaror bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 13-mart, roʻyxat raqami 1109-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
1-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi J. B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
2004-01-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 122-modda)